Ro‘yxatga olingan


-bob. Umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish



Yüklə 27,72 Kb.
səhifə3/12
tarix10.05.2022
ölçüsü27,72 Kb.
#57443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2 5339144081257796918

3-bob. Umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish
13. Umumiy o‘rta ta’lim boshlang‘ich ta’lim (I - IV sinflar), tayanch o‘rta ta’lim (V-IX sinflar) hamda o‘rta ta’lim (X-XI sinflar) bosqichlaridan iborat bo‘lib, kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi.

12. Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarda o‘qish, yozish, sanash, o‘quv faoliyatining asosiy malaka va ko‘nikmalari, ijodiy fikrlash xislatlari, o‘zini o‘zi nazorat qilish, nutq va xulq-atvor madaniyati, shaxsiy gigiyena va sog‘lom turmush tarzi asoslarini egallashni ta’minlashga yo‘naltiriladi.

13. Umumiy o‘rta ta’lim muntazam va tizimli bilimlar olinishini, keng dunyoqarash hamda ijodiy mustaqil fikrlash shakllantirilishini, o‘quvchining barkamol shaxs sifatida kamol topishini, uning qiziqishlari va ijodiy qobiliyatlarining rivojlantirilishini ta’minlaydi.

O‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq o‘quvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalar o‘zlashtirilishini, shuningdek ta’limning keyingi turi tanlanishini hamda yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblar egallashini ta’minlaydi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktabda uzluksiz tarzda, majburiy bo‘lgan o‘n bir yil davomida amalga oshiriladi.

17. Umumta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiyaviy ishlar umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi va umumiy o‘rta ta’lim dasturi asosida amalga oshiriladi.

Umumta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq boshqa masalalar (dars jadvalini shakllantirish, haftalik o‘quv yuklama) umumiy o‘rta ta’limning davlat standartiga asosan ishlab chiqilgan o‘quv rejaga muvofiq belgilanadi.

18. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan, alohida sharoitlarda yoxud uzoq muddat davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarning ta’lim olishlari quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

inklyuziv (uyg‘unlashgan) sharoitda yashash joylaridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida;

uyda yakka tartibda;

19. Zaruriyatga ko‘ra, umumta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yashashi va ovqatlanishi uchun lozim darajadagi shart-sharoitlar yaratiladi.

20. O‘quvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning (keyingi o‘rinlarda — ota-onalar) ehtiyojidan kelib chiqib, bolalarning ta’lim-tarbiyasiga ko‘maklashish maqsadida maktabda kuni uzaytirilgan guruhlar tashkil etilishi mumkin.

Kuni uzaytirilgan guruhlarning faoliyat ko‘rsatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

21. Yangi o‘quv yilida maktabda tashkil etiladigan sinflar soni maktabning xarajatlar smetasida nazarda tutilgan ko‘rsatkichlarga to‘g‘ri kelmagan hollarda, hududiy xalq ta’limi boshqaruv organlari va tuman hokimliklari moliya bo‘limlarining roziligi bilan qo‘shimcha sinflar tashkil etiladi.

22. Maktabning birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi.

23. Maktabda iqtidorli bolalarni izlash, tanlab olish va ularni ayrim fanlarga chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan sinflarda o‘qitish bo‘yicha aniq maqsadli ishlar amalga oshiriladi.

24. Maktabda sinfdan tashqari mashg‘ulotlar va to‘garak ishlari o‘quvchilar va ota-onalar xohish-istaklarini, o‘quvchilarning qiziqishi va qobiliyatini hisobga olgan holda o‘tkaziladi.


Yüklə 27,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin