Ro‘yxatga olingan


-bob. Ta’lim jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari



Yüklə 27,72 Kb.
səhifə9/12
tarix10.05.2022
ölçüsü27,72 Kb.
#57443
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2 5339144081257796918

9-bob. Ta’lim jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
62. Quyidagilar ta’lim jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi:

- maktab o‘quvchilari (keying o‘rinlarda o‘quvchilar deb yuritiladi);

- maktab pedagoglari (keying o‘rinlarda o‘qituvchilar deb yuritiladi);

- maktab ma’muriyati (direktor, direktor o‘rinbosarlari);

- o‘quvchilarning ota-onalari;
63. O‘quvchilarning huquqlari:

- bepul asosda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olish;

- yashash joyidagi (mikrohududdagi) davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga qabul qilinish;

- ta’lim olish shakllarini erkin tanlash;

- davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlariga muvofiq sifatli ta’lim olish;

- ta’lim olish uchun o‘zining ruhiy xususiyatlari va fiziologik rivojlanishi inobatga olingan holda zarur shart-sharoitlarga ega bo‘lish, shuningdek bepul psixologik-tibbiy xizmatlardan foydalanish;

- davlat ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq, professional ta’lim va oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari talablariga binoan ishlab chiqilgan, o‘zi oladigan ta’limning mazmunini shakllantirishda ishtirok etish;

pedagog xodimlar va ta’lim-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari tomonidan hayoti va sog‘lig‘iga qilinadigan har qanday jismoniy hamda ruhiy zo‘ravonlikdan, shaxsi haqoratlanishidan himoyalanish;

- ta’lim olish davrida dam olish va boshqa ijtimoiy ehtiyojlar uchun ta’tillar olish;

akademik ta’tillar va stipendiyalar olish, o‘qishni tiklash va o‘qishini boshqa ta’lim tashkilotlariga, bir ta’lim shaklidan, kasbdan, ta’lim yo‘nalishidan, mutaxassisligidan boshqasiga ko‘chirish;

- ta’lim tashkilotini boshqarishga doir masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;

ta’lim olish jarayonida ta’lim tashkilotining o‘quv, uslubiy, ilmiy-ishlab chiqarish, madaniy, sport va maishiy obyektlari xizmatlaridan bepul foydalanish;

- ta’lim tashkilotining ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, ilmiy-texnikaviy, eksperimental va innovatsion faoliyatida ishtirok etish.

Ta’lim oluvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarni ta’lim olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish taqiqlanadi.

O‘quvchilarning majburiyatlari:

- o‘quv dasturlari asosida bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi, mashg‘ulotlarga qatnashishi, ularga mustaqil tayyorgarlik ko‘rishi, pedagog xodimlarning topshiriqlarini bajarishi;

- ta’lim-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilariga nisbatan jismoniy va (yoki) ruhiy zo‘ravonlik ishlatmasligi va ularning o‘z majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilmasligi;

- ustav (ta’sis hujjati) talablariga, ichki tartib-qoidalariga, vaqtincha yashash joylari qoidalariga va ta’lim faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirishga oid boshqa ichki hujjatlar talablariga rioya etishi;

- axloqiy, ma’naviy va jismoniy kamol topishga hamda o‘z dunyoqarashini kengaytirishga intilishi;

- ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilishi;

- ta’lim tashkilotining mol-mulkini, moddiy va madaniy boyliklarini asrashi shart.

Ta’lim oluvchilarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

Ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarning kiyim-boshiga doir talablar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Ta’lim oluvchilarning ayrim toifalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kiyim-bosh bilan ta’minlanadi.

64. Voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar ota-onasining hamda boshqa qonuniy vakillarining huquq va majburiyatlari:

Voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari bolaning o‘qishi, tarbiyalanishi, jismoniy, ma’naviy va intellektual rivojlanishi uchun mas’uldir.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ta’lim tashkilotlari voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarni tarbiyalashda, ularning jismoniy hamda ruhiy sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlashda, shuningdek individual qobiliyatlarini rivojlantirishda ularning ota-onasiga hamda boshqa qonuniy vakillariga ko‘maklashadi.

Voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari quyidagi huquqlarga ega:

- jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarga, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarga oilada ta’lim olish imkoniyatini berish;

- oilada ta’lim olayotgan bolaning fikrini inobatga olgan holda uning o‘qishini ta’limning har qanday bosqichida ta’lim tashkilotida davom ettirish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

- ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish, ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, ta’lim tashkilotlariga hayriya yordami ko‘rsatish bo‘yicha takliflar kiritish;

- ta’lim tashkilotining ustavi va (yoki) boshqa ta’sis hujjati, litsenziyasi, davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikati, davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari, malaka talablari, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari bilan tanishish;

- ta’limning mazmuni, qo‘llanilayotgan ta’lim va tarbiya usullari, ta’lim texnologiyalari bilan, shuningdek o‘z bolalarining o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi natijalari bilan tanishish;

- ta’lim oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

- ta’lim tashkilotini boshqarishga doir masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish.

Voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari:

- o‘z bolalarini insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ma’naviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashi;

- bolalarining umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim yoki boshlang‘ich professional ta’lim olishini ta’minlashi;

- bolalarining o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishini ta’minlash va o‘zlashtirishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

- o‘z bolalarining intellektual, ma’naviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishi;

- ta’lim tashkilotining ta’lim-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi ichki tartib-qoidalariga rioya etishi;

- jismoniy va yuridik shaxslar bilan munosabatlarda, shu jumladan sudda maxsus vakolatlarsiz o‘z bolalarining ta’lim sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi;

- ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.

Voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

65. Pedagoglarning majburiyatlari:

- ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilishi;

- o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli o‘tkazishi;

- axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, o‘qitish va tarbiyaning ilg‘or hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanishi;

- ta’lim oluvchilarning psixologik va o‘ziga xos xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olishi, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan shaxslarni o‘qitish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga e’tibor qaratishi;

- voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini ularning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari bilan hamkorlikda olib borishi;

- ta’lim tashkilotining ustaviga va (yoki) boshqa ta’sis hujjatlariga, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishi;

- o‘z malakasini muntazam ravishda oshirib borishi, egallab turgan lavozimiga muvofiqlik jihatidan davriy attestatsiyadan o‘tishi;

- tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi shart.

Pedagog xodimlarning zimmasida qonunchilikka, shuningdek ta’lim oluvchi va ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

Pedagog xodimlarga pedagogik faoliyatni amalga oshirishda axloq va etika normalariga zid harakatlar sodir etish taqiqlanadi.

Pedagog xodimlarning kiyim-boshiga doir talablar ta’lim tashkilotlari tomonidan belgilanadi.

Pedagog xodimlar huquqlari:


  • o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish;

- o‘quv dasturlari doirasida mualliflik dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish, o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish, shuningdek tegishli o‘quv fanlari, kurslari, modullaridan foydalanish, ijodiy faollik ko‘rsatish;

- zamonaviy pedagogik shakllarni, o‘qitish va tarbiya vositalarini, usullarini erkin tanlash hamda ulardan foydalanish;

- kasbiy faoliyatini amalga oshirish uchun ularga zarur shart-sharoitlar yaratilishini talab qilish;

- o‘quv, ilmiy va uslubiy yo‘nalishlardagi axborot-resurs markazlarining xizmatlaridan bepul foydalanish;

- davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, malaka talablarini, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

- ilmiy, ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyatni amalga oshirish, eksperimental faoliyatda ishtirok etish, innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish;

- ta’lim tashkilotini boshqarishda, shuningdek ta’lim tashkilotining faoliyati bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;

- kasaba uyushmalari va nodavlat notijorat tashkilotlari a’zosi bo‘lish, xodimlarining vakillari bo‘lish, fuqarolik jamiyati boshqa institutlari faoliyatida qatnashish;

- o‘z kasbiy huquqlarini va umumiy manfaatlarni ifoda etish hamda himoya qilish uchun pedagog xodimlarning jamoat birlashmalariga birlashish;

- o‘z kasbiy faoliyatiga aralashuvdan himoyalanish;

- davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tish (davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari uchun);

- ta’lim oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etish.

Pedagog xodimlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Pedagog xodimlarni ularning lavozim majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday boshqa ishga jalb qilish taqiqlanadi.

66. Maktab direktori:

- maktab faoliyatining barcha lavozim yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;

- o‘z lavozimi bo‘yicha pedagogik kengash raisi hisoblanadi; umumta’lim muassasasining o‘quv-tarbiya jarayoni va kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi;

- ta’lim berish (o‘quv-tarbiya) ishini tashkillashtiradi, maktabning ma’muriy-xo‘jalik (ishlab chiqarish), moliyaviy ishini ta’minlaydi, xavfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalariga rioya qilish tartibini yaratadi;

- o‘z vakolatlari doirasida har bir xodimiga ular uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmani berishga haqli;

- Pedagogik kengash bilan birgalikda maktabni rivojlantirish strategiyasi, maqsadlari va vazifalarini belgilaydi;

- maktabning rivojlanish dasturlarini, o‘quv rejalari, kurslar, fanlar, o‘quv-uslubiy hujjatlar, Ustav va ichki tartib qoidalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish ishlarini amalga oshiradi;

- maktabning yangi o‘quv yiliga, kuz-qish mavsumiga tayyor bo‘lishini tashkil etadi va ta’minlaydi, maktabda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshiradi, qabul qilish dalolatnomalarini imzolaydi;

- maktab faoliyati jarayonida yuzaga keladigan o‘quv-uslubiy, ma’muriy, moliyaviy, xo‘jalik va boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etadi;

- pedagog va boshqa xodimlari ishini rejalashtiradi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

- kadrlarni tanlash va ishga qabul qilish ishlarini amalga oshiradi, xodimlarning lavozim majburiyatlarini belgilaydi, ularning kasbiy mahoratini oshirish uchun shart-sharoit yaratadi;

- dars jadvali, o‘qituvchilarning kundalik va yillik ish rejalarini, tarifikatsiya ro‘yxatlari va mehnat ta’tillari jadvallarini tasdiqlaydi;

- o‘quvchilar va xodimlarining salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash, sog‘lom ovqatlantirish uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi, ularning ishini nazorat qiladi;

jamoa shartnomasi bajarilishini ta’minlaydi, maktab pedagoglar jamoasi, kasaba uyushmasi tashkilotiga ishlash uchun zarur sharoitlar yaratadi;

qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

67. Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari:

- direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tanlov natijalariga ko‘ra tuman xalq ta’limi bo‘limining mudiri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

- direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari maktab direktori bilan hamkorlikda maktabdagi o‘quv jarayonini tashkil etadi, maktab pedagoglari jamoasiga uslubiy jihatdan rahbarlik qiladi, o‘quv jarayonida xavfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalariga rioya qilinishi tartibini ta’minlaydi, o‘quv ishi bo‘yicha hisobotlarni yuritadi va umumiy majburiy ta’lim bo‘yicha ishni tashkillashtiradi;

- direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari bevosita maktab direktoriga bo‘ysunadi.

68. Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi vazifalarini bajaradi:

- pedagoglar jamoasining faoliyati bo‘yicha kundalik va istiqbol rejalashtirilishini tashkil etadi;

- o‘qituvchilar va boshqa pedagog xodimlarning o‘quv rejalarini va dasturlarini bajarish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;

- zaruriy o‘quv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqilishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

- ta’lim jarayonining sifatini va o‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalari ob’yektiv ravishda baholanishini, to‘garaklar va qo‘shimcha mashg‘ulotlar ishini muntazam nazorat qiladi;

- pedagog xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan darslarni muntazam tahlil etib boradi;

- bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish ishlarini tashkil etadi;

- o‘quv jarayonini tashkil etish masalalari yuzasidan ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ni qabul qiladi;

- pedagog xodimlarga yangi dasturlar va pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish va ishlab chiqishda yordam beradi;

- o‘quv mashg‘ulotlari va ta’lim faoliyati boshqa turlarining jadvallarini tuzadi, vaqtinchalik yo‘q bo‘lgan o‘qituvchilarning darslari sifatli va o‘z vaqtida almashtirilishini ta’minlaydi, qoldirilgan va boshqa o‘qituvchi o‘rniga o‘tilgan darslarni qayd qilish jurnalini yuritadi;

- belgilangan hisobot hujjatlari o‘z vaqtida tuzilishini ta’minlaydi, pedagoglar tomonidan sinf jurnallari va boshqa hujjatlar to‘g‘ri va o‘z vaqtida yuritilishini nazorat qiladi;

- pedagog kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda ishtirok etadi, ularning malakasini va kasbiy mahoratini oshirish ishlarini tashkil etadi, o‘quvchilar bilimlarini monitoringini o‘tkazishni amalga oshiradi;

- uslubiy birlashmalar ishiga rahbarlik qiladi, o‘z malakasini oshiradi;

- pedagoglar va boshqa xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda ishtirok etadi;

- pedagoglar va o‘quv-tarbiya xodimlar tarkibining ish vaqtini hisobga olish tabelini yuritadi, imzolaydi va direktorga topshiradi;

- direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari ishtirokida o‘quv xonalari, ustaxonalar, sport zali hamda yordamchi xonalarni pasportlashtirishni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini tashkil etadi;

- mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar hamda amaliy va laboratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarda xavfsizlik texnikasi bo‘yicha bo‘limlar ishlab chiqilishini va muntazam qayta ko‘rib chiqilishini tashkil etadi;

- direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bilan hamkorlikda yo‘l harakati, suzish havzalari va ko‘cha-ko‘yda o‘zini tutish, yong‘in xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish uslubiyati va tartibini belgilaydi;

- qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

69. Direktorning ma’naviy—ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari:

- direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tanlov natijalari hamda Ma’viyat va ma’rifat markazi tuman boʻlinmasi tavsiyasiga ko‘ra tuman xalq ta’limi bo‘limining mudiri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

- direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qiladi, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga umumiy uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;

- aniq bir tadbirlar o‘tkazilganida o‘quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqari ishlashda xavfsizlik texnikasi me’yorlariga va qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi;

- direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bevosita maktab direktoriga bo‘ysunadi.

70. Direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi lavozim vazifalarini bajaradi:

- o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha joriy va istiqbol rejalar tuzilishini va uning o‘tkazilishini tashkil etadi;

- sinf rahbarlari, psixolog, kutubxonachi, to‘garak rahbarlari va bevosita ushbu direktor o‘rinbosariga bo‘ysunuvchi boshqa xodimlarning ishini muvofiqlashtiradi.

- muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy ishlar sifatini, to‘garaklar ishini va maktabdan tashqari tadbirlar o‘tkazilishi hamda to‘garak jurnallarini yuritilishini ta’minlaydi;

- ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda bevosita ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan hamkorlik qiladi;

- o‘quvchilarning darslarga qatnashishi (davomat)ni kundalik nazorat qiladi, surunkali dars qoldirayotgan o‘quvchilarni ota-onalar va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ta’limga jalb etish choralarini ko‘radi hamda belgilangan namunadagi davomat jurnalini yuritilishini ta’minlaydi;

- voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan birgalikda profilaktik tadbirlar o‘tkazadi;

- muassasa psixologi bilan birgalikda voyaga yetmaganlar orasida o‘z joniga qasd qilish va boshqa salbiy holatlarni oldini olish bo‘yicha suhbatlar o‘tkazadi;

- iqtidorli va qobiliyatli o‘quvchilarni aniqlash va ularni rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi;

- muassasa kutubxonachisi bilan birgalikda o‘quvchilarni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish yuzasidan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazadi;

- o‘quvchilar va ularning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan sogʻliqni muhofaza qilish, yo‘l transport xavfsizligi va boshqa baxtsiz hodisalarni oldini olish yuzasidan tadbirlarni tashkil etadi;

- o‘quvchilarning mazkur Ustav va ichki-tartib qoidalarida, odob-axloq qoidalarida belgilangan me’yorlarga amal qilinishi ustidan nazorat qiladi;

- o‘quvchilarning Ustavda belgilangan o‘quvchi formasida kelishlari, o‘quv qurollarini to‘liq olib kelishlari yuzasidan nazorat o‘rnatadi;

- qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

71. Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari o‘z vakolati doirasida quyidagi lavozim vazifalarini bajaradi:

- direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari maktab direktorining tavsiyasiga ko‘ra tuman xalq ta’limi bo‘limining mudiri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

- ta’lim muassasasi binolarining texnik holatiga, ya’ni saqlanishiga, barcha moddiy boyliklar (inventarlar, turli o‘quv ko‘rgazmali jihozlar)ning saqlanishiga javobgardir.

- ta’lim muassasasidagi xo‘jalik ishchilarini nazorat qilish, har oyda ishchi-xodimlarni ishga kelganligi haqida tabel tayyorlaydi;

- moddiy tovar boyliklarning (muassasaga olib kelingan inventarlarni, xo‘jalik va kanselyariya mollarini kirim qilish, ularni o‘z vaqtida tarqatish, ro‘yxatdan chiqarilgan moddiy boyliklarni chiqim qilish) aylanma qaydnomasini yuritadi;

- har o‘quv yili boshlangunga qadar barcha jihozlarni ta’mirlash, har bir sinf xonasini, fan kabinetlarini, laboratoriyalarni ta’mirlash, jihozlash, yangi o‘quv yiliga taxt qilib, ro‘yxat bo‘yicha jihozlar, mebellarni sinf rahbarlariga, kabinet mudirlariga, laboratoriya mudirlariga belgilangan tartibda (topshirish-qabul qilib olish dalolatnomalari tuzilgan holda) topshiradi va o‘quv yili yakunlanganda ularni butun holatda qabul qilib oladi;

- kommunal to‘lovlar (gaz, suv, elektr va issiqlik energiyasi) bo‘yicha hisoblagichlarni kundalik ko‘rsatkichlarini olib, tahlil qilgan holda, byudjetdan ajratilgan mablag‘lardan tejamkorlik bilan foydalanishni tashkil qiladi;

- telefon tarmoqlaridan foydalanishda, aloqaning uzluksizligini, sifatini nazorat qilish hamda aloqa buzilgan hollarda hududiy telefon tarmoqlari bo‘linmalariga xabar berib, aloqani tiklash choralarini ko‘radi;

- ta’lim muassasasining sanitariya holatini talablar darajasida bo‘lishida farroshlar, binoni qo‘riqlashda qorovullar, atrof-muhitni obodonlashtirishda texnik xodimlar ishini muvofiqlashtiradi;

- bir yilda bir marta jamoat komissiyasi bilan birgalikda moddiy boyliklarni turlari bo‘yicha xatlov (inventarizatsiya)dan o‘tkazadi;

- muassasada ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini tashkil etadi;

- kuz-qish mavsumida issiqlik tizimidan foydalanishda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga asosan issiqlik bosimining yetarli darajada bo‘lishini, uning davomiyligini, issiqlik yetarli darajada bo‘lmagan kunlarda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga ma’lum qilish hamda ushbu kunlarni ro‘yxatga olib, xalq ta’limi tuman bo‘limining markazlashtirilgan moliya-buxgalteriyasiga issiqlik uchun to‘lab beriladigan mablag‘larni qayta hisob-kitob qilishi haqida ogohlantiradi;

- kuz-qish mavsumiga muassasa binosi tomlarini, oyna va romlarini, isitish tizimini, kanalizatsiya quvurlarini ta’mirlab, tayyor holga keltiradi;

- yakka tartibda isitiladigan ta’lim muassasalarida qattiq va suyuq yoqilg‘i materiallarini vaqtida yetkazish va sifatli saqlash, ularni belgilangan miqdorlarda sarflash hamda isitish tizimini optimal darajada ishlashini ta’minlaydi;

- yong‘in xavfsizligi asboblarini yetarli darajada bo‘lishini nazorat qiladi.



Yüklə 27,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin