Nuriddinov Rajabmirzo O\'zbekiston maydoni,chegara va tuzilma pptx
Iqtisodiy geografik o`rin — o`rganilayotgan ob`yekt (korxona, shahar, viloyat yoki mamlakat) ning o`z atrofida, undan tashqarida joylashgan geografik ob`yektlarga (tog`, daryo, dengiz, chegara, konlar, yo`l va h.k.) nisbatan tutgan o`rnini va bu ob`yektlarni uning rivojlanishiga iqtisodiy jihatdan ta`sir ko`rsatishi demakdir.
Bu tushunchasini mukammal ravishda N.N.Baranskiy ishlab chiqdi va fanga kiritdi. Keyinchalik bu nazariya I.M.Mayergoyz, Yu.G.Saushkin, G.M.Lappo, T.I.Raimov va boshqa olimlar tomonidan har tomonlama rivojlantirildi.
Ma`lumki, O`zbekiston Yevrosiyo materigining deyarli qoq markazida, dunyo okeanidan ancha ichkarida joylashgan. Shu sababdan O`zbekiston dengizga tutash mamlakatlarga xos barcha qulayliklardan mahrumdir.
O`zbekistonning iqtisodiy geografik o`rniga to`g`ri baho berish respublikaning hozirgi mustaqil rivojlanish pallasida alohida ahamiyat kasb etadi. Shunga ko`ra O`zbekistonning iqtisodiy geografik o`rni xususiyatlarini uch jihatdan ko`rib chiqish maqsadga muvofiq bo`ladi.
O`zbekiston hududining mikrogeografik o`rni-uning Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan tutgan o`rnidir. O`zbekiston qadim Turon zaminida hamisha salohiyati katta davlat bo`lgan. Bu, ko`p jihatdan uning geografik o`rni (markazligi) bilan bog`liq. Yaqin o`tmish (ya`ni sho`rolar hukmronligi yillari)da ham O`rta Osiyodagi respublikalar bir-birlari bilan ijtimoiy taraqqiyotning ko`p sohalarida bog`langan edilar. Birgina transport kommunikatsiyasini olaylik. Turkmaniston faqat O`zbekiston orqali Tojikiston, Qirg`iziston, Qozog`iston bilan aloqa qilgan. Ayni paytda bu respublikalarning har biri ham Turkmaniston bilan faqat O`zbekiston orqali aloqa qilgan. O`z navbatida, MODda bunyod qilingan temir yo`llar, avtomagistrallar, quvurlar ham bir-birlarini bog`lagan. Mustaqil davlatchilik qaror topgan hozirgi davrda ushbu aloqalar tarixiy omillar (ya`ni, qadimiy "Buyuk ipak yo`li" an`analariga muvofiq) asosida rivojlantirilishi O`zbekistonning mikrogeografik imkoniyatlari istiqbolini ko`rsatib turibdi.
O’zbekistonning mikrogeografik o’rni
O`zbekistonning mezogeografik o`rni-uning birmuncha kengroq miqyosdagi mavqei bilan belgilanadi. Bugungi O`zbekiston jahonga yo`l ochmoqda, jahon hamjamiyatiga dadil kirib bormoqda. Uning bu qutlug` qadamida MODdan tashqari Kavkaz orti davlatlarining, Turkiyaning, Eronning, Afg`onistonning ulushi bor. Afg`oniston orqali Pokiston (va so`ngra Hind okeani)ga, Eron va Turkiya orqali Yevropaga chiqish ufqlari ochilmoqda. Bu, yaqin qo`shnilarimiz bilan qadimiy aloqalarni qayta tiklashga va shu asosda mamlakatimiz mavqeini yana ham ko`tarishga xizmat qiladi.
O’zbekistonning mezogeografik o’rni
O`zbekistonning makrogeografik o`rni-jahondagi davlatlar bilan olib borilayotgan aloqalarda belgilanadi. O`zbekistonning MDH davlatlari bilan ko`p qirrali aloqalari tarixiy haqiqat bo`lib, uning mamlakatimiz taraqqiyotidagi salohiyati juda katta. O`zbekiston ushbu makrodarajadagi aloqalarini MDHning aksariyat davlatlari bilan rivojlantirmoqda. O`zbekistonning hozirgi tashqi iqtisodiy aloqasining 15,5 foizi Rossiyaga to`g`ri kelyapti. Yevrosiyoning buyuk davlati Rossiya Federatsiyasi bilan muntazam aloqada bo`lish O`zbekistonning manfaatlariga mos keladi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, har qanday hudud iqtisodiy geografik o`rniga baho berishda uning yirik transport tugunlariga, fan-texnika markazlariga nisbatan joylashganligi muhim ko`rsatkich hisoblanadi. Shu jihatdan olib qaraganda O`zbekistonning iqtisodiy geografik o`rni tobora yaxshilanib bormoqda.
O’zbekistonning makrogeografik o’rni
O`zbekiston Respublikasining geosiyosiy va geostrategik mavqei, uni yaxshilash va undan samarali foydalanish masalalari mamlakat Prezidenti I.A. Karimovning «O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» (T., 1997) kitobida keng yoritib berilgan.
Mamlakatimiz shimol va shimoli-g`arbda Qozog`iston, sharq va shimoli-sharqda Qirg`iziston, janubi-sharqda Tojikiston, g`arb va janubi-g`arbda Turkmaniston, janubda esa Afg`oniston davlatlari bilan chegaradosh.
Respublikamiz davlat chegara chiziqlarining ko’rinishi ham har xil: agar ular shimol va shimoli-g’arbda (ayniqsa Navoiy, Buxoro viloyatlari va Koraqalpog’iston Respublikasi tashqi chegaralari) oddiy, baʼzan to’g’ri yoki qandaydir geometrik shakllarda bo’lsa, Xorazm va Farg’ona vodiysida bu chegara chiziqlari murakkab, egri-bugri ko’rinishga ega1. Odatda, chegaralar oddiy bo’lsa:
■ o’tmishda hududning kimnidir qaramog’ida bo’lganligi yoki mustamlakasi ekanligini;
hudud tabiiy xususiyatining noqulayligi, tabiiy resurslarining yaxshi uzlashtirilmaganligi va iqtisodiy salohiyatining uncha yuqori emasligini;
■ bu joyda aholi siyrak, yirik aholi manzilgohlari shakllanmaganligi, milliy tarkibning murakkab emasligini;
■ daryo yoki orografik elementlarning yukligi kabilarni bildiradi.
1 Chegaralar va geografiya; geografiya qaysi bir maʼnoda chegaralar haqidagi fandir. Bevosita chegaralar bilan esa siyosiy geografiyaning bir yo’nalishi hisoblangan limologiya fani shug’ullanadi.
Mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishida umuman, milliy iqtisodiyotning yuksalishida uning qanday ma`muriy-hududiy bo`linishlarga ajratilgani ham muhim rol o`ynaydi. 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi “O`zbekiston Respublikasining ma`muriy-huquqiy tizimi” deb atalgan XVI bobining 68-moddasida shunday deyilgan: “O`zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasidan iborat”. Hozirgi vaqtda O`zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog`iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Farg`ona, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahridan tashkil topgan. O`z navbatida ular tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarga bo`linadi