Suv resurslari. Rossiya Federatsiyasi hududida 2,5 mln. daryo va 3 mln. atrofida ko`llar bor (eng katta ko`l - Kaspiy dengizi, eng chuqur va chuchuk ko`l - Baykalda dunyodagi 1/5 kism chuchuk suv zaxirasi bor).
Daryolari - Shimoliy Muz okeani, Tinch va Atlantika okeani xavzalariga va berk xavza - Kaspiy dengiziga kiradi. Shimoliy Muz okeaniga Pechora, Mezen, Shimoliy Dvina, Ob, Yenisey, Lena (4400 km), Yana va bop., Tinch okeani xavzasiga - Amur (4416 km), Anadir, Penjina va bosh, Atlantika okeani xavzasiga - Neva, Don, Kuban, Kaspiy berk havzasiga Volga (Yevropadagi eng uzun daryo, 3530 km), Ural, Terek, Sulak va boshqalar kiradi. Volga daryosi Rossiya iktisodiy va ijtimoiy xayotida juda katta urin tutadi va «Ona daryo» deb xam yuritiladi. Yi-rik suv omborlari qurilishi tufayli katta daryo kemalarining qatnash imkoniyati yaratilgan va yirik GESlar barpo qilingan. Volga-Don kanali Azov va Qora dengizlarni, Volga-Baltika va Belomor-Baltika kanallari Bolt va Os dengizlarni bog`laydi xamda uzluksiz kemalar qatnaydigan yagona suv yo`li barpo etilgan. Daryolardan kemachilikda, yogoch oqizishda, shaxarlarning suv ta'minotida, sug`orishda, baliqchilik, rekreasiya va bona makradlarda foydalaniladi. 1200 ga Rossiya yirik suv omborlari (Bratsk, Krasnoyarsk, Ust-Ilim, Volgograd, Ribinsk va bon.) barpo etilgan.
Rossiya yer osti suvlariga, ayniqsa mineral buloqlarga juda boy. Ayni vaqtda xududning katta qismi (11 mln. km2) janubda bir necha santimetrdan, shimolda bir necha yuz metrgacha bo`lgan doimiy muzliklar bilan koplangan bo`lib, xo`jalik ishlarini olib borishda ma'lum qiyinchiliklarni xam yuzaga keltiradi.
Rossiyaning katta qismida botqoqliklar (G`arbiy Sibir va Yevropa qismi, Markaziy Rossiya (Meera) tarqalgan.
Yer va o`rmon resurslari. Rossiya juda katta yer fondiga ega bo`lishiga (quruqlikning 1/8 qismi) qaramay, unumdor qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlar (haydaladigan yerlar, yaylov va o`tloqlar) umumiy yer maydonining 13 % ga yaqinini (shundan haydaladigan yerlar - 132,3 mln. ga yoki mamlakat yer resurslarining 8 %) tashkil qiladi, xolos.
Ammo axoli jon boshiga haydaladigan erlar to`g`ri kelishi jixatdan yu qori - 0,87 ga.ni tashkil etadi (bu xolat Qozog`istonda 2,0 ga, Kanadada 1,6 ga, ATGda 0,51 ga, Xitoyda 0,07 ga, Yaponiyada 0,03 ga). Haydaladigan yerlarning asosiy qismi Rossiyaning Yevropa qismi, Ural va Sibirga to`g`ri keladi. O`tloqlar Rossiyaning Yevropa qismi shimolida, qoratuproq mintaqasida (erlarning meliorativ yaxshilash bilan bog`liq), yaylovlar Rus tekisligining janubi-sharqiy rayonlari, Kavkaz va boshqa tog`li rayonlarda, Sibir va Uzoq Sharqning tundra mintaqasida (bug`u boqiladigan yaylovlar) tarqalgan. Rossiya qishloq xo`jaligini (chorvachilik va don dehqonchiligi) rivojlantirishning juda keng imkoniyatlariga ega va mavjud yer resurslaridan oqilona foydalanish negizida istiqbolda chetga maxsulotlari eksport qiluvchi eng yirik davlatga aylanishi mumkin.