Ro‘zixon djalilova tasviriy san’at kompozitsiyaning shaxs ma’naviyatidagi o‘rni



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə24/70
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#191725
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   70
ka 3 монография 2023 21. lotin

Batal kompozitsiyasi.Batal so‘zini manosi (jang) larni tasviridagi kompozitsiya O‘rta Osiyoda qadimgi tasviriy san’at asarlarida XIV asrga kelib Samarqandda Amir Temurning «Bog‘i-Shamol», «Bog‘i-Dilkusho» saroylari devorlariga, harbiy yurish, jang va ov marosimlarida Temurni o‘z kanizaklari, Amir, shaxzodalari bilan o‘z davrining miniatyurachi rassomi Axmad- Bog‘i- Shamol tomonidan taevirlangan. XIV asrgda batal janri miniatyuralarda rivojlanish cho‘qqisiga ko‘tariladi. X1X asrning taniqli rangtasvir ustasi xisoblanadi. Malik Nabiev batal janrida bir qancha taniqli asarlar yaratgan. «Qo‘zg‘olon bostirildi» asarlari M.Nabievni muxlislarga iste’dodli yosh rassom sifatida tanitdi. Ijodiy izlanishda davom etgan rassom ustozlari Benkov, Tatevosyanlardan tasvir sirlarini o‘rgandi. M. Nabiev ko‘proq nafis san’atning tarixiy janrida mo‘yqalam tebratayotgan rassomlardandir. Yoshligidan tarixiy mavzularga qiziqqan rassom o‘qiganlarini suratlarda aks ettirishga harakat qiladi. Uning «Spitamen qo‘zg‘aloni», «Muqanna qo‘zg‘aloni», «Hosilning yo‘q qilinishi», «Jizzahdagi 1916-yilgi qo‘zg‘alon» deb nomlangan suratlari shular jumlasidandir. Rassom ozodlik uchun bo‘lgan xalq qo‘zg‘o‘lonlari mohiyatini ochib beradi. Bu borada, rangtasvirchi rassom M. Nabiev avloddan-avlodga hikoya qilinib kelinayotgan tarixiy voqealarni astoydil o‘rganib, ularni jonli ranglarda tasvirlashga muvaffaq bo‘lgan.
Ana shunday asarlardan birida Iskandar Zulqarnaynga qarshi jang qilgan so‘g‘diylar qahramoni Spitamen aks etgan. Asar o‘zining uslubi, kompozitsion tuzilishi jihatidan boshqa tarixiy asarlardan ajralib turadi. Unda ishlatilgan qizil, sariq, yashil, ko‘k bo‘yoqlar gammasi rassomga asarning mazmunini, uning g‘oyasini ochishga yordam bergan. Qo‘zg‘alon mavzusida yaratgan manzaralarida xalqning g‘alabaga, ozodlikka bo‘lgan intilishlarini obrazli tarzda aks ettirishgan. 1990-yillarda rangtasvir san’atini batal janrida taniqli asarlar yaratib kelayotgan iste’dodli rassom Alisher Aliqulovning “Xalq quzg‘alonlari va jadidchilik harakati”devoriy surati fuqarolik va vatanparvarlik tuyg‘usi bilan sug‘orilgan.U qisqa vaq ichida O‘zbekiston tasviriy san’at olamiga kirib keldi. Rassom qisqa vaqt mobaynida o‘z ijodi bilan ko‘pchilik e’tiborini qozondi. U 1995 yil “Shaxanov” “Buyuk daxolar” “Halq quzg‘alonlari” “Amir Temir jaxon tarixida” kabi devoriy suratlari orqali O‘zbekiston zamining boy tarixi va ma’naviy qadiryatlarini tarannum etdi. Rassom tarixiy batal kampozitsiyalarni chuqur xis qilgan holda, qaxramonlar obraziga insoniylik, fidoyilik, vatanprvarlik g‘oyasini singdirishga harakat qiladi. Rassomnig ta’kidlashicha, san’at fidoyilikdir, fidoiylik, esa ezgu ishlrga safarbar etilmog‘i lozim. Alisher Aliqulov ijodi bugungi zamonaviy O‘zbekiston maxobatli va dasgohli rangtasvir san’atida murakab va jo‘shqin jarayonlar kechayotganini ko‘rsatadi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin