Ro‘zixon djalilova tasviriy san’at kompozitsiyaning shaxs ma’naviyatidagi o‘rni



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə18/70
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#191725
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   70
ka 3 монография 2023 21. lotin

Malik Nabiev 1916-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Malik Nabiev tasviriy san’atning ilk saboqlarini rassom Bahrom Hamdamiydan olgach, ustoz maslahatiga binoan rassomlik bilim yurtiga o‘qishga kiradi. 1937-yili Toshkent badiiy texnikumini, so‘ngra Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining badiiy grafika fakultetini tamomlagan. Ijodining ilk davrida M. Nabiev portret navis rassom sifatida tanilgan. U turli mavzuda kompozitsiyalar yaratgan. Rassomning «Oilaviy kontsert» va boshqa suratlarida hayot hodisalari ko‘p tomonlama va mazmundor qilib tasvirlangan. 30-yillarda yaratgan «O‘zbek» portreti, «Tikuvchi», «Qo‘zg‘olon bostirildi» asarlari Nabievni muxlislarga iste’dodli yosh rassom sifatida tanitdi. Ijodiy izlanishda davom etgan rassom ustozlari Benkov, Tatevosyanlardan tasvir sirlarini o‘rgandi.
M. Nabiev ko‘proq nafis san’atning tarixiy janrida mo‘yqalam tebratayotgan rassomlardandir. Yoshligidan tarixiy mavzularga qiziqqan rassom o‘qiganlarini suratlarda aks ettirishga harakat qiladi. Uning «Spitamen qo‘zg‘aloni», «Muqanna qo‘zg‘aloni», «Hosilning yo‘q qilinishi», «Jizzaxdagi 1916-yilgi qo‘zg‘alon» deb nomlangan suratlari shular jumlasidandir. Rassom ozodlik uchun bo‘lgan xalq qo‘zgo‘lonlari mohiyatini ochib beradi. Bu borada, rangtasvirchi rassom M. Nabiev avloddan-avlodga hikoya qilinib kelinayotgan tarixiy voqealarni astoydil o‘rganib, ularni jonli ranglarda tasvirlashga muvaffaq bo‘lgan.
Ana shunday asarlardan birida Iskandar Zulqarnaynga qarshi jang qilgan so‘g‘diylar qahramoni Spitamen aks etgan. Asar o‘zining uslubi, kompozitsion tuzilishi jihatidan boshqa tarixiy asarlardan ajralib turadi. Unda ishlatilgan qizil, sariq, yashil, ko‘k bo‘yoqlar gammasi rassomga asarning mazmunini, uning g‘oyasini ochishga yordam bergan. Qo‘zg‘alon mavzusida yaratgan manzaralarida xalqning g‘alabaga, ozodlikka bo‘lgan intilishlarini obrazli tarzda aks ettirishga harakat qiladi.
M. Nabiev ijodida buyuk siymolar portretlari alohida o‘rin tutadi. 1949-yili Abu Rayhon Beruniy vafotining 900 yilligi munosabati bilan ulug‘ mutafakkir portretini yaratish uchun katta tanlov e’lon qilingandi. Unda respublika rassomlari qatori boshqa respublikalar mo‘yqalam ustalari ham qatnashib, 80 ga yaqin asar tanlov hayoti e’tiboriga havola etildi. Nabiev yaratgan «Beruniy» portreti yuksak baholandi. Rassom etuk san’atkorlar qatoridan o‘rin oldi. Bu portretni yaratish ijodkor uchun mashaqqatli va sharafli edi. Chunki Beruniy qiyofasini ifoda etadigan hech qanday ma’lumot va tasviriy material yo‘q edi. Abu Rayhon Beruniy o‘z zamonasining turli fanlarini, birinchi navbatda, astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya mineralogiya asoslarini puxta bilgan, bu fanlar taraqqiyotiga muhim xissa qo‘shgan buyuk qomusiy olim edi. Uning ko‘p qirrali ilmiy va insoniy qiyofasini tasvirlash rassomdan juda katta mehnat va mahoratni talab etardi. M. Nabiev ko‘p izlandi, sharqshunos olimlarning fikr-mulohazalariga tayanib, fakt va ko‘rsatmalar asosida Beruniy yashagan tarixiy davrni o‘rgandi, X—XI asrlar Xorazm tangalaridagi shohlar rasmi bilan tanishdi va, nihoyat, Beruniy obrazini suratda aks ettirdi. Nabiev shundan keyin ham buyuk olimning qiyofasini yaratishdagi izlanishlarini to‘xtatmadi. 1973-yili Beruniy tavalludining 1000 yilligi munosabati bilan yaratgan portretida ulug‘ siymoning yaxlit obrazini gavdalantirdi. Rassom Abu Rayhon Beruniyni kamtar va sodda kishi sifatida tasvirlaydi. Uning ko‘zlarida donolik, idrok va ijodiy g‘ayrat ko‘rinib turibdi. Bu portret ikkinchi marotaba ham tanlov g‘olibi bo‘ldi va YuNESKOning «Kurer» jurnali muqovasida, xorijiy mamlakatlarning ko‘pgina jurnal, gazetalarida hamda otkritka, marka, plakat tarzida bir necha bor nashrdan chiqarildi.
Musavvirning yutuqlaridan yana biri u yaratgan buyuk shoir, adib, faylasuf va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur obrazidir. Bobur obrazini yaratish uchun rassom Afg‘oniston, Xindistonda va boshqa bir qancha xorijiy mamlakatlarda bo‘ldi. Bobur yashagan, ijod qilgan, jang qilgan joylarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. M. Nabiev Bobur she’riyati bilan chuqir tanishib, uning hayotini mukammal o‘rganib, shoirning navqiron va to‘laqonli portretini yaratdi. 1968-yili Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy portretlarini chizib, san’at muxlislari e’tiboriga havola qildi. Bu portretlarning har biri o‘ziga xos harakteri va yaratilish uslubi bilan ajralib turadi.
Keyingi yillarda M. Nabiev ijodida tarixiy mavzular bilan bir qatorda, zamonaviy mavzularda portret asarlari ham paydo bo‘ldi. Rassom yaratgan «Sut sog‘uvchi», «Samarqandlik qiz», «Bog‘bon» portretlari obrazlarining hayotiyligi va tasvirning tiniqligi bilan ajralib turadi. Ijodkor AQSh, Marokash, Xindistonda, Gretsiya, Italiya, Ispaniya, Frantsiya va boshqa bir qancha mamlakatlarga qilgan safarlari natijasida ularning hayotini aks ettiruvchi bir qator asarlar yaratdi.
Tasviriy san’atda tarixiy shaxslar obrazini yaratish borasida rassom Malik Nabievning, ayniqsa, sohibqiron Amir Temur obrazi diqqatga sazovordir. Taqdir taqozosi bilan 1941-yil iyun oyida Amir Temur dahmasi, so‘ngra Mirzo Ulug‘bek va Bibixonim qabrlari ochilganligi ma’lum. Biroz vaqt o‘tgandan so‘ng qabrdan topilgan ashyolar, jumladan, sohibqironning bosh suyagi ham Toshkentdagi O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyiga olib kelingan. Bu haqda musavvir shunday hikoya qiladi: «M. Gerasimov muzey binosida jahongirning bosh suyagi asosida haykal portret ishlashni boshlab yuboradi. Men bu jarayonni o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. O‘sha 1941-yildan buyon ulug‘ sarkarda siymosini yaratish niyati meni bir daqiqa ham tark etgani yo‘q». Ellik yildan ortiq vaqt ichida Amir Temur obrazini har tomonlama o‘rganish uchun olib borgan tadqiqotlari, izlanishlari haqida quyidagilarni so‘zlab berdi:
«Shu davr ichida Amir Temur haqida ko‘plab asarlar bilan tanishdim. Mavjud miniatyuralarni, qaerda bo‘lmasin, imkoniyat darajasida qidirib topdim. Men Xindistonning Kalkutta, Bombay shaharlaridagi muzeylarda, Eronning Tehron, Isfaxon, Turkiyaning Istambul, Ko‘nya, Izmir va boshqa shaharlarida, Angliyaning «Britaniya» muzeyida, Frantsiya, Ispaniya kabi mamlakatlar muzeylarida saqlanayotgan miniatyuralarning asl nusxalarini ko‘rishga muvaffaq bo‘ldim. Ularda Amir Temur turlicha tasvirlangan. Xindistonning Bobur miniatyuura maktabi, Bexzod (Hirot) miniatyura maktabi vakillari chizgan Amir Temur qiyofasi bir-biridan tubdan farq qiladi. Istambul muzeyidan joy olgan Temur portreti ham butunlay boshqacha.



Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin