Ro‘zixon djalilova tasviriy san’at kompozitsiyaning shaxs ma’naviyatidagi o‘rni



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə7/70
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#191725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   70
ka 3 монография 2023 21. lotin

Rangtasvir- kolorit (lotincha Solor - rang) tasviriy san’at kartina, freska, mazoaka, rangli gravyura real hayotni xaqqoniy aks ettirish uchun ishlatiladigan ranglar o‘zaro mutanosibligi asarning mazmuni bilan bog‘liq bo‘lib, san’atkor ko‘zda tutgan g‘oyani badiiy obrazni yaqqolroq ko‘rsatishga xizmat qiladi.
Rangtasvir nafis tasviriy san’at turidir. Unda real hayotdagi narsa va hodisalar buyoqlar yordamida mato, kog‘oz, faner va boshqa narsalarda tasvirlanadi. Nafis tasviriy san’at juda qadimdan mavjud: bu san’at ibtidoiy odamlar yashash uchun kurashda tosh qurollar ishlata boshlagan paytlarda paydo bo‘lgan. Ibtidoiy odamlar toshda rang-barang buyoqlar bilan hayvonlarning, o‘simliklarning harakterli belgilarini aks ettirishga intilganlar.
Nafis tasviriy san’at 5ta asosiy elementlardan iboratdir. Bu elementlar buyum shaklini, rangini, yoritilishini, yasalgan materialni tasvirlayotgan narsaning qanday sharoit va muhitda ekanini tasvirlashda namoyon buladi. Nafis tasviriy san’at asarlarida kolorit-nafis ranglarning o‘ziga xos uyg‘unlashuvi ritm, proportsiya, rang havo perspektivasi va hokazolar katta ahaimiyatga ega.
Rang nafis tasviriy san’atning jonidir. Badiiy asarning hissiy, ma’naviy, emotsional ta’sirini oshirishda rangning roli nihoyatda kattadir.
Nafis tasviriy san’at asarlari o‘z vazifasiga ko‘ra monumental, dekorativ va miniatyuraga rantasvir bo‘linadi.

  • Monumental san’at – arxitektura va haykaltaroshlik bilan bog‘liq.

  • Dekorativ nafis san’atning asosiy vazifasi xonalarni bezashdir.

  • Miniatyura nafis tasviriy san’at nafis ishlangan kichik shakldagi narsalardir.

  • Mahobatli va dasgohli rangtasvir mato, moybo‘yoqda ijodiy g‘oyaga muofiq asarlar tasvirlanadi.

Kompozitsiya haqidagi tushunchalar juda keng qamrovli va ma’noga ega bo‘lgan tushunchadir. U barcha ijodiy asarlarga taluqli bo‘lib, deyarli hamma san’at turlarining asosini tashkil etadi.
Rangtasvir kompozitsiyasi mavzu asosida xotiradan va tasavvurdan rasmlar ishlash jarayonida amalga oshadi. Bunda tanlangan mavzularga ko‘ra uning elementlari qog‘oz yuzasida bir-biriga bog‘lik holda joylashib, yaxlit kompozitsiyani hosil qiladi, o‘quvchilar mavzu mazmuniga mos keladigan kompozitsiyani topish uchun bir qancha eskizlar va homaki ishlar bajarishga tug‘ri keladi, ulardan maqsadga muvofiq keladiganlarini tanlab olib, kompozitsiya tuzishda qo‘llaydilar.
Mavzuli kompozitsiyalar tuzishda qismlarni o‘rnini almashtirib, qo‘shimcha detallar kiritish orqali kompozitsiya mazmunini boyitish mumkin. Rangtasvir kompozitsiyasida asar mazmunini ifodalashda kompozitsiyaning asosiy konuniyatlariga rioya qilish lozim. Bular kompozitsiyani bir butunligini, qismlarni, shakllarni, ranglarni xillashtirish va ular o‘rtasidagi qarama-qarshilik, asardagi hamma vositalarni bosh g‘oyaga bo‘ysinishidan iborat.
Kompozitsiyada asar yaratishning muayyan qoidasi simmetriya, assimmetriya, muvozanat, detallarning o‘lchovi, shakli, rangi kabilarga rioya qilishdir.
Rangtasvir kompozitsiyasi asosan tevarak-atrofdagi hayotni aks ettiruvchi mavzularda rasm ishlashga asoslanadi.
Bunday mashg‘ulotlar natyurmortdan emas, balki hayoldan va tasavvurdan ishlanadigan rasmlar, narsalarni o‘ziga qarab rasm chizish mashg‘ulotlariga qaraganda ancha murakkabroqdir.
Rangtasvir kompozitsiyasida asosan narsalarni shakli, rangi, ularning go‘zalligini aks ettirishdan iboratdir.
Rangtasvir kompozitsiyasida mashg‘ulotlarni asosiy maqsadi ijodiy tafakkur, tasavvur va fantaziyadir. Hamda rangtasvirga oid buyumlarga ega bo‘lish uni amalda qo‘llashdir.
Dekorativ kompozitsiya turli shakldagi naqshlarning namunasidan ko‘chirish va mustaqil ijodiy naqsh ishlash, hamda dekotariv – bezak singari ishlarni amalda sinab ko‘rish va qo‘llash, turmushda uchraydigan narsalarning vazifalari, uning shakli, bezak elementlarining o‘zaro bog‘liqligi haqida tushunchalarga ega bo‘lish, xamda yuksak maxorat bilan tasvirlangan narsalarni didsiz, pala-partish ishlangan narsalardan farqlay olish kabi xislatlar shakllanib boradi.
Naqshlar ishlash jarayonida o‘quvchilar tabiatdagi, borliqdagi real shakllarni o‘zlashtirish, uni soddalashtirish va yangi elementlarni topish, ko‘rish mumkinligini urganib boradilar. Stillashtirish dekorativ tarzda qayta ifodalanadigan shakllarning tuzilishi, silueti, rangiga taluqlidir. Dekorativ kompozitsiya mashg‘ulotlarini olib borishda o‘zbek xalqi ustalari namunalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Dekorativ kompozitsiya zamonaviy mavzulardagi asarlarga, dostonlarga, ertaklarga, adabiiy asarlarga illyustratsiya ishlashda asarlardagi sodir bo‘layotgan mamlakat yoki davrning madaniyati turmushning o‘ziga xos xususiyatlari, kiyim-kechaklari, me’morchiligi va ularning harakterli tomonlarini hisobga olib unga oid narsalarni kompozitsiya ishlash jarayonida e’tiborga olish kerak.
Dekorativ komopzitsiyada rangshunoslik fani asosiy vazifani bajaradi. Rang bilan ishlashda asosan akvarel, guash buyoqlaridan foydalaniladi. Rang bilan ishlashda asosiy ranglar va hosila ranglardan foydalanib naqsh kompozitsiyalarini bo‘yash kerak. Rang turlari – mavjud buyoq tarkibiga suvni oz yoki ko‘p qo‘shish orqali hosil qilinadi.
Naqsh kompozitsiyalarini bo‘yashda ochik ranglardan foydalanish kerak. Narsalarni yoki elementlarni uzoq yaqinliklarini hamda soya va yorug‘liklarni sezdirish uchun rang perspektikasidan foydalanish kerak, chunki narsalar kuzatuvchidan uzoq va o‘lchamlarni o‘zgarib boradi. Yaqinroq turgan narsalarning rangi uzoqdagi narsalarni rangiga qaraganda aniqroq ko‘rinadi, uzoqdagi narsalar rangi esa xiraroq bo‘lib ko‘rinadi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin