1.2.Tasviriy san’atga ilmiy bilish sintez asosida ijodiy yondashuv. Tasviriy san’at bir badiiy asar yoki yaxlit ansamblni yaratishda turli san’atlar va san’at asarlarining o‘zaro uzviy bog‘lanishi; insonning moddiy va ma’naviy muhitini estetik jihatdan tuzishga xizmat qiladi. San’at saroyi. to‘shunchasi sifat jihatdan yangi badiiylik yaratishni nazarda tutadi. San’at saroyida har biri o‘zining cheklangan ifoda va tasviriy imkoniyatiga ega bo‘lgan san’atlar birlashuvi natijasida ifodasi beqiyos yangi badiiy asar yuzaga keladi. Badiiy asar g‘oyasi, obraz va kompozitsion butunligi, makon va zamonni yaratishdagi umumiy ishtirok zamonaviy maxobatli me’moriy arxitektura m san’at saroyi ansabili misolida namoyon etadi.
Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo‘lsa, so‘z san’ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarning esa inson ruhining muhandislari, deb ta’riflanishi bejiz emas albatta. Xalqimiz orasidan mana shu g‘oyat mashaqqatli sohaga butun hayoti va noyob iste’dodini bag‘ishlab, adabiyotimiz xazinasidan munosib o‘rin egallagan o‘lmas asarlar yaratgan buyuk so‘z san’atkorlarlarni barchasining nomlarini zikr etish, albatta, ko‘p vaqtni talab qilgan bo‘lur edik. Etishib chiqqani bilan barchamiz haqli ravishda faxrlanamiz.Adabiyot, so‘z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo‘lib keladi. Xususan,O‘zbekiston yangi tarixi yurtimizda ma’naviyatimiz shu g‘oyat muhim va uzviy qismi bo‘lgan yangi milliy tasviriy san’at adabiyotni rivojlantirish, shoir va yozuvchilarimizmiig ezgu mehnatini qadrlash va munosib rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘z hosilini berayotgani, badiiy adabiyotimiz mavzular ko‘lami jihatdan ham, janrlar nuqtai nazaridan ham rang-barang bo‘lib borayotgani, adabiyot maydonida yangi-yangi nomlar paydo bo‘layotgani kitobxon xalqimizni albatta quvontiradi. Bularning barchasi milliy tiklanish jarayonlari qalam ahlining ijodiy izlanishlari uchun qanday katta ufqlar ochib berganini yana bir bor ko‘rsatadi. Deylik, hozirgi paytda tarixiy mavzuni yoritishda Imom Buxoriy yoki Imom Termiziy Jaloliddin Manguberdi yoki Amir Temur siymosini yaratish, olis va yaqin o‘tmishimizning hali ochilmagan sahifalarini aks ettirish buyuk ajdodlarimizning ibratli hayot yo‘li tasvirlangan ko‘plab asarlar dunyoga kelmoqda. Hammamiz yaxshi tushunamiz-adabiyotda tarixiy haqiqatni tiklash bilan birga, xalqimizlish matbuot, axborot va tarmoqlari, jumladan, televidenie
va radio sohasida xizmat qilishga o‘zini bag‘ishlagan, etuk mutaxassis bo‘lishga ahd qilgan va bu sohada o‘z kelajagini ko‘rmoqchi bo‘lgan ommaviy axborot vositalari xodimlarining faoliyat mezoniga aylanishi zarurligini barchamiz yaxshi anglaymiz.Bugungi kunda har qaysi matbuot xodimi kasb mahoratini egallash bilan birga, o‘z hayotiy printsiplariga ham ega bo‘lishi, haqiqat uchun kurashishga intilishi, shu yo‘lda qat’ian va shijoat ko‘rsatishi, lo‘nda qilib aytganda, vijdon amri bilan yashashini zamonning o‘zi talab qilmoqda. Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo‘lsa, so‘z san’ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarning esa inson ruhining muhandislari, deb ta’riflanishi bejiz emas albatta.
Xalqimiz orasidan mana shu g‘oyat mashaqqatli sohaga butun hayoti va noyob iste’dodini bag‘ishlab, adabiyotimiz xazinasidan munosib o‘rin egallagan o‘lmas asarlar yaratgan buyuk so‘z san’atkorlari ularni barchasining nomlarini zikr etish, albatta, ko‘p vaqtni talab qilgan bo‘lur edi. Etishib chiqqani bilan barchamiz haqli ravishda faxrlanamiz.Adabiyot, so‘z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo‘lib keladi. Xususan, mustaqillik yillarida yurtimizda ma’naviyatimiz ishig‘oyat muhim va uzviy qismi bo‘lgan adabiyotni rivojlantirish, shoir va yozuvchilarimizmiig ezgu mehnatini qadrlash va munosib rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘z qosilini berayotgani, badiiy adabiyotimiz mavzular ko‘lami jihatdan ham, janrlar nuqtai nazaridan ham rang-barang bo‘lib borayotgani, adabiyot maydonida yangi-yangi nomlar paydo bo‘layotgani kitobxon xalqimizni albatta quvontiradi.O‘zbekiston yangi tarixida barchasi milliy tiklanish jarayonlari qalam ahlining ijodiy izlanishlari uchun qanday katta ufqlar ochib berganini yana bir bor ko‘rsatadi. Deylik, hozirgi paytda tarixiy mavzuni yoritishda - bu Imom Buxoriy yoki Imom Termiziy bo‘ladimi, Jalolidin Manguberdi yoki Amir Temur siymosini yaratish bo‘ladimi, olis va yaqin o‘tmishimizning hali ochilmagan sahifalarini aks ettirish bo‘ladimibuyuk ajdodlarimizning ibratli hayot yo‘li tasvirlangan ko‘plab asarlar dunyoga kelmoqdaHammamiz yaxshi tushunamiz adabiyotda tarixiy haqiqatni tiklash bilan birga, xalqimizadiblarimizdan bugungi kunimiz haqida, zamonamiz qahramonlari haqida yangi-yangi asarlar kutayotgani tabiiydir. Keyingi yillarda ana shunday ruh bilan yo‘g‘rilgan bir qancha she’riy asarlar paydo bo‘layotganini mamuniyat bilan ta’kidlash joiz.Ishonamizki, yozuvchi va dramaturglarimiz ham bugungi avlodlarning fidokorona mehnati, bunyodkorlik salohiyati, zamondoshlarimizning ma’naviyruhiy dunyosi, hayotga kirib kelayotgan va hal qiluvchi kuchga aylanayotgan yoshlarimizning pok orzuintilishlari o‘ziiing teran badiiy ifodasini topgan yangi asarlar bilan xalqimizni xushnud etadilar.
Bugungi kunda xalqaro hamjamiyat safidan munosib va mustahkam o‘rin egallab borayotgan O‘zbekistonimizga, uning tarixan qisqa davrda qo‘lga kiritgan ulkan marralariga, elyurtimizning ma’naviy ildizlari, urf-odat va an’analariga, bir so‘z bilan aytganda, o‘zbek xarakteri, o‘zbek tabiatiga butun dunyoda qiziqish va hurmat tobora ortib bormoqda. Tabiiyki, o‘zoq-yaqindagi xorijiy do‘stu birodarlarimiz, jahon jamoatchiligi eng avvalo bizning zamonaviy tasviriy san’at asarlari nazariy-amaliy adabiyotimiz va san’atimiz orqali o‘zlarini qiziqtiradigan ana shunday savollarga javob topishni istaydi.
Keyingi yillarda milliy adabiyotimizningeng yaxshi namunalarini chet tillarga tarjimaqilish va shu asosda xalqimizning hayot tarzi vainsoniy fazilatlarini keng namoyish etish boshlagan rasimda ham katta imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda. Xozirgi kun tasviriy san’at o‘zbek adabiyotining namunalarini boshqa tillarga tarjima qilish asosan uchinchi til, ya’ni rus tili orqali amalga oshirilarmoqda . Bu borada qilingan katta ishlarii munosib baholagan holda, endilikda adabiyotimizning eng etuk asarlarini bevosita ona tilimizdan g‘arb va sharq tillariga tarjima qilishga qaratilgan ishlarni kuchaytirishimiz zarur. Buning uchun xorijiy tillarni, adabiyot va badiiy tarjima san’atining nazariy va amaliy jihatlarini har tomonlama puxta egallagan mutaxassislarni tayyorlash imkoniyatlari bizda mavjud. Uzoq yillar davomida tasviriy san’at o‘zbek adabiyotini to‘g‘ridan to‘g‘ri ona tilimizdan tarjima qilib kelgan chet ellik tarjimonlar bilan birga, mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan iste’dodli o‘g‘il-qizlarimizni mana shu mashaqqatli, ayni paytda olijanob ishga jalb etish, bu masalaning echimi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan tashkiliyamaliy vazifalarni hal qilishimiz maqsadga muvofiq bo‘lur edi. Nega deganda, ulug‘ adib Cho‘lpon aytganidek, adabiyot yashasa -millat yashaydi.
Insonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga musiqa san’atisiz erishib bo‘lmaydi. Xalqimiz hayotida musiqa azaldan beqiyos o‘rin tutib keladi. Samarqand yaqinidagi Mo‘minobod qishlog‘idan 3 ming 300 yil muqaddam suyakdan yasalgan nay cholg‘usi topilgani ham shundan dalolat beradi.Musiqa sadolari qaysi xalqyoki millat vakili tomonidan ijro etilmasin, eng ezgu, yuksak va nozik insoniy kechinmalarni ifoda etadi. Mashhur tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy o‘zining «Zafarnoma» kitobida Amir Temur davrida o‘tkazilgan musiqiy anjumanlar haqida to‘xtalib, «Yaxshi ovozli xonandalar kuylashni boshlab, g‘azalu naqsh aytur erdilar. Va turku mo‘g‘ul, xitoyu arab va ajamdin har kim o‘z rasmi bilan nag‘ma aytur erdi», degan ma’lumotlarni keltiradi.Mustaqliik yillarida, ulug‘ bobolarimizning ana shunday an’analarini davom ettirgan holda, mamlakatimizda musiqa san’atini keng rivojlantirishga qaratilgan dastur va rejalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mumtoz musiqiy merosimizni asrabavaylash va o‘rganish, uni yosh avlodlarga bezavol etkazish maqsadida ko‘tshab ko‘rik-tanlovlar, nufuzli xalqaro musiqa anjumanlari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Barchamizga ayonki, kuy-qo‘shiqqa, san’atga muhabbat, musiqa madaniyati xalqimizda bolalikdan boshlab, oila sharoitida shakllanadi. Uyda dutor, doira yoki boshqa cholg‘u asbobi bo‘lmagan, musiqaning hayotbaxsh ta’sirini o‘z hayotida echmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda topish qiyin, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Eng muhimi, bugungi kunda tasviriy san’at, musiqa san’ati navqiron avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topishida boshqa san’at turlariga qaragaida ko‘proq va kuchliroq ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bu masalada ayniqsa yoshlar qalbini o‘ziga har tomonlama jalb etadigan estrada san’atining ahamiyati beqiyos ekanini barchamiz yaxshi tushunamiz.
Aytish mumkinki, o‘tgan asrning boshlarida ilk namunalari paydo bo‘lgan o‘zbek estradasi istiqlol yillarida sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Bunday natijalarga erishishda milliy va umumbashariy musiqa san’ati yutuqg‘ini, jahon estradasining eng yaxshi namunalarini o‘rganish bo‘yicha katta imkoniyatlar ochilgani, bu soha rivojiga ko‘rsatilayotgan doimiy e’tibor, yosh iste’dodlarning o‘zini namoyon etishi uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar muhim rol o‘ynamoqda. Biz estrada san’atining bugungi va ertangi rivoji haqida so‘z yuritar ekanmiz, avvalambor «milliy estrada» degan iboraning ma’nomazmuniga alohida e’tibor berishimiz, uni har qanday begonalar ta’sirdan, ayniqsa, «ommaviy madaniyat» ruhidagi oqimlar ta’siridan himoya qilishimiz tabiiy, albatta. Bu haqda gapirganda, bir holatni afsus bilan aytishga to‘g‘ri keladi. Ayrim yosh ijrochi va ijodiy guruhlarning jamoatchilik e’tiboriga taqdim etayotgan «asar»lari san’atning hech qanday talab va mezonlariga javob bermaydi. Nafaqat mavzu va musiqa, ijro usullari, balki sahna harakatlarida ham ochiqdanochiq ajnabiy «ommaviy madaniyat» ko‘rinishlariga taqlid qilish, «yulduzlik» kasaliga chalinish hrlatlari tez-tez uchrab turayotgani chinakam san’at muxlislarini ranjitmasdan qolmaydi, albatta.Ayniqsa, bizning milliy an’analarimizga, axloq-odob qoidalariga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan kliplar, turli tillardagi so‘zlarni qorishtirib yoki talaffuzni ataylab bo‘zib aytish kabi nomunosib harakatlarni ayrim yosh ijrochilar o‘zi uchun qandaydir yangicha uslub deb bi-layotgani, menimcha, san’atni, uning mohiyati va ahamiyatini tushunmasliqdan boshqa narsa emas. Madaniy jamoatchiligimiz, avvalambor musiqashunos olimlar, ustoz san’atkorlar, kompozitorlar, yozuvchi va jurnalistlar, ko‘p sonli san’at ixlosmandlari bunday masalalar yuzasidan o‘z fikrini ochiq bildirib borishi, shu tariqa yoshlarimizga to‘g‘ri tarbiya berishimiz ham qarz, ham farz, deb o‘ylayman.
Biz uchun axloqiy jihatdan noma’qul, milliy qadriyat va qarashlarimizga yot bo‘lgan, lekinkin hozirgi vaqtda hayotimizga kirib borayotgan mana shunday ko‘rinishlarni bamisoli yuqumli kasallik deb qabul qilishimiz lozim. Va ayni shu asosda bunday xurujlarning o‘ta xavfliholat ekanini anglashimiz zarur.Nega deganda, agar insonning qulog‘i engilelpi, tumtaroq ohanglarga o‘rganib qolsa, bora-bora uning badiiy didi, musiqa madaniyati pasayib ketishi, uning ma’naviy olamini soxta tushunchalar egallab olishi ham hech gap emas. Oxir-oqibatda bunday odam «Shashmaqom» singari milliy merosimizning noyob durdonalarini ham, Motsart, Betxoven, Bax va Chaykovskiy kabi dunyo tan olgan buyuk kompozitorlarning asarlarini ham qabul qilishi qiyin bo‘ladi.
Bunday holatlarning oldini olish uchun san’atkorlar orasida sog‘lom ijodiy muxit tashkil qilish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy olami va madaniy saviyasini yuksaltirish, yoshlarimizning milliy va jahon musiqa madaniyatining mumtoz asarlari bilan birga, ularning kayfiyati va intilishlariga mos keladigan zamonaviy estrada san’ati namunalaridan keng bahramand bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, musiqiy ta’limni yanada rivojlantirish masalalari o‘ta muhim ahamimt kasb etadi.
Tasviriy san’at Qachonki milliy madaniyatimizning uzviy qismi bo‘lgan yoshlar qalbida tasavvur etish qiziqishini ko‘chaytirsa aloxida o‘ringa egadir.
Dekarasiya rangtasvir kompozitsiyasi rassomlarida fantaziya kuchli bulishi kerak. Xat tamonlama kompozitsiya qullash yullari, teatr san’atidagi kurinishni, badiiy g‘oyani yoritilishi, uni inson qalbiga emotsional, ta’suroti, berishi,birinchi ranglarni tug‘ri tasvirlanish katta ahamyat talab etadi.
Buyuk ma’rifatparvar Mahmudxuja Behbudiyning «Teatr - bu ibratxonadur», deb aytan fikrini eslash o‘rinlidir.Bizning milliy teatr san’atimiz tarixan juda katta yo‘lni bosib o‘tgan bo‘lib, uning qadimiy ildizlari xalq o‘yin va tomoshalariga borib bog‘lanadi. Lekin XX asrga kelib o‘zbek teatr san’ati yangitdan - yurtimiz va jahon miqyosida shakllangan, davrlar sinovidan o‘tib kelayotgan an’ana va tajribalar asosida vujudga kelgani va kamol topganini e’tirof etish zarur. Xususan, poytaxtimiz va viloyat teatrlarida namoyish etilgan dunyo sahna san’atining mumtoz namunalari o‘z vaqtida nafaqat yurtimiz, balki chet el tomoshabinlarini ham hayratda qoldirgani bu fikrni isbotlaydi. Shu bilan birga, teatr ijodkorlarimiz tomonidan yaratilgan ko‘plab milliy ruhdagi sahna asarlari xorijiy mamlakatlarda ham muvaffaqiyat bilan ijro etib kelinadi.
Ta’kidlash joizki, hozirgi vaqtda respublikamiz teatrlarida turli mavzu va janrlarda ko‘plaab spektakllar yaratilmoqda, o‘ziga xos ijodiy izlanishlar davom etmoqda.Ayni paytda teatr san’atimizda ham bugungi hayotimizni, zamonamiz qahramonlari qiyofasini har tomonlama chuqur ochib beradigan, tomoshabinni o‘ziga tortadigan, ham dramaturgiya, ham rejissura nuqtai nazaridan badiiy yuksak asarlar, afsuski, kam ekanini tan olishimiz lozim. Aksincha, real haqiqatdan yiroq, odamga katta ma’naviy oziq bermaydigan asarlar bilan 144teatrlar kassasini to‘ldirish holatlari ko‘proqko‘zga tashlanmoqda.
Albatta, hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti talablarini ham inobatga olish ksrak.Lekin yuksak badiiyat va haqqoniylik, ezgu maqsadlarga xizmat qilish ruhi bilan sug‘orilgai asarlar yaratish - barcha san’at turlari kabi bu soha uchun ham asosiy mezon bo‘lishi tabiiy. Bu maqsadga erishish uchun yosh va iste’dodli dramaturg va rejissyorlar, teatr aktyorlarini tarbiyalab voyaga etkazish ayniqsa dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Eng ommaviy san’at turi bo‘lmish kino sohasini oladigan bo‘lsak, o‘z vaqtida bu borada bizda o‘ziga xos ijodiy maktab yaratilganini mamnuniyat bilan qayd etish lozim.Shaxsan men har safar «Tohir va Zuhra», «O‘tgan kunlar», «Sen etim emassan», «Mahallada duv-duv gap» kabi mumtoz filmlarimizni ko‘rganda bu haqiqatga ishonch hosil qilaman. Mana shunday tom ma’nodagi milliy asarlar nafaqat xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga, balki uning go‘zal qadriyatlarini butun dunyoga tanitishga ham katta hissa qo‘shib kelmoqda.O‘zbek kinolari nufuzli xalqaro festivallarda sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘layotgani, albatta, quvonarlidir. Mustaqillik va Navro‘z bayramlari, «Sharq taronalari» musiqa festivaliga bag‘ishlangan asosiy tomosha va tantanalarni tayyorlash bo‘yicha teatr va televidenie rejissyorligi, badiiy-publitsistik stsena-ristlik borasida ulkan tajriba to‘plandi. Ana shu boy tajribalarni har tomonlama chuqur o‘rganish, umumlashtirish va shu asosda yosh ijodkorlarni tarbiyalash bo‘yicha zarur nazariy va o‘quv-uslubiy bazani shakllantirish, bugungi talablarga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash yuzasidan amaliy ishlarni keng yo‘lga qo‘yish bu muammolarni echish imkonini berishi shubhasiz.
Hozirgi kunda milliy ma’naviyatimiz rivojini tasviriy san’at namunalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. O‘zbek rassomlarining keyingi yillarda samarali ijod qilib, yangi-yangi yutuqlarni qo‘lga kiritayotgani, bu sohaga ko‘plab yosh iste’dod egalari kirib kelayotgani uning ravnaqi va istiqbolidan dalolat beradi. Bunday ijobiy o‘zgarishlarni monumental san’at sohasida ham kuzatish mumkin. Ma’lumki, monumental san’at deganda, avvalo katta ta’sir kuchiga ega bo‘lgan mahobatli haykallar va yodgorlik majmualarini tushunamiz. «Yurtimizda ma’naviy tiklanish va yangilanish jarayonlari boshlanishi bilan boshqa san’at turlari kabi monumental san’atda ham yangi davr boshlandi. Ushbu soha shu qadar nozik va murakkabki, unda har bir detal, hatto eng mayda bo‘lib ko‘ringan masalaga ham jiddiy e’tibor qaratish talab etiladi.
Bu haqia uzoq gapirish mumkin, lekin men faqatgina bir misol keltirish bilan kifoyalanmoqchiman. Istiqlolga erishganimizdan so‘ng biz tarixiy adolatni qaror toptirish, xalqimizning toptalib kelgan milliy g‘ururini yuksaltirish maqsadida Sohibqiron Amir Temur bobomizning nafaqat muborak nomi, boy merosi va xotirasini, ayni paytda tarixiy siymosini tiklashga mustaqillik yillarida kotta ahamiyat berilmoqda.Tasviriy san’atda tarixiy shaxslar obrazini yaratish borasida rassom Malik Nabievning, ayniqsa, sohibqiron Amir Temur obrazi diqqatga sazovordir. Taqdir taqozosi bilan 1941-yil iyun oyida Amir Temur dahmasi, so‘ngra Mirzo Ulug‘bek va Bibixonim qabrlari ochilganligi ma’lum. Biroz vaqt o‘tgandan so‘ng qabrdan topilgan ashyolar, jumladan, sohibqironning bosh suyagi ham Toshkentdagi O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyiga olib kelingan. Bu haqda musavvir shunday hikoya qiladi: «M. Gerasimov muzey binosida jahongirning bosh suyagi asosida haykal portret ishlashni boshlab yuboradi. Men bu jarayonni o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. O‘sha 1941-yildan buyon ulug‘ sarkarda siymosini yaratish niyati meni bir daqiqa ham tark etgani yo‘q». Ellik yildan ortiq vaqt ichida Amir Temur obrazini har tomonlama o‘rganish uchun olib borgan tadqiqotlari, izlanishlari haqida quyidagilarni so‘zlab berdi:«Shu davr ichida Amir Temur haqida ko‘plab asarlar bilan tanishdim. Mavjud miniatyuralarni, qaerda bo‘lmasin, imkoniyat darajasida qidirib topdim. Men Xindistonning Kalkutta, Bombay shaharlaridagi muzeylarda, Eronning Tehron, Isfaxon, Turkiyaning Istambul, Ko‘nya, Izmir va boshqa shaharlarida, Angliyaning «Britaniya» muzeyida, Frantsiya, Ispaniya kabi mamlakatlar muzeylarida saqlanayotgan miniatyuralarning asl nusxalarini ko‘rishga muvaffaq bo‘ldim. Ularda Amir Temur turlicha tasvirlangan. Xindistonning Bobur miniatyuura
maktabi, Bexzod (Hirot) miniatyura maktabi vakillari chizgan Amir Temur qiyofasi bir-biridan tubdan farq qiladi. Istambul muzeyidan joy olgan Temur portreti ham butunlay boshqacha tasvirlangan. Xar bir ijodkor tarixiy shaxs obrazini yaratishida tarixiy manbalarni chuqur o‘rganib o‘z asarini tasvirlaydi .