Ro‘zixon djalilova tasviriy san’at kompozitsiyaning shaxs ma’naviyatidagi o‘rni



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə9/70
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#191725
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   70
ka 3 монография 2023 21. lotin

Kitobga illyustratsiya tasviri. Adabiy asarga qarab ilmiy, ommabop, xujjatli, badiiy bo‘lishi mumkin. Illyustratsiya grafikasi yaqin masofadan ko‘rishga mo‘ljallangan. Kitob mazmuniga qarab tasviriy vositalardan foydalanish mumkin (tush, grafit, qalam, akvarel va hokazo). Adabiyot obrazlar rassom qanday yo‘nalishda va texnikada tasvir bajarish kerakligini belgilaydi.
Bir kitobda qalamtasvir, soya - yorug‘, shakl, havo perespektivasi vosita bo‘lsa, ikkinchisida ertak mavzusi odam va hayvon, o‘simliklarni dekorativ tema usulida ifodalashi mumkin. Misol sifatida Bilibinning «Qurbaqa malika» ertak kitobining bezagini keltirish mumkin.
Kitob muqovasidan Bilibin rus xalq naqshlaridan foydalanib, baliqlar, suv parilari tasvirini ritm qaytarilishida ustalik bilan tasvirlagan. Muqova o‘rtasida eski rus harfida sarlovhasi joylashtirilgan «Shrift» harakteri dekorativ tasvirga mos tushgan. Ertak illyustratsiyalari ornament shaklida tasvirlangan.
O‘zbek kitob grafika san’atining rivojlanishi XX asr 40-50 yillariga to‘g‘ri keladi. Kitob grafikasining ko‘zga ko‘ringan keksa vakillari V. Kaydalov, I. Ikromovsamarali ijod qildilar.
V. Kaydalovning «O‘zbek antalogiyasi», «Oygul bilan Baxtiyor», kitobiga. I.Ikromovning «O‘zbek lirikasi», M. Shchirovskiyning «Ming bir kecha» kitoblariga ishlangan bezaklari kitob grafika san’atini olamga tanitdi.
Ularning an’analarini davom ettirib Q. Basharov dastgohli va kitob grafikasi sohasini ko‘plab bezaklar yaratib samarali ijod qilib kelmoqda. Uning «O‘zbek xalq ertaklari»ga ishlangan bezaklari maqtovga sazovordir. Keyingi paytda T.Muhamedov, A.Tsiglintsev, D.G‘ulomov, M.Kagarov, I.Vaxitov kabi iste’dodli grafika san’ati rassomlari, o‘zlariga xos usuldagi sermazmun ijodlari bilan o‘zbek kitob grafikasi san’atini rivojlanishiga o‘z xissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
Grafika san’atining rivoji so‘nggi o‘n yil mobaynida turlicha kechdi. 1980-1990-yillar boshida bosma mahsulotlar hajmining kamayib ketishi mashhur grafik-rassomlar M. Kagarov, Q. Basharov, M. Sodiqov,
F. Qambarova, G‘. Boymatovlar ijodiy yo‘nalishlarining o‘zgarishi, hatto, ularning rangtasvir bilan shug‘ullanishlariga olib keldi.
Shunga qaramasdan dastgohlik grafika san’ati rivoji ilgarigi ko‘lamda bo‘lmasada, har holda davom etmoqda. Rassomlar suv bo‘yoq, chizmatasvir, linogravyura, ofort texnikasida ishladilar. Ularning ko‘pchiligi badiiy ko‘rgazmalarda o‘z asarlari bilan ishtirok etdilar.
1990-yillar oxiriga kelib O‘zbekiston grafika san’atida sezilarli ijodiy yuksalishlar ro‘y berganligi ta’kidlanadi. Badiiy ko‘rgazmalar jarayoni, shuningdek, grafik asarlarga nisbatan tomoshabinlarning qiziqishlari bundan dalolat beradi. San’atning bu turining jadal rivojlanishi ko‘rgazmalarda tez-tez ishtirok etishlar bilangina emas, rassomlarning grafikaga butunlay boshqacha tarzda yondashishlari bilan ham bog‘liqdir. Undan tashqari grafikaning o‘ziga xos imkoniyatlari ham bu o‘rinda katta ahamiyat kasb etdi, deyish mumkin. Grafika san’ati haqidagi odatdagi tasavvurlarni rad etgan holda butunlay yangi shakl va badiiy uslublar vujudga keldi. Bunga misol qilib M. Kagarov ijodini keltirsak bo‘ladi. Rassom so‘nggi o‘n yil davomida moybo‘yoq texnikasida klassik realistik grafikadan uzoqlashib, «monogriniy» texnikasida kollaj yoki applikatsiyani eslatuvchi «Ibodatxonaga yo‘l» (1997), «Qayta tirilgan Orol» (1999) kompozitsiyalarini yaratdi. Bu mavhum kompozitsiyalarda grafik chiziqlar emas, balki rangtasvirga xos yondashish ustunlik qiladi.
G‘.Boymatov 1990-yillarda suv bo‘yoq texnikasida faol va sermahsul ijod qildi. Uning asarlari noan’anaviy suvbo‘yoq texnikasida ishlanishi, zaruriy ahamiyatli yangi texnik echimlarni qidirishga undashi bilan uning asarlari kishi diqqatini jalb qiladi. Bunday asarlar sirasiga «O‘rta Osiyoning qadimgi tangalari» (1997), «Urgutda to‘y» (1996), «Ming bir kecha» (1997) kompozitsiyalarini kiritish mumkin.
Taniqli grafik rassom L. Ibragimov 90-yillarda grafik va rangtasvir asarlarida o‘zbek va uyg‘ur folkloridagi epik va lirik obrazli kompozitsiyalar yaratishni davom ettirdi. Afsonalar, termalar, aytishuvlar olami uning tafakkuri va ijodida yanada mustahkamroq o‘rin egalladi. Lirik grafik asarlaridagi intilishi tez-tez Osiyo mavzusini ifodalovchi kuchli jarangdor she’riy matnlar bilan uyg‘unlashib ketdi. Rassom o‘z ijodida birmuncha katta hajmli va tasvir tili lo‘nda bo‘lgan obrazlar timsolini yaratishga intildi. L. Ibragimov asarlaridagi o‘ziga xoslik va etuklik Uzoq Sharq tasviriy san’ati an’analarini mujassam etishda ko‘zga tashlanadi. («Osiyo okeani» tsiklidagi grafik va rangtasvir kompozitsiyasi, «Bahor», «Kuz» tsiklidagi manzara janrli kompozitsiyalari. 1999-y Grafika san’ati ustasi A. Mamajonov «birinchi ma’lumoti bo‘yicha rassom - kulol» o‘z xalqi hayoti va qiyofasini yaxshi bilgan holda grafik chizgan nafis va o‘ziga xos kompozitsiyalarni yaratdi. Uning asarlari bizga xalq bayramlari va sayillari, shuningdek, mahalliy yashash tarzi haqida hikoya qiladi. Muntazam ravishda tush bilan peroda ishlagan rassom A. Mamajonov o‘z ijodida realistik uslubni qo‘llaydi. Mahalliy xalq vakillarining xususiyatlarini ko‘rsatish, hajmlilik, mutanosiblik, naturalistlarga xos ortiqcha unsurlardan cheklanish va hazilga moyillik rassom grafikasiga xosdir. Bu borada u mashhur grafikachi va miniatyurachi rassom Telman Muhamedovning an’analarini davom ettirdi. Bunda A. Mamajonovga naqqoshlik sohasida orttirgan tajribalari qo‘l keldi. O‘z kompozitsiyalarini u o‘ng qo‘lida qanday ishlasa, chap qo‘lida ham qayta ishlov bermagan holatda aynan o‘xshatib ishlashga harakat qiladi. Uning ijodidan «Kurash» va «Eski shahardagi bozor» (1998-y.) kompozitsiyalarini alohida eslab o‘tish mumkin.
Ko‘pchilikka mashhur avtolitografiya va suv bo‘yoq ustasi M.Sodiqov oxirgi o‘n yillikda avtolitografiya texnikasidan voz kechib, asosan, suvbo‘yoq texnikasida Buxoroning eski shahar ko‘chalarini ishlaydi. M. Sodiqov bir necha taniqli rassomlar bilan Oqtosh tog‘larida ijodiy safarda bo‘lib, ushbu jarayonda ishlagan grafik kompozitsiyalarini hisobot ko‘rgazmasida namoyish etdi.
M. Sodiqov suv bo‘yoq va pastel kabi texnik vositalardan foydalanib, tuzilishi juda go‘zal va maftunkor kompozitsiyalar yaratdi. Ular sirasiga «Tog‘ manzarasi» (2001-y.) asari kiradi.
Taniqli grafikachi rassomlar M. Kagarov, V. Apuxtin, M. Sodiqov, E. Isohoqov, I. Vasileva va ularning yosh hamkasblari L. Tiora, L. Zufari, T. Ayupov, O. Nikolaeva, Yu. Alagirlar ishtirokida 1998-yili Toshkent shahrida o‘tkazilgan grafika va haykaltaroshlik san’ati ko‘rgazmasi grafika janrining rivoji uchun muhim voqea bo‘lib qoldi. Ushbu ko‘rgazma tashkilotchilarining asosiy maqsadlari iqtidorli yoshlar ishlarini tomoshabinlar hukmiga havola etish edi.
Linogravyura, ksilografiya, ofort singari grafikaning aniq turlarida 1990-yillar oxirida vujudga kelgan grafik asarlar avvalgi yaratilganlaridan keskin farqlanadi.
1990-yillar boshlarida ko‘pchilik grafikachi rassomlar dastgohli rangtasvirda ijod qilgan bo‘lsalar, 2000-yilga kelib grafika texnikasida yaratilgan asarlari bilan turli ko‘rgazmalarda ishtirok eta boshladilar. Shu o‘rinda B. Jalolov va S. Alibekovning 2001-yil aprel oyida «Ilhom» teatrida bo‘lib o‘tgan grafik asarlari ko‘rgazmasini eslab o‘tish mumkin.
B. Jalolov bu ko‘rgazmada chizmatasvir ustasi ekanligini yana bir bor namoyish etish bilan ko‘pchilikni hayratga solgan bo‘lsa, S.Alibekov o‘zining betakror fantaziyalari bilan rangli qalam imkoniyatlarini namoyish qildi.
Shu bilan birga, respublika badiiy kolleji va K. Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini bitirgan yosh rassomlar ijodida realistik uslubning saqlanib qolganligi kuzatiladi.
1991-2001yillar O‘zbekiston dastgohli grafika san’ati rivoji umumma’naviy vosita sifatida professional rassomlar singari yosh rassomlar ijodida tomoshabinlar estetik qarashlarini ifodalashga intilishning ortganida namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng yurtimizning qadimiy tarixini yorituvchi kitob va risolalar ko‘plab nashr etila boshlandi. Ularda O‘rta Osiyoning buyuk shaxslari - Amir Temur, Ahmad Yassaviy, Xo‘ja Ahror, Al-Buxoriy, Al-Farg‘oniy, Cho‘lpon, Fitrat kabilar haqida ma’lumot berildi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda ko‘plab nashriyotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Badiiy adabiyotlarning asosiy qismi G‘. G‘ulom nomidagi NMIU, «Sharq» nashriyot-matba aksiyadorlik kompaniyasi, Cho‘lpon nomidagi NMIUda chop etilmoqda, desa ko‘rinarli bo‘ladi. Ushbu nashriyotlarda zamondosh mualliflar bilan bir qatorda ajdodlarimiz, shuningdek, xorijiy mualliflar qalamiga mansub asarlar ham chop etilmoqda.
Hozirgi paytda «O‘qituvchi» NMIUda kompyuter grafikasiga ixtisoslashgan bir guruh yoshlar ishlamoqda. Ular nashriyot kitoblarining muqova va boshqa unsurlarini bezash bilan shug‘ullanmoqdalar. Sh. Mirfayozov, T. Qanoatov, Sh. Xo‘jaev kabi rassomlar kompyuter grafikasini fotomontaj bilan muvofiqlashtirmoqdalar. Sh. Mirfayozov yaratgan muqovalar yorqinligi va hayotiyligi bilan ajralib turadi. Ichki illyustratsiyalarini u qo‘lda realistik uslubda bajaradi. Shu nashriyotda ishlagan yana bir rassom E. Nurmonovning grafik ishlari kompozitsiyasining jiddiyligi, simmetrikligi hamda ranglarning vazminligi bilan ajralib turadi. U bajargan muqova va illyustratsiyalarda realistik uslub yaqqol seziladi.
Zamonaviy kitob grafika san’atida A. Bobirov, A. Mamajonov, M. Karpuzas, Yu. Gabzalilov, A. Kiva, A. Ponomaryov, O. Vasixonov, G. Miller, U. Solihov, Sh. Odilov kabi rassomlar ham faol ijod qilib kelmoqdalar.
Xulosa qilib aytganda, 90-yillar oxirida poligrafik kitob chiqarish texnikasini yangilash natijasida kitobning poligrafik sifati o‘sib bormoqda.Mustaqillik yillari o‘zbekiston yangi tarixi tasviriy san’at turlari rivojlandi. Tasviriy san’at rangtasvir kompozitstiyani shaxs ma’naviyati, talim tarbiyaasidagi o‘rni va ahamiyatiya e’tibor berilmoqda.Xozirgi kunda tasviriy san’at grafika,rantasvir, xaykaltoroshlik yunalishlariga, kirib kelayotgan iqtidorli yosh rassomlar taniqli tajribali zamonaviy ustozlar bilan birga kitob grafikasi san’atini rivojlantirishni muvaffaqiyat bilan davom ettirmoqdalar



Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin