Ro‘yxatga olingan


-bob. Umumiy o‘rta ta’limning maqsadi va vazifalari



Yüklə 27,72 Kb.
səhifə2/12
tarix10.05.2022
ölçüsü27,72 Kb.
#57443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2 5339144081257796918

2-bob. Umumiy o‘rta ta’limning maqsadi va vazifalari
10. Davlat ta’lim standartlariga muvofiq har bir shaxsning ta’lim va tarbiya olish yuzasidan konstitutsiyaviy huquqini ro‘yobga chiqarish umumiy o‘rta ta’limning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarga bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

11. Umumiy o‘rta ta’limning vazifalari quyidagilardan iborat:

o‘quvchilar tomonidan muntazam bilimlar olishini ta’minlash, ularda bilim olish ehtiyojini rivojlantirish;

o‘quvchilarda milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish asosida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, o‘z oilasiga, Vataniga va xalqiga sodiqlik ruhida shakllantirish;

ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qitishning zamonaviy pedagogik uslublarini hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali joriy etish va natijadorlikka erishish;

o‘quvchilarning o‘ziga xos individual ijobiy xususiyatlarini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, ularning yuksak darajada ta’lim-tarbiya olishlari, ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilishlari va rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratib berish.

12. Maktab umumiy o‘rta ta’limning maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun barcha zarur tashkiliy, o‘quv-uslubiy, moddiy-texnik va psixologik-pedagogik ta’lim-tarbiya muhitini yaratib beradi.



Yüklə 27,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin