12-bob. Yakuniy qoidalar
86. Maktabning xalqaro hamkorligi xalqaro shartnomalar asosida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog xodimlarning malaka oshirishi hamda stajirovka o‘tashi shaklida amalga oshiriladi.
87. Maktab o‘quvchilarning ota-onalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqa ta’lim muassasalari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan uzviy aloqada faoliyat ko‘rsatadi.
88. Maktabda ularning ish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tashkilotlar, jumladan, siyosiy partiyalar va harakatlar tashkil etilishiga va faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
89. Maktabni qayta tashkil etish yoki tugatish qonun talablariga muvofiq muassis (ta’sischi) tomonidan amalga oshiriladi.
Maktab tugatilgan taqdida maktab muassisi (ta’sischisi) o‘quvchilarni ota-onalarning roziligi bilan boshqa maktablarga o‘tkazish mas’uliyatini oladi.
90. Maktab tugatilgan taqdirda uning pul mablag‘lari va mol-mulkidan, uning majburiyatlarini qoplash bo‘yicha to‘lovlar chegirilgan holda qonun hujjatlariga va maktabning amaldagi Ustaviga muvofiq foydalaniladi.
91. Maktabning amaldagi Ustavini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta amalga oshiriladi.
92. Mazkur Ustav talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Ustav maktab Pedagogik kengashining 2022-yil “__” _______dagi __-sonli yig‘ilishida qabul qilingan.
Pedagogika kengash raisi ____________ __________________
(imzo, muhr) F.I.SH
Dostları ilə paylaş: |