Ro‘zixon djalilova tasviriy san’at kompozitsiyaning shaxs ma’naviyatidagi o‘rni



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə25/70
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#191725
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70
ka 3 монография 2023 21. lotin

Animal janr - hayvonot dunyosini, jonivorlarni tasvirlovchi tasviriy san’at janri. U multiplikatsion filmlarda ham keng qo‘llaniladi.
Animalist - hayvonlarni tasvirlovchi rassom, haykaltarosh. Antik san’at - qadimgi degan ma’noni bildiradi. Bunda qadimgi davrlardayoq taraqqiy etgan qadimgi Yunon, Rim san’ati nazarda tutilgan.
Animal janrida manzara vositachi fon vazifasini o‘taydi. Manzarada tashqi dunyoning go‘zalligini aks ettirish bilan insonga ijobiy ta’sir etuvchi kuchga ega. Rassom tabiat olamining eng nozik, tipik holatlarini, rang garmoniyalarini anglab, tabiatga nisbatan bo‘lgan estetik munosabatini bildiradi. Manzarali animal janrida hayvonlar olami (ot, sher, echki, kiyik, it, mushuk) va boshqalar kampozitsiya g‘oyasiga movofiq tasvirlanadi. Talabalar tarbiyaga estetik munosabatni shaklantirishda sut emizuvchi hayvonlarni o‘rganish alohida ahamiyatga egadir. Ular tabiat taraqqiyoti bosqichida eng yuqori o‘rinlarni egallaydi. Ular vaxshiy va o‘txo‘r hayvonlar xisoblanadi. R.Djalilova “Voqelikdan emotsional munosabatning estetik moxiyati” kompozitsiyasida O‘zbekistonning shohimardon tog‘laridagi fazoviy kenglikda baxor faslidan ta’sirlanayotgan otni emotsiyasi ritm, dinamik (harakatdagi) holati aks etirilgan. Ot obrazi orqali dunyodagi voqelikka go‘zallika hayvonlardagi tez harakatdagi chopqir tulporning ranglar mutonosibligidan zavqlanib o‘ynab uchib kelayotgani tasvirlangan. Kompozitsiyada badiiy ijodni asosini otni go‘zallikni ko‘ra bilishi, xis etish, tasirlanishda emotsiyanal holatini tabiyaga nisbatan mutanosibligida tasvirlangan. “Bahor va avtoportret”da ilxomlangan musavvirani gullar, Qushlar kiyklarning ritm va dinamikadagi tabiatni ko‘ylayotgan musiqachi ko‘yidan ilxomlangan kurinishi insonda mayin ramantik, poetik lirik «Bahor» kabi mavzudagi tabiatni nozik, sokin go‘zalligini, uning uyg‘onish holatini aks ettiruvchi, insonga olam - olam quvonch baxsh etuvchi asarni ko‘z oldimizga keltiramiz.
Mahobatli bezak san’at kompozitsiyasi.Mahobatli san’at arxitektura va haykaltaroshlik bilan bog‘liq holda yaratiladi. Uning mavzusi va mazmunini badiiy fikrni ulug‘vorligini belgilaydi, unda tarixiy va xalq hayotidagi muhim voqealar tasvirlanadi.
Mahobatli nafis tasviriy san’at kompozitsiyasining aniqligi, puxtaligi, koloritini umumlashtirib, kompozitsiyaning har tarafdan ko‘rishga qulayligi bilan farqlanadi.
«Monumental» san’at asarlari mavzuning katta hajmda va shaklda bajarilishi bilan belgilanadi.
Kompozitsiyaning unsurlari (hajmdorligi, simmetriya, ohang, perspektiva, rang echimi va hokazolar) mahobatli pannoning bajariladigan joyiga qarab o‘zgaradi. «Monumental» asar uzoq masofadan turib tasavvur qilish uchun kompozitsiyadan plastik hajmlarni umumlashtirish, masofa, tasvir va rang echimini aniqlash kerak. Kerakli darajada mavzuni umumlashtirilib allegoriya, timsol shaklida berishga kattta ahamiyat beriladi.
Mahobatli san’at keng ma’nodagi inson jasoratini, go‘zalligini ifodalash bilan birga dekorativ, estetik didni tarbiyalaydi.
«Dekorativ monumental» san’atga asosan bog‘ haykallari va me’morchilik guruhining bo‘lagi bo‘lgan haykallar kiradi. Kompozitsiyada har xil plastik bajariladigan tasvir ashyosi materialini ham hisobga olinadi.
«Mozayka», «freska», «vitraj», «relef», «panno» - namoyon kabilar mahobatli rang tasvirining turlari bo‘lib, ma’lum texnik tasvir vositalariga ega.
«Mozayka» deb, «smalta», marmar, koshin - sopol plitka, hamda mayda naqsh yoki tasvirni aytamiz.
Marmar «plita»lar mozaikada keng qo‘llaniladi, marmar, keramik mozaika tashqi va ichki devorlarga sport inshoatlarida, Toshkent metropoliten bekatlari bezakda ishlatilgan.
Bunga Toshkent shahridagi «Paxtakor», «G‘ofur G‘ulom», «Sobir Rahimov» metro bekatlarining bezaklari misol bo‘la olishi mumkin.
«Freska» - bu eng qadimgi san’at turi bo‘lib, u devorga chiziladi. Ranglarni suv bilan aralashtirib ho‘l suvoq qatlamiga ishlanishi, freskaning o‘ziga xos xususiyatlaridir.
Freska boy rang - tasvir imkoniyatlariga ega va xona ichida (intererda) bajariladi. Bunga Mikelanjeloning «Vatikandagi», «Sekstin kapella»si, Ch. Axmarovning Alisher Navoiy teatri devoriga ishlangan «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», dostoniga freskalari misol bo‘la oladi.
«Panno»ni freskadan farqi shundaki, u grunt ishlov berilgan devorga, shipga o‘rnatilgan xolstga bajariladi. Tasvirlash vositasi sifatida tempera, moybo‘yoq ishlatiladi. Mazkur kompozitsiyani bajarishda uning hajmi, tomoshabinning uzoq masofada turib ko‘ra olishini hisobga olish lozim.
Vitraj - qadimgi mahobatli bezak san’at turidir. U o‘zidan yorug‘ o‘tkazuvchi rangli shishalardan yasalgan naqsh yoki mavzuli kompozitsiya.
Rangli shishalarni yuksak mahorat bilan tanlab metal simlar bilan bog‘lanadi. Vitraj asosan deraza, eshik va boshqa xonalarda joylashtiriladi u xonaga chiroy beradi.
Keyingi paytlarda vitraj inter’erda, kafe, maktab xonalarida keng qo‘llanmoqda.
Devorlarga ishlangan barcha mahobatli kompozitsiyalar uy me’morligi bilan bog‘langan bo‘lishi kerak, hamda go‘zallik, uyg‘unlik, yaxlitlik o‘z aksini topishi kerak.
Yuqorida qayd etilgan tamoyillar «monumental» san’atning kompozitsiyasini tashkil etadi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin