11-bob. Moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minoti
76. Maktabning faoliyatini moliyalashtirish belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
77. Maktabga byudjetdan tashqari qo‘shimcha mablag‘larni jalb etish byudjetdan moliyalashtirishni kamaytirishga olib kelmasligi lozim.
78. Maktab o‘z Ustavida belgilangan maqsadlarga muvofiq qo‘shimcha mablag‘ topish huquqiga ega.
79. Maktab faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;
- maktabning tadbirkorlik faoliyatidan, qonun hujjatlarida tasdiqlangan shartnoma asosida pulli xizmat ko‘rsatish, bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
- jismoniy va yuridik shaxslarning qonun bilan taqiqlanmagan homiylik hayriyalari, mahalliy hamda xalqaro tashkilotlarning grantlari;
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
80. Maktab shtatidagi xodimlar soni umumta’lim muassasalarining namunaviy shtatlariga muvofiq belgilanadi.
81. Maktab o‘quvchilarga bepul umumiy o‘rta ta’lim berilishidan tashqari, qo‘shimcha (shu jumladan pulli) ta’lim xizmatlari ko‘rsatilishi mumkin.
Ota-onalarning istaklariga ko‘ra, umumta’lim muassasalarida pulli xizmat asosida 6 yoshli bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlov guruhlari ham tashkil etilishi mumkin.
82. Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatdan olingan daromad hisobiga sotib olingan mol-mulk maktabning mol-mulki tarkibiga kiritiladi.
83. Maktabning mol-mulki va pul mablag‘lari sarflanishi uchun bevosita direktor javobgar hisoblanadi.
84. Maktab tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy va statistik hisobot yuritiladi.
85. Maktab xodimlarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish hamda ish haqiga ustamalar qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |