FAN BO’YICHA IZOHLI LUG’AT
Atamaning o’zbek tilidagi nomlanishi
|
Atamaning ingliz tilidagi nomlanishi
|
Atamaning rus tilidagi nomlanishi
|
Izoh
|
Biogenetik qonun
|
Biogenetic law
|
Биогенетичес-кие закон
|
-(yunon bios - hayot, genesis - kelib chiqmoq - psixologiyada E.Gekkel tomonidan ochilgan biologik qonun bo’lib, unga ko’ra ontogenez filogenezni takrorlaydi deb xisoblanadi. Odam psixikasining ontogenezda birinchi signallar tizimiga tayangan holda amaliy faoliyat asosida avval oddiy ehtyojlarni qondirishdan boshlanib, keyin emotsiya va bilim rivojlanadi, so’ngra ikkinchi signallar tizimi asosida ong shakllanadi, deb hisoblaydi
|
Yosh
|
Age
|
Возрасте
|
- individning ma`lum aniq vaqtda belgilangan psixik taraqqiyotining bosqichi. Ushbu bosqichda uning shaxs sifatidagi fiziologik va psixologik o’zgarishlari kuzatiladi
|
Yosh psixologiyasi
|
Age – related psychology
|
Возрастная психология
|
- psixologiya fani tarmoqlaridan bo’lib, turli yoshdagi odamlarning psixologii xususiyatlarini va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi.
|
Shaxs
|
Person
|
Личность
|
- ijtimoiy munosabatlarga kiruvchi va ongli faoliyat bilan shug`ullanuvchi betakror odam.
|
Metod
|
Method
|
Метод
|
-(yunon. Methodos tadqiqot, tekshirish) - bilishning nazariy va amaliy o’zlashtirish usullari yig`indisi.
|
Intervyu
|
Interview
|
Интервью
|
-(interview – suhbat)- bu ijtimoiy psixologiya metodi bo’lib, qo’yilgan savollarga berilgan javob tariqasida axborotlarni to’plash usuli.
|
Kuzatish
|
Observations
|
Наблюдение
|
- psixologik metodlaridan biri bo’lib, odamning hatti - harakatlarida namoyon bo’ladigan turli hodisalarni hisobga olish va sub`ektiv psixik hodisalar to’g`risida fikr olishdan iborat.
|
Longityud
|
Longitude
|
Лонгитьюд
|
- (ing. longitude – uzoq muddat) - tekshiriluvchilarni uzoq muddat va doimiy ravishda o’rganish. L.t. Odamdagi individual va yosh davrlardagi o’zgarishlarni qayd qiladi.
|
Proektiv metod
|
Projective method
|
Проективные методы
|
-(lot. Projektus - oldinga tashlangan, yunon. methodos – tadqiqot) - shaxsni tadqiq qilish metodlaridan biri. Bu metodda mas., tajriba vaziyatlarida rasmlar idrok qilinib, uning talqini beriladi.
|
Eksperiment - tajriba
|
Experimental method
|
Экспериментальный
|
-(lot. experimentum - namuna, tajriba)- psixologiyaning asosiy metodlaridan, o’zgaruvchan mustaqil psixik holatlarning boshqa nomustaqil holatlariga ta`sir etishdagi aniq ma`lumotlarga tayanadi.
|
Bine-simon testi
|
Binet – simon’s test
|
Тест Бине-Симона
|
– bolalar aqliy rivojlanish usuli. Fransuz psixologlari Bine va Simonlar tomonidan ishlab chiqilgan (1904).
|
Bixeviorizm
|
Behaviourism
|
Бихевиоризм
|
-(ing. behaviour- hulq) - xx asr boshlarida AQShda maydonga kelgan yO‘nalish bO‘lib, bunda psixologiyaning o‘rganish predmeti qilib faqat odamning xulq - atvori olingan.
|
Genetik psixologiya
|
Psychology of genesis
|
Генетические психология
|
-(yunon. Denetikos - kelib chiqishga oid, psycko -pyh) odamning individual psixologik xususiyatlarining kelib chiqishi, ularning shakllanishida genotip va muhitning roli о‘rganadi.
|
Pedologiya
|
Pedology
|
Педалогия
|
-(yunon. paides - bola, lodos - ta’limot) - XX asr boshlarida vujudga kelgan psixologiya va pedagogikadagi oqim.
|
Psixoanaliz
|
Psychoanalysis
|
Психоанализ
|
-(yunon. psyche - pyµ analysis – bo‘linish) - ongsiz psixik jarayonlar va motivatsiyaga asoslangan psixologik ta’limot, XIX asr oxiri XX asr boshlarida avstriyalik psixiatr Z.Freyd tomonidan asab kasalliklarining umumiy nazariyasi va ularni davolash metodi sifatida ilgari surilgan.
|
Psixika
|
Mind
|
Психика
|
– yuksak darajada tashkil topgan tirik materiya – miyaning ob`ektiv olamni aks ettirishi.
|
Genetik metod
|
Genetic method
|
Генетические методы
|
- (denetikos - kelib chiqishga oid, methodos - tekshirish, tadqiqot) - psixik holatlarning paydo bo’lishi va ularning quyidan yuqoriga qarab rivojlanishi jarayonini o’rganish usullari.
|
Genotip
|
Genotype
|
Генотип
|
-(yunon. Genos - kelib chiqish, typos - namuna) – ota - onadan farzandga o’tadigan genlar majmui, irsiy asosi.
|
Fenomen
|
Phenotype
|
Феномен
|
-(yunon. phainomenon - yuz beruvchi, sodir bo’luvchi) - his- tuyg`ular tajribasi bilan payqaladigan hodisani anglatuvchi tushuncha;
|
Fenomenologiya
|
Phenomenology
|
Феноменология
|
-(yunon. phainomenon - yuz beruvchi, logos - ta`limot) - ong va ruhning o’z - o’zidan rivojlanishi haqidagi soxta ta`limot. Fenomenlar haqidagi nazariya
|
Libido
|
Libido
|
Либидо
|
-(lot. libido - intilish) - psixoanaliz ta`limotining asosiy tushunchalaridan, jinsiy maylni bildiradi, psixoanalizda L.odam hulq - atvorining ustivor motivi deb qaraladi.
|
Ong
|
Conscious
|
Сознание
|
- ob`ektiv borliqni psixik aks etgirishning faqat insongagina xos yuqori usuli. Odamlarning ijtimoiy tarixiy faoliyati vositasida paydo bo’lgan.
|
Ongsizlik
|
Unconscious
|
Безсознательность
|
- odam ongiga borib etmagan psixik jarayonlar majmui.
|
Ong osti holatlari
|
Unconscious condition
|
Подсознание
|
- aktual ravishda anglab olinmaydigan psixik jarayonlar va psixik holatlar yig`indisi. Odamning hatti -harakatlari va uning ongi mazmuniga ta`sir etishga qodir.
|
Freydizm
|
Frey
|
Фрейдизм
|
- XX asrda maydonga kelgan psixologik yo’nalish. Unda inson xulqining asosiy harakatlantiruvchi kuchi ongsiz, instinktiv mayldir deb hisoblanib, ongning etakchilik roli kamsitiladi. Bu nazariyaning asoschisi avstriyalik psixolog, psixiatr Z.Freyddir.
|
Edip kompleksi
|
Complex Oedipus
|
Эдип комплекс
|
- (lotin. complokus – aloqa) - bolaning o’z onasini otasidan raqib sifatida rashq qilish.
|
Eydetik –
|
Eidetism
|
Эйдитек
|
- (yunon. eidos - obraz) - ba`zi individlarning (eydstiklar) avval idrok qilingan narsa va hodisalarni barcha tomonlari bilan esda qoldirish qobiliyati.
|
Ehtiros
|
Passion
|
Страсть
|
- muayyan faoliyat turiga kuchli intilish bilan bog`liq davomli va barqaror emotsional holat.
|
Men kontseptsiya
|
I - the concept
|
Я-концепция
|
- (lot. conceptio - qabul etish - odamning o’zi to’grisida nisbatan barqaror, aniqlangan, o’z kechinmalarida ifodalanadigan taassurotlar tizimi.
|
Faollik
|
Activity
|
Актив
|
– shaxsning o’z ehtiyojlarini qondirish uchun voqelikni o’zgartirishga qaratilgan muhim qobiliyati.
|
Reaktsiya
|
reaction
|
Реакция
|
– (lot. re - qarshi, actio - harakat) – psixologiya va fiziologiyada ichki va tashqi muhitning turli ta`sirilariga a`zolarining javob reaktsiyasi.
|
Trening
|
Training
|
Тренинг
|
-(ing. training – mashq qilmoq) - guruxlarda muloqotning madaniy, obro’li bo’lishini rivojlantirish maqsadida olib boriladigan psixologik ishlarning faol usuli (rypyx; rypyx bo’lib munozara, bahslar, rolli o’yinlar va boshqalarni o’tkazish).
|
Ijtimoiy tasavvurlar
|
Social representation
|
Социалная представления
|
– shaxsga jamiyat orqali ta`sir etgan narsa va hodisalarning yaqqol obrazi.
|
Kommunikativ
|
communicative
|
Коммуникатив
|
-shaxslararo munosabatlarda ma`lumot, axborot, g`oyalar almashinuvi jarayoni.
|
Ijtimoiylashuv
|
Socialization
|
Социализация
|
inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot-faoliyat jarayonida uni faol tarzda o’zlashtirish jarayoni.
|
Ijtimoiy psixologiya
|
Social psychology
|
Социальная психология
|
–psixologiya fanining o’ziga xos maxsus tarmog`i bo’lib, unda ti qonunlari o’rganiladi.
|
Individual yondashuv
|
Individual approach
|
Индивидуальная подход
|
-odamga uning individulligini hisobga olgan holda yondashishdan iborat pedagogik usul.
|
Shaxslararo munosabat
|
Interpersonal relationships
|
Межличностьний отношения
|
– muloqot jarayonidagi o’zaro ta`sir etish natijasida ro’y beradigan ijtimoiy - psixologik hodisalar.
|
Shaxslararo moslik
|
Interpersonal corresponds
|
Межличностьний согласованность
|
– muloqot va birgalikdagi faoliyatda bo’layotgan odamlarning qiziqishlari, motivlari, ehtiyojlari, xarakterlari, temperamentlari, dunyoqarashlari va shaxslararo o’zaro ta`sir uchun zarur indnvidual psixologik xarakteristikalarining mosligi.
|
Egoizm
|
Egoism
|
Эгоизм
|
-(lot. ego - men) - xudbinlik bo’lib, shaxsning o’z qiziqishlari va ehtiyojlarini boshqa shaxslar va ijtimoiy guruh qiziqishlari bilan qiziqmay, ulardan yuqori ko’rishi.
|
Egotizm
|
Egoist
|
Эготизм
|
-(lot. ego - men) - o’z - o’ziga maxliyo bo’lish, o’zining fazilatlari haqida yuqori fikrga ega bo’lish.
|
Egotsentrik nutq
|
Egocentrism speech
|
Эгоцентрик речь
|
- (lot. ego- men, centrum - markaz) – nutq faoliyati bo’lib, bog`cha bolasining o’yini bilan birga olib boriladigan va bolalarning o’z - o’ziga qaratilgan nutqi.
|
Egotsentrizm
|
Egocentrism
|
Эгоцентризм
|
-(lot, ego - men, centrum- markaz) - individualizm va egoizmning eng tuban turi.
|
Ichki nutq
|
Inside speech
|
Внутренная речь
|
- nutq faoliyatining ovoz chiqarmasdan ifoda etiladigan alohida turi.
|
Tushuncha
|
Idea
|
Понятие
|
– narsa va xodisalarning muhim belgi va xususiyatlarini bitta o’zi yoki so’zlar guruhi bilan ifodalashdan iborat tafakkurning mantiqiy shakli.
|
Tushunish
|
Understand
|
Понимать
|
– biror narsaning ma`nosi va ahamiyatini anglash qobiliyati, asosiy erishilgan natijasi.
|
Tahlil
|
Analysis
|
Анализ
|
– tafakkur qilish usuli, bunda murakkab ob`ektlar qismlarga bo’linib o’rganiladi.
|
Rivojlanishning eng yaqin zonasi
|
|
Зона ближайшие развитие
|
- murakkab vaziyatni hal etishda bolaning mustaqilligi (muxim rivojlanish darajasi) hamda kattalar raxbarligida bajarilgan vazifa oraliqdagi farq bu tushuncha L.S. Vigotskiy tomonidan kiritilgan bo’lib, unda asosan R.e.ya.z.ni yaratish orqali bolaning psixik rivojlanishi ortadi.
|
Tafakkur
|
Thought
|
Мышления
|
- inson aqliy faoliyatining yuksak shakli.
|
O’rganish
|
Study
|
Повадка
|
- bilish, orttirilgan individual tajriba jarayoni va natijasi.
|
Yosh davri nizolari
|
Conflicts of the ages
|
Конфликт возраста
|
- o‘ziga xos, uncha uzoqqa cho‘zilmaydigan ontogenez davrlari bo‘lib, bu vaqtda keskin psixik o‘zgarishlar ro‘y beradi.
|
Negativizm
|
Negativism
|
Негативизм
|
-(lot. negativus - inkor etadigan) - bolalar psixologiyasida atrofdagi kishilarga nisbatan bolaning sababsiz qarshilik ko‘rsatishi.
|
Pedagogik psixologiya
|
Pedagogical psychology
|
Педагогическая психология
|
-(yunon. peidogogike - tarbiya, psixologiya) - psixologiya tarmog‘i, ta’lim va tarbiya qonuniyatlarining psixologik asoslarini o‘rganadi.
|
Fenomen
|
Fenomen
|
Феномен
|
-(yunon. phainomenon - yuz beruvchi, sodir bo‘luvchi) - his- tuyg‘ular tajribasi bilan payqaladigan hodisani anglatuvchi tushuncha;
|
Psixik jarayonlar
|
Psychic process
|
Психические процессы
|
– psixik xodisalarning paydo bo‘lishi, qonuniy, izchil ravishda o‘zgarishi va bir taraqqiyot bosqichidan keyingisiga o‘tishi, ularda sifat o‘zgarishlarining paydo bo‘lishi.
|
ASOSIY ADABIYOTLAR
1.G‘oziyev E. Ontogenez psixologiyasi.Тошкент, Noshir., T 2010
2.Do‘stmuhammedova Sh.A., Z.T.Nishonova, S.X.Jalilova, Sh.T.Karimova, Sh.T.Alimbayeva “Yosh davrlari va pedagogik psixologiya” Toshkent Fan va texnologiyalar Markazining bosmaxonasi. 2013
3.Davletshin M.G. va boshqalar «Yosh davrlari va pedagogik psixologiya» T.: TDPU, 2004 yil
4.Абрамова.Г.С. «Возрастная психология»: Учебное пособие для студентов вузов.-M., “Изд-вo” 2001.- 621с
5.Криско В.Г. «Психология и педагогика» M.: Xарвест– AСТ 2000
6.Зимняя.И.А «Педогагическая психология»: Учебник для вузов. –M., “Изд-вo” 2002.-384с
7.Реан А.A., Бордовская.Н, Розум.С «Психология и педагогика» СПб.: Питер 2007
8.Shtern A.S. «Vvedenie v psixologiyu» M.: Akademiya Spb 2002.
9.David G. Myers “Psychology”. NY, 2010. WORTH PUBLISHERS 118p.
QO‘SHIMCHA ADABIYOTLAR
1.T.D.Martinskovoy «Detskaya prakticheskaya psixologiya» Pod.red.-M., “Izd-vo”2000.-255s
2.Peters V.A, «Pedagogicheskaya psixologiya (v voprosax i otvetax)» M. “Izd-vo” : 2000
3.Xrestomatiya., «Psixologiya zrelosti» M.: Samara. Gumanitarniy nauk, 2003
4.Psychology as the Behaviorist Views it John B. Watson (1913) First published in Psychological Review, 20, 158-177
5.Michael W. Eysenck, Mark T. Keane Cognitive psychology. Psychology press USA, 2005 130 bet
6.J. A. Groegerd, Memory and Remembering (1997)
7. Ғозиев Э.Ғ. Психология (Ёш даврлар психологияси). Тошкент, 2002.
8. G’oziev E.G’. Differentsial psixofiziologiya. Toshkent, 1999.
9. Krayk G. Psixologiya razvitiya. Moskva, 2000.
10. Ro’balko Ye.F. Vozrastnaya i differentsialьnaya psixologiya. Moskva, 2001.
11. Golubeva E.A. Sposobnosti i individualьnostь. Moskva, «Promitey», 1994.
12. Klaus G. Differentsialьnaya psixologiya obucheniya. Moskva, «Progress», 1984.
13. Yegorova M.S. Psixologiya individualьno’x razlichiy. Moskva, 1997.
14. Teplov B.M. Problemo’ individualьno’x razlichiy. Moskva, 1986.
15. Brushlinskiy A.V. problemo’ psixologii sub’ekta. Moskva, 1994.
Mavzu yuzasidan internet tarmog’i bo’yicha veb-saytlar ro’yxati
www.expert.psychology.ru
www.psycho.all.ru
www.psychology.net.ru
www.psy.piter.com
Dostları ilə paylaş: |