Ro‘yxatga olingan


-bob. Maktab o‘quvchilari uchun yagona maktab formasiga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 27,72 Kb.
səhifə10/12
tarix10.05.2022
ölçüsü27,72 Kb.
#57443
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2 5339144081257796918

10-bob. Maktab o‘quvchilari uchun yagona maktab formasiga qo‘yiladigan talablar
72. Maktab o‘quvchilari uchun yagona maktab formasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

O‘quvchilar tomonidan yagona maktab formasini kiyishda quyidagi talablarga rioya etilishi lozim:

- kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi;

- qizlar uchun yubkaning uzunligi tizzadan 5-15 santimetr pastda bo‘lishi;

- o‘g‘il bolalar uchun shimning uzunligi oyoq to‘pig‘idan pastda bo‘lishi;

- oyoq kiyimlar poshnasining 3 santimetrdan baland bo‘lmasligi;

- ko‘ylakning eng yuqoridagi faqat bitta tugmasidan tashqari boshqa tugmalarining qadalgan bo‘lishi;

- kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi shart.

73. O‘quvchilar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, maktabda o‘tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno.

74. Maktabda o‘quvchilar tomonidan maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilinishi maktab rahbariyati, sinf rahbarlari va pedagog xodimlar tomonidan nazorat qilib boriladi.

75. Pedagog xodimlar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz, klassik-rasmiy uslubdagi kiyim va pardoz (erkaklar: kostyum-shim va galstuk, oq (yoki oqish) rangdagi ko‘ylak, soch va soqol olingan; ayollar: kostyum-yubka, oq (yoki oqish) rangdagi kofta, soch turmaklangan, o‘ta qimmatbaho zeb-ziynatlarsiz)da yurishlari lozim.


Yüklə 27,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin