6-bob. O‘quvchilar sog‘lig‘ini muhofaza qilish
45. O‘quvchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish umumta’lim muassasalariga tibbiyot muassasalari tomonidan biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari maktab rahbariyati va pedagog xodimlar bilan bir qatorda davolash-profilaktika tadbirlarini tashkil etish, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena talablariga rioya qilish, ovqatlanish rejimi va sifatiga, o‘quvchilarii tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va sog‘lomlashtirish uchun mas’uldirlar.
46. Maktab rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimlarining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (maxsus joy, mebel va tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar) yaratib beriladi.
47. Maktab o‘quvchilarini har yilgi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish O‘zbekistan Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
48. Maktabda ta’lim-tarbiya jarayonini psixologik jihatdan ta’minlash maktab psixologlari tomonidan amalga oshiriladi.
49. Og‘zaki nutq nuqsonlari va tovush talaffuzida kamchiliklari bo‘lgan o‘quvchilarga korreksion-logopedik yordam berish maqsadida umumta’lim muassasasida o‘qituvchi-logopedlar (defektologlar) faoliyat yuritadigan logopediya shahobchasi tashkil etilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |