Ro‘yxatga olingan


-bob. O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni



Yüklə 27,72 Kb.
səhifə4/12
tarix10.05.2022
ölçüsü27,72 Kb.
#57443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2 5339144081257796918

4-bob. O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni

25. O‘quv yili maktabda tegishli yilning 2-sentabridan kelgusi yilning 25-mayiga qadar davom etadi va to‘rtta chorakka bo‘linadi.

26. O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi:

o‘quv yilining davomiyligi - 34 hafta (I sinflar uchun 33 hafta);

o‘quv haftasining davomiyligi - 6 kun (I-IV sinflar uchun 5 kun);

dars mashg‘ulotining davomiyligi - 45 daqiqa;

dars mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffus - 5-10 daqiqa (o‘quv kuni o‘rtasidagi tanaffusning davomiyligi - 15-30 daqiqa).

27. Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida bayram (ishlanmaydigan) kuni deb belgilangan kunlarda dars mashg‘ulotlari o‘tkazilmaydi.

28. Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars mashg‘ulotlarining mavzulari o‘quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.

29. O‘quv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:

kuzgi ta’til – 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;

qishki ta’til – 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;

bahorgi ta’til – 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;

yozgi ta’til - oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1-sentabrgacha;

ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlamaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi;

1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.

30. Maktabda yozgi ta’til kunlari kunduzgi oromgohlar va maydonchalar tashkil etilishi mumkin.

31. Belgilangan me’yorlar bo‘yicha tegishli maydonga ega bo‘lgan maktabning sinflari to‘liqligi 35 nafardan ortib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

32. Quyidagi hollarda sinfdagi o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladi:

- o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining I-XI sinflarida «Chet tili» fani;

- ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar;

- V-IX sinflarda «Texnologiya»;

- V-XI sinflarda «Informatika va axborot texnologiyalari»;

- VIII-XI sinflarda «Jismoniy tarbiya»;

- I-XI sinflarida «Rus tili» fani.

33. O‘quvchilarning sifatli bilim olishini va ularni umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlariga mos holda o‘qitish natijalarini nazorat qilishni ta’minlash maqsadida maktabda quyidagi nazorat turlari olib boriladi:

- joriy nazorat - o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini muntazam ravishda tekshirib borish uchun so‘rovlar, nazorat ishlari yoki testlar ko‘rinishida o‘tkaziladi;

- oraliq nazorat - chorak yakunida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash uchun o‘quv dasturining bir qismi tugaganda amalga oshiriladi va u yozma nazorat ishi yoki testlar ko‘rinishida olib boriladi;

- bosqichli nazorat - o‘quv yili tugaganda og‘zaki, yozma imtihon hamda test sinovlari ko‘rinishida amalga oshirilib, unga asosan o‘quvchining yakuniy bahosi, reytingi aniqlanadi va o‘quvchini keyingi sinfga o‘tkazishga qaror qilinadi;

- yakuniy nazorat - tayanch o‘rta ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim tugaganidan so‘ng yakuniy davlat attestatsiyasi shaklida o‘tkaziladi.

Chet tili fanidan o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi xalqaro baholash tizimi asosida aniqlanishi mumkin.

34. Maktabning V-VIII va X sinf o‘quvchilari tegishli fanlardan bosqichli nazoratlarni muvaffaqiyatli topshirganlaridan so‘ng keyingi sinfga o‘tkaziladi.

35. Tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi va maktabning pedagogik kengashi qarori asosida tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirining buyrug‘i bilan o‘quvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratdan ozod etilishi mumkin.

Ularning bilimlarini yakuniy baholash va reytingini aniqlash yillik baholar asosida amalga oshiriladi.

36. Maktabning IX sinfni tugatgan o‘quvchilarga davlat namunasidagi tayanch o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi shahodatnoma, VIII-IX sinflardagi o‘qishi davrida faqat a’lo ko‘rsatkichlarga va namunali xulqqa ega bo‘lgan, yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga esa a’lo darajali shahodatnoma beriladi.

Maktabning XI sinfni tugatgan bitiruvchilarga davlat namunasidagi umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi attestat, X-XI sinflardagi o‘qishi davrida faqat a’lo ko‘rsatkichlarga va namunali xulqqa ega bo‘lgan, yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga esa a’lo darajali attestat beriladi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining IX sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnoma mavjud, X-XI sinflardagi barcha fanlardan choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan XI sinf bitiruvchilariga oltin medal beriladi;

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining IX sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnoma mavjud, X-XI sinflardagi barcha fanlardan yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan XI sinf bitiruvchilariga kumush medal beriladi.

Davlat ta’lim standartlari doirasida umumta’lim dasturlarini mustaqil o‘zlashtirgan o‘quvchilarga eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasini topshirish huquqi beriladi. Yakuniy davlat attestatsiyasini eksternat tartibida muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga davlat namunasidagi attestat beriladi.


Yüklə 27,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin