Rivojlanish falsafasi reja



Yüklə 270,38 Kb.
səhifə4/16
tarix05.12.2023
ölçüsü270,38 Kb.
#172839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Rivojlanish falsafasi reja (1)

«Rivojlanish» tushunchasiga u boshqa ma’lum tushunchalar – «o‘zgarish» va
«harakat» bilan o‘zaro nisbatlash yo‘li bilan ta’rif berish mumkin. O‘zgarish – bu narsalar, hodisalarning bir holatdan boshqa holatga o‘tishi. U «barqarorlik»ka zid va aniq yo‘nalishli – progressiv yoki regressiv xususiyat kasb etadi. Progress yoki taraqqiyot – materiya tuzilishining quyi shakllaridan oliy shakllariga, soddadan
murakkabga o‘tish. Bunga teskari yo‘nalishda Yuz beruvchi jarayon regress deb ataladi.
Rivojlanishni harakat fenomenidan quyidagi jihatlar yordamida farqlash mumkin: 1) vaqtda aniq yo‘nalishga egalik – o‘tmishdan hozirgi davr orqali kelajakka qaratilganlik; 2) jarayonning ortga qaytmasligi, ya’ni o‘zgaruvchi real narsalar, hodisalar o‘z individual jihatlarida betakrordir; 3) rivojlanish jarayonida yangi, ya’ni ilgari mavjud bo‘lmagan narsaning paydo bo‘lishi; 4) rivojlanishning qonuniy xususiyati, u muayyan qonunlarga bo‘ysunishi.
Rivojlanishning dialektik konsepsiyasi quyidagi jihatlarga alohida e’tiborni qaratadi: Birinchidan, rivojlanishning manbai narsalar, hodisalar va jarayonlarning ichki ziddiyatlaridir. Bu borliqning barcha hodisalariga ichki qarama-qarshiliklar xos ekanligini anglatadi. Bu qarama-qarshiliklar o‘rtasidagi munosabatlar ziddiyatlar deb ataladi. Har bir predmet, hodisa, jarayon doirasida qarama-qarshiliklarning birligi va qarshi harakati kuzatiladi. U hamma joyda: jonsiz tabiatda ham, jonli tabiatda ham, ijtimoiy hayotda ham, ong sohasida ham Yuz beradi. CHunki borliqning umumiy qonuni – dialektik ziddiyatlilik qonuni amal qiladi. Ikkinchidan, miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi rivojlanishning shakli hisoblanadi. Tabiat, jamiyat va tafakkurda Yuz beruvchi jarayonlar tahlili har bir narsa, hodisa, jarayonga bir-biri bilan uzviy aloqa qiluvchi va muttasil o‘zgaruvchi miqdor va sifat jihatlari xosdir, degan xulosaga kelish imkonini beradi. Bu o‘zgarishlarning mohiyati shunda namoyon bo‘ladiki, miqdor o‘zgarishlari asta-sekin yig‘ilib, predmetning me’yorini oshiradi va uning sifat holati o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bu sakrash, rivojlanish jarayonida hujumkorlikni to‘xtatish tarzida Yuz beradi. Bu erda borliqning umumiy qonuni – miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni amal qiladi. Uchinchidan, rivojlanish jarayonida vorisiylik omili muqarrar tarzda mavjud bo‘ladi. Buning natijasida rivojlanish oldingi darajalarining boyligi muttasil to‘planishi unga hujumkor tus beradi. SHunga qaramay ayni shu hujumkorlik ziddiyatlidir, chunki rivojlanish sikllilik bosqichlarini o‘z ichiga oladi, «go‘yoki» eskiga qaytish Yuz beradi va rivojlanish spiralsimon ko‘rinish kasb etadi. Bunda borliqning umumiy qonuni – inkorni-inkor namoyon bo‘ladi.

Yüklə 270,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin