Ro‘zixon djalilova tasviriy san’at kompozitsiyaning shaxs ma’naviyatidagi o‘rni



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə23/70
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#191725
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   70
ka 3 монография 2023 21. lotin

Maishiy janrdagi tematik kartinani yaratish mazmun va g‘oyani ochib beruvchi voqea bilan bog‘liq va voqeani eng xususiyatli, qiziqarli nuqtasini tasvirlashni talab etadi.
Inson yashab turgan muhitda sodir bo‘layottan voqealarni ifodalovchi, bu janr qadim zamonlarda paydo bo‘lgan. O‘tgan asrning demokratik rassomlari halq hayotini astoydil haqoniy, tasvirlab berganlar. Bunga I. Repinning «Yangi kuyovni kuzatish», E. Makovskiyning «Hiyobonda», V. Perovinning «Uchovlon» va boshqa suratlar o‘ziga xos misol bo‘la oladi.
Yoshlarning kundalik hayoti, mehnati, o‘qishi, tasviriy san’at maishiy janrning bir qator asarlarida o‘z aksini topdi. V. Laktionov ning «Frontdan hat» F.Reshetnikovning «Tatilga keldi» asarlarida vatanga muhabbat, maktab hayoti bilan bog‘liq g‘oyalar tasvirlangan. Maishiy janrda ham kompozitsiyani talablari mavjud. Mazmun va g‘oyani kompozitsiyaning ma’lum vositalarida ochib berish: ko‘rish nuqtasi ufq, fazoviy uzoqlashish, shuningdek, kompozitsiya markazi asosiy va ikkinchi darajali predmetlar yoritilishi, tus, rang, kolorit munosabatlariga rioya qilishdan iborat. Perspektiva qonunlari, muvozanat, simmetriya, dinamika vazifalaridan to‘g‘ri foydalana bilish, kerak. Kompozitsiya tuzilishi xona chekkasi (inter’er) yoki ochiq havoda, asosiy o‘rinni odam qiyofasining tasviri egallaydi. Rassomning hayotni kuzatashi natijasida bo‘lgan mavzuga oid ko‘plab bajarilgan xomaki chizgi, etyud, eskizlar kompozitsiya tuzilishiga asos bo‘ladi.
Ikki, uch figurali kompozitsiya tuzish uchun uyda yoki ishxonada odamlarning mehnat qilish yoki dam olish jarayonida tasvirlash uchun uning kasbi, harakterini, hayotdagi voqeaning qiziqarli holatini o‘rganish lozim.
Naturadan bajarish bilan bir qatorda hayoldan va tasavvur qilib ishlashni mashq qilishni odatga aylantirish kerak. Bularning bir nechasi badiiy ijod jarayonining o‘sishiga, tasavvurini boyitishda muhim vosita, bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbek rassomlari 3. Kovalevskayaning «Teatr lojasida» N. Kashinaning «Doira chaluvchi qiz», R.Axmedovning «Tushki dam olish», M. Saidovning «Ishga ketishayapti» kartinalari maishiy janrda ishlangan asarlaridir. Tasviriy san’atning rivojlanishi bilan birga rangtasvir sohasida yangi janrlar paydo bo‘la boshladi va tarixiy asar tushunchasi shakllandi.
Rassom ommaning go‘zallik, estetik talablarini aks etgiruvchi va unga badiiy madaniyatni olib kiruvchi shaxsdir.
Hayotiy voqealar tarixiy janr kompozitsiya echimida rassom tomonidan murakkab ijodiy tahlilidan o‘tadi. Kompozitsiya qonunlariga amal qilib, tamoshabinga kartina mavzusini ochib berishga harakat qilinadi.
Portret - inson obrazini tasviriy san’atda yaratishda eng murakkab janr hisoblanadi. Ma’lumki har bir davrning usta rassomlari bo‘lgan. Ular portret asarlarida zamondoshlarining go‘zal qiyofasii obrazlarini yaratib, keyingi avlodlarga meros qilib qoldirgan.
Uyg‘onish davrining buyuk nomoyondasi Lonardo da Vinchining «Avtoportret», «Djakonda» asari, Velaskesning «Papa Inokentiy X» portreti, shular jumlasidandir.
Golllandiyalik rassom Rembrant kabi ko‘pgina Evropa rassomlari ham ajoyib portretlarni yaratib nom qozondi. Bu portretlar mahoratli ishlanganligi va maftunkorligi bilan insonni o‘ziga rom qilib oladi.
XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod qilgan buyuk rus rassomlari O.Kiprenskiy, V.Tropinin, A.Venetsianovlar rus portret sana’tining asoschilari bo‘ldilar.
Ular XVIII asr portretchilik an’anasini davom ettirib, insonni tasvirlashga yana ham zur e’tibor bilan qaradilar, inson psixologiyasiga katta ahamiyat berdilar va rassomchilik maxoratini oshirdilar. O.A.Kiprenskiyning portret san’atidagi muvaffaqiyati shundaki, rassom o‘z zamondoshlarini portretlarida dastavval insoning go‘zal ma’naviy dunyosini, qadr - qiymatini, uning orzu-o‘ylarini, kechinmalarini tasvirladi. U qator asarlarni, shu jumladan ijodning cho‘qqisi bo‘lgan A.S.Pushkin (1827) portretini yaratdi.
Taniqli shoir siymosi bu portretda har jihatdan chuqur va mukammal ochib berilgan.
Asarda shoirning tashqi qiyofasi bilan birga, undagi ruhiy kutarinkilik, bitmas - tuganmas ijodiy ilhom sohibi ekanligi juda mohirona tasvirlangan.
Uning zamondoshlaridan biri V.Tropinin bizgacha asosan «Pushkin», «Gitarachi», «Bagration» portretlari muallifi sifatida tanilgan. Uning 1823 yilda yaratgan «Tur tuquvchi qiz» portreti istarasi issiq, yoqimli shahlo ko‘z qiz qiyofasini aks ettiradi. Ularning izdoshlaridan biri A. Venetsianovdir. U birinchi bo‘lib san’atga dehqon obrazlarini olib kirdi va birinchi bo‘lib tabiatning poetik obrazini yaratdi.
20 yillarda yaratgan «Yoz», «Ekinzorda» asarida go‘zal tabiat va inson obrazini, dexqonlarning mehnat jarayonini ifodalab uyg‘unlashtarib bergan. U «Zaharka» portretida mehnatkash bolani ichki dunyosini ochib bergan.
XIX asarda realistik-portret sohasida N.Kramskoy,
I. Repin, V.Vasnetsov, V.Serov kabi ulug‘ rus rassomlar ijod
qiladilar. N.Nekrasov. P.Tretyakov, L.Tolstoy, I.Repinning Stasov, Musorskiy portretlari bunga yorqin misol bo‘la oladi. XX asrning ikkinchi yarmida o‘zbek portret san’ati yuksalib rivojlandi. Portret sohasida Lutfulla Abdullaev, Abdulxaq Abdullaev, Raxim Axmedov, Malik Nabievlar samarali ijod qilib kelmoqdalar. Lutfulla Abdullaevning «Mulla to‘ychi Toshmuhamedov», «Yo‘ldosh Oxunboboev» portretlari realistik ananalarda mohirona tasvirlangan.
Abdulxaq Abdullaev birinchi o‘zbek portretchi rassomlardan biri bo‘lib, portret sohasida salmoqli ijod qildi. U o‘z zamondoshlari, ziyolilarni, olimlarni adabiyot va san’at namoyondalarini portret gallereyasini yaratib katta muvafaqqiyatlarga erishdi.
«Abror Xidoyatov Otello rolida», yozuvchi «Oybek» portreti muallifning shoh asarlaridan bo‘lib, Otelloni o‘ychan boqishi, gavda harakati portretga romantik ko‘tarinkilik ruhini baxsh etgan. Unda yuz ifodasi psixologik holati moxirona tasvirlangan. Oybek portretida shoir siymosi kompozitsiya jihatidan juda chuqur va mukammal ochib berilgan.
Rassom bu asarda inson qiyofasini abadiylashtiribgina qolmay, balki hamma yuksak insoniy fazilatlar egasi, otash qalb, xayajon va tashvishga to‘la buyuk yozuvchining jonli portretini yaratdi.
Rahim Axmedov portret janrida hayotga chuqurroq yondoshdi. Inson ichki kechinmalarini, xis - tuyg‘ularini, orzularini, insonning guzal qalbini o‘z asarida ochib beradi.
Uning «Ona o‘ylari», «Surxondaryolik ayol», «Dehqon» portreti yorqin misol bo‘la oladi.
Malik Nabiev asosan portret janrida zamondoshlari bilan bir qatorda tarixiy allomalar obrazini ham yaratash ustida ko‘p mehnat qiladi. U 1952 yili «Beruniy» obrazini yaratdi. 1993 yili esa buyuk sarkarda «Amir Temur portreti»ni yaratdi. Portret kompozitsiyasini yaratishda rassomlarning o‘ziga xos uslubi mavjud. Ular adabiy qo‘lyozma," etnografik xujjatlardan unumli foydalanadi.
Portret mazmuniga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: kalla portreti, ko‘krak qiyofali portret (byust), yarim gavda portret, butun gavda qiyofasi portreti, portret kartina, guruhli portret, miniatyura portreti va xokazo.
Portret kompozitsiyaning tuzilishida insoning tashqi va ichki qiyofasi, uning ruhiyati, shuningdek qo‘li, o‘tirish holati, liboslari, intererdagi predmetlar asosiy vosita sifatida muhim rol o‘ynaydi. Har bir rassom portret yaratishda o‘z tajribasi, usuliga tayanadi. Bunga har xil kutilmagan holatda, rang va texnikada bajarilgan portretlar dalil bo‘la oladi.
Baxodir Jalolovning kinorejiseyor «Komil Yormatov» portreti shu fikrimizni tasdiqlaydi. Shuning uchun portret yaratishda yoshlar ulug‘ portret ustalari tajribasini o‘rganib ulardan unumli foydalanishlari lozim. Portretchi rassom avval tasvirlanuvchi bilan chuqurroq tanishib, bir muncha davrda uni kuzatib, suhbatlashib, uni asosiy harakteri, xususiyatlarini ichki va tashqi dunyosini yaxshi o‘rganishi kerak, M. Nesterovning shogirdi P. Korin har doim bu amallarga sodiq qolib
A Tolstoy, N.Kachalov, M.Nesterov, Saryan portretlarni shu tarzda yaratdi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin