Ro‘zixon djalilova tasviriy san’at kompozitsiyaning shaxs ma’naviyatidagi o‘rni



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə14/70
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#191725
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70
ka 3 монография 2023 21. lotin

kompozitsiya



Лотинча”compozito”



Kompozitsiya qonunlari va uslublarini tasvirlash





Rangtasvir kompozitsiya qonun va qoida usullari: simmetrya,asimmetriya,dinamika,ritim.
Rangtasvir kompozitsiya qonunlari, hajm, «dog‘», oraliq harakter nusxa, tafakkur, mahorat, ijodiy g‘oya, qarama-qarshi ranglarni o‘zaro bog‘liqligi.
Rangtasvir kompozitsiya nazariyasi masalalari va uni «Uyg‘onish davri»dagi o‘qitish metodlari.





Rangtasvir kompozitsiya qonun va qoida usullari: simmetrya,asimmetriya,dinamika,ritim.
Rangtasvir kompozitsiya qonunlari, hajm, «dog‘», oraliq harakter nusxa, tafakkur, mahorat, ijodiy g‘oya, qarama-qarshi ranglarni o‘zaro bog‘liqligi.
Rangtasvir kompozitsiya nazariyasi masalalari va uni «Uyg‘onish davri»dagi o‘qitish metodlari.







Tasviriy san'at tur va janrlariga
ilmiy yodoshgan
musavvir olimlar

Portret,animal,tarixiy,manzara batal kompozitsiya




Amaliyotda kompozitsiyaning zarur usullari mavjud, yaxlitlik qonuni, o‘xshatish, kontrast qonun vositalari mazmuni va g‘oyaga bo‘ysinish asosiy qonunlari hisoblanadi.
Bu qonunning belgilari E. Kibrikning kitobida to‘la va chuqur analiz qilib berilgan. Kompozitsiyada yaxlitlik belgisi qonuniga rioya qilinganligi sababli, san’at asari bo‘linmas bir butun bo‘lib ko‘rinadi. Kompozitsiya yaxlitligi elementlari shakl, hajm, «dog‘», oraliq xarakter nusxa, imo-ishora bilan
ifodalanadi.MisoltariqasidaI. Repinning «Kresteyxodv Kurskoy gubernii» kartinasi birqarashdayaxlit«dog‘»shaklida ko‘rinadi. Kompozitsiyadagi omma - haloyiq tasviri diognal joylashgan bo‘lib, kartinani to‘rt burchagini bog‘lab turadi. Kartinada nihoyatda ko‘p sonli haloyiq jamoa tasvirlangan bo‘lib, har bir kishi xarakteri, salbiy ijobiy obrazlar orqali va sinfiy qarama - qarshiliklar, xulosasi rus jamiyati o‘z ifodasini topgan. Kompozitsiya haqiqat qonuni- asosan uchta belgi bilan ifodalanadi. Birinchi belgi bu badiiy asarda sodir bo‘layotgan voqeaning o‘ziga xosligi. A. Savrasovning «Qora qarg‘alar uchib keldilar», I.Levitanning «Oltin kuz», A. Kuindjining «Qayinzorda», A.Rilovning «Havo rang kenglikda» manzaralarida mazmun, nafosat, bilan birga rus tabiatini o‘ziga xos obrazi tasvirlangan. Ayniqsa ko‘p figurali kompozitsiya mavzudagi personajlarni har xil holatda aks ettirilgan I.Repinning «Kutilmagan edi» asarida tomoshabin faqat personajlarni tasvirlangan holatini emas, balki ular hibsdan qaytgan erini tasodif ko‘rishdan oldin nima ish bilan band, qanday holatda ekanligini tasavvur qiladilar. Keksa onasi royal chalishni to‘xtatib, kresloni chetga surib, o‘g‘lini qarshi olishga o‘girilgan. Keyinchalik kutilmagan, uchrashuv, natijada qalbni to‘lqinlantirib ko‘zlari quvonch yoshlariga to‘la holatga aylanadi. Bu erda bo‘layotgan kulminatsion daqiqa hayotiy voqeani mavzu bilan bog‘lovchi harakatdagi vositadir. Yu. Pimenev «Yangi Moskva», «Ertangi ko‘chalarda to‘y» asarida ko‘z oldimizda o‘zgarayotgan harakatdagi zamonaviy shahar hayotini ko‘rsatgan. To‘y marosimini yo‘nalishida kelajak hayotga shahdam qadam tashlayotgan xalqlarning holatidir. Kompozitsiya qonunning uchinchi belgisi bu - yangilikdir. Realistik san’at haqiqatni to‘g‘ri ifoda etib qolmay, rassom his tuyg‘ularini, estetik go‘zallikni, tasavvurni jozibali tarannum etadi.
Badiiy obrazdagi estetik sifatlar, kompozitsiya echimidagi yangiliklar rassom tomonidan kashf etiladi. Estetik kashfiyotlarni o‘lmas asarlarida, A.Deyneka, A. Plastov, K.Yuon asarlarida kompozitsiya tuzilishining badiiy vositalaridan mavzuda yangilik tushunchasini ko‘ramiz. «Novizna» yangilik oqimini biz A.Kuindjining «Qayinzorlar», V.Polenovning «Moskvadagi hovli», manzarasida ko‘ramiz. Kompozitsiyaning asosiy qonunlaridan biri kontrastlik qonunidir. Leonardo da Vinchi «Rangtasvir qonunlari» ilmiy asarida o‘lcham qarama-qarshiligi haqida, katta-kichik, past-baland, yupqa-qalin, xarakter, faktura, materiallar kontrasti to‘g‘risida yozadi. Mikelanjelo tekislikdagi hajm kontrastlariga ko‘p ahamiyat beradi. Inson predmetlar shaklini faqat soya va yorug‘ kontrastik orqali sezadi va o‘z ongiga singdiradi.
Portret janrida rassomlar qadimdan «ton kontrasti»dan foydalanib, yorug‘ figurani tasvirlashda to‘q fondan foydalanganlar. XIX asarda san’at ustalari portretni yorug‘ fonda tasvirlay boshladilar. V.Serovning «Shaftolilik qiz» portretida, yuzi to‘q tusdagi qiz, engil yorug‘ deraza fonida tasvirlangan.
Rangtasvirda kontrast qarama-qarshi issiq va sovuq ranglar mavjud. Qarama-qarshi ranglar bir-biriga yonma-yon tursa, ranglar kuchi ko‘yadi.
Qizil-yashil, ko‘k zargaldoq, oq-qora va hakozo. Kompozitsiyaning tuzilishida «Psixologik kontrastlar» ham mavjud. Iogansonning «Eski Ural zavodida» kartinasida erga engashib o‘tirgan ishchini yangi qimmat baho libosda turib, sinchiklab kuzatayotgan fabrika egasiga qarama-qarshilik qonuni kuchli tasvirlab berilgan. San’at asarlarini tahlil qilganimizda, kompozitsiya qoida va usullari o‘z mohiyatini asta-sekin yo‘qotib, yangi kompozitsiya qoidalari paydo bo‘la boshladi. Badiiy asar yaratishda rassomlar tabiiy va ongli ravishda kompozitsiya qonunlariga rioya qilishadi. Har bir ijtimoiy-jamiyat san’at oldida yangi zamonaviy vazifalarni ko‘ndalang qo‘yadi.
Hozirgi vaqtda biz kompozitsiyani nazariy asoslarini ikki guruhga ajratamiz.
1. Kompozitsiya qonunlari.
2.Kompozitsiya qoida va usullari
Kompozitsiyaning asos yunon tilidan olingan bo‘lib, "oqaman" ma’nosini anglatadi.iy usullaridan biri ritmni ifodalash, kompozitsiya mavzusi markazini aniqlash, simmetrik yoki assimetrik holati, massani ikkinchi holatidagi kenglikdagi asosiy qurilmasini joylashtirish.
Ritm -Tasviriy san’atda asarning ifodaviylik vositalaridan biri hisoblanib, u asarning tomoshabinga estetik ta’sirini kuchaytirishga yordam beradi.
Suratdagi detallarning, ularning shakllarini, ranglarining, o‘lchamlarini qaytarilib yoki almashinib kelishi ritmni hosil qiladi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin