Ro‘zixon djalilova tasviriy san’at kompozitsiyaning shaxs ma’naviyatidagi o‘rni



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə20/70
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#191725
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   70
ka 3 монография 2023 21. lotin

Inter’er kompozitsiyasi. Tasviriy san’atda intererni tasvirlash qiziqarli mavzulardan biridir. Tarixiy, maishiy va zamonaviy mavzudagi badiiy asarlarda inter’er fon tariqasida ham ishlatilshi mumkin. Inter’er holati orqali xonadon sohibining didi haqida, yoki zavod tsexini jihozlanganiga qarab ilmiy taraqqiyot holati haqida xulosa chiqarishimiz mumkin.
Uyni eshik derazalarning shakli, hajmi, devor va shift, polni bezagi va uy jihozlarining bezagi tasviri orqali qaysi davrga mansubligini bilib olishimiz mumkin. Teatrdagi inter’er har tomonlama ichki jihozlari bilan estetik jihatdan zavod tsexidan farq qiladi.
Zavodning metall quyish tsexini ko‘z oldimizga keltiraylik. Katta tsex poliga yotqizilgan katta hajmdagi plitalar, relsda harakat qilayotgan og‘ir kranlar, kumushsimon tutun orasidan tsexga tushayotgan sun’iy yorug‘ yonidagi metall pishiriq qozondan ko‘rinayotgan qizil lava va ko‘k tutun kabi holati o‘zini hayotiy go‘zalligi bilan rassomni beixtiyor o‘ziga tortadi.
Interer mavzusida hayotning turli bosqichlarida ko‘plab rassomlar ijod qilishgan ularning asarlari orqali o‘sha davrdagi qishloq uylari, saroylarni ichki inter’erlari orqali qanday holatda bo‘lganini bilamiz. Ko‘plab shunday realistik san’at asarlarida yozuvchi olimlarning, jamoat arboblarining xonalari tasvirlangan. Rassomlardan A. Venetsianovnining, «A. Nekrasov portreti»dagi inter’er, I. Kramskoyning «Arqqa tagidagi xona», I.Repining «L. Tolstoy ish ustida» ishlarini aytib o‘tishimiz mumkin.
I.Repinning «Kutmagan edilar» kartinasidagi inter’erda XIX asrning 80-yillari ilg‘or ziyolilarning tipik turmush - tarzi ko‘rsatilgan. Natyurmortga nisbatan inter’erda chiziq va havo perespektivasining hamma qonunlariga rioya qilinadi. Xonani ichki ko‘rinishi natyurmortga nisbatan, har xil balandlikda va masofada joylashgan ko‘p predmetlar gorizontal pol va vertikal devor tekisligida joylashgani bilan farq qiladi. (mebel, deraza, kartina).
Inter’er kompozitsiyasiga xonaning, predmetlarning konstrkutsiyasi prespektiva qisqarishi ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan bir qatorda soya-yorug‘ sharoitlariga qarab tus va «kontrast» rang echimi ustida mashg‘ulot bajariladi.
Inter’erda odam figurasi ishtirokisiz ham mavzuni chuqur ifoda etish mumkin. Misol uchun «Maktab kutubxonasi», «Sport zali» kabi kompozitsiya mavzulari bo‘lishi mumkin. Undan tashqari «Rassom ustaxonasi», «Buvim xujrasi», «Mashina sozlovchi ustaxona» kabi mavzular yakunlovchi vazifa sifatida berilishi mumkin.
Har-ikkalasida ham dastlab intererdagi mavjud predmetlarni sinchiklab o‘rganib, xomaki chizgi lavhalar bajarib, inter’er kompozitsiyasini tuzish maqsadga muvofiqdir.
Natyurmort janri ko‘p asrlar davomida rivojlanib kelmoqda. Qadimgi Gretsiya tematik kompozitsiyalarda ko‘plab qo‘llanilgan. Natyurmort janrida erkin holda tasvirlanadi. Asosan XVI-XVII asrlarda Gollandiya va Frantsiya estetik did bilan oddiy buyumlardan tortib to murakkabgacha bo‘lgan buyumlardan qanchalik go‘zal tassurot olish mumkinligi aytib o‘tilgan.
Rossiyada natyurmort janri XVIII asrlarda rivojlandi. K.A.Karovin, I.E.Grobarya, A.Ya.Goluvina, Kuznetsov, M.I.Mashkov, P.P.Konchalovski va hokazolarning tasviriy san’atga hissa qo‘shgan Rossiya rassomlaridir.
Inter’erda natyurmort tuzish mavzusida xonani ichki ko‘rinishini ma’lum natyurmort bilan birgalikda tasvirlashda talaba birinchi navbatda eskizda o‘rganib ko‘radi. Uzoq-yaqindan ko‘rish, xonadagi holat, ranglarni to‘g‘ri tanlash kerak.
Inter’erda sezgimiz; ranglarni ko‘rishimiz, uni ko‘rib ichki ruhiy holatni ko‘tarinki bo‘lishi. Xonaning shinam, bayramona, mebel va buyumlarni qanday qo‘yilganligi yoki sovuq tassurot ostida bo‘lishi mumkin. Intererda kundalik hayotimizda bo‘layotgan voqea-hodisalarni, o‘zgarishlarni aks ettirish mumkin.
Inter’erda erkin mavzu asosida turli natyurmortlar tasvirlash mumkin. Rassom ranglarni o‘qish va ko‘pgina mashqlar davomida yagona xonada ertalab, kechqurun, kunduzi ranglarni o‘zgarib borishi bilan o‘rganib boradi. Inter’erda ishlash qiyin emas. Biz o‘zimizga yoqqan joyni, masalan, yashash uyimiz, kutubxona, ishxona, shahar binolari, muzeylar va shunga o‘xshash joylarni tasvirlashimiz mumkin.
Inter’erda tasvirlashdan oldin kompozitsion joylashtirish, perespektiv qurilishini, maxsus uzoq-yaqin holatlar, gorizontal-vertikal tomonlarini taqqoslash, va eskizini chizib olinadi.
Qalamtasvir va rangtasvir ishlari bilan ko‘plab taniqli rassomlar A.A.Ivanova «Rassom ustaxonasi» deb nomlangan ishida ustaxonani mohirona tasvirlagan.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin