Ro‘yxatga olingan



Yüklə 27,72 Kb.
səhifə1/12
tarix10.05.2022
ölçüsü27,72 Kb.
#57443
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2 5339144081257796918





RO‘YXATGA OLINGAN

Xonqa tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan


2022- yil № _________ raqam bilan




«TASDIQLAYMAN» Xonqa tuman xalq ta’limi bo‘limi:

__________ B.Abdullayev





Xorazm viloyati Xonqa tumani xalq ta’limi boʻlimiga qarashli ___-son umumiy oʻrta ta’lim maktabining

U S T A V I

2022-yil


1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Ustav Xonqa tumanidagi __-son umumiy oʻrta ta’lim maktabi (bundan keyin matnda maktab) faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.

2. Maktab oʻz faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 2020-yil 23-sentabrda tasdiqlangan "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sohasiga oid farmonlari, qarorlari, 2005-yil 21-dekabrdagi "Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 275-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 -yil 15-martdagi "Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 140-sonli, 2017-yil 6-apreldagi "Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 187-sonli, 2018-yil 5-sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 5538-sonli farmoni, 2018-yil 5-sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 3931-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisada”gi 6108-son farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 4884-son qarori, 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 5040-sonli qarorlari va hukumatning, Xalq ta’limi vazirligining ta’lim-tarbiyaga oid qaror, farmoyish, buyruqlariga, ko‘rsatmalariga hamda mazkur Ustavga amal qiladi.

3. Maktab uzluksiz ta’lim tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, u o‘quvchi yoshlarga I-XI sinflar hajmida davlat ta’lim standartlari asosida fan asoslaridan umumiy o‘rta ma’lumot beruvchi majburiy ta’lim muassasasidir.

4. Maktab yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z Ustaviga, mustaqil balansiga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga (O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushiriladi), shtampga va blankalarga ega bo‘ladi.

5. Maktab Ustavi Pedagogik kengashda qabul qilinadi, tuman xalq ta’limi bo‘limida tasdiqlanadi va mahalliy Davlat xizmatlari markazi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

6. Maktabda umumiy o‘rta ta’lim olish bepul amalga oshiriladi.

O‘quvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning (keyingi o‘rinlarda ota-onalar deb yuritiladi) ehtiyojidan kelib chiqib, bolalarning ta’lim-tarbiyasiga ko‘maklashish maqsadida maktabda qo‘shimcha pullik ta’lim xizmatlari tashkil etilishi mumkin.

7. Maktabda ta’lim olish tilini tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.

8. Maktab O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimiga kiritilgan Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, Xonqa tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi maktab hisoblanadi.

9. Maktab Xorazm viloyati, Xonqa tumani, “______________” mahallasi, ____________ koʻchasi ___-uyda joylashgan.


Yüklə 27,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin