Ro‘zixon djalilova tasviriy san’at kompozitsiyaning shaxs ma’naviyatidagi o‘rni


Tasviriy san’atni shaxs barkamoligida ilmiy va ijodiy yondashuv



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə11/70
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#191725
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   70
ka 3 монография 2023 21. lotin

1.3.Tasviriy san’atni shaxs barkamoligida ilmiy va ijodiy yondashuv
Inson faolyatining ijtimoiy-tarixiy jarayoni, ob’ektiv voqelikni inson ongida aks ettirishga qaratilgan ma’naviy faolyat. U insoning bilish faolyati tabiiy ijtimoiy jarayonlarini ifodalaydi, borliqdagi turli- tuman bog‘lanishlar va munosabatlar tushincha, qonun tamoil, nazariya va hokozolar sifatida aks ettiradi. Bilish va hodisa va voqelarning ongida in’ikosidir. Bu voqyalik qonunlarini ochib berib, tabiatning buyum-jisimlarni, ularning har tomonlama boyligi va xilma-xilligi bilan g‘oyaviy-ma’naviy shakilda qayta hosil qiladi. Ilmiy bilish–inson faolyatining emprik bilish bilan nazariy bilishning chambarchas bog‘liqligidan iboratdir. Inson faolyatida tashqi olamni bilish xisiy va aqliy pag‘onalarga ajratiladi.Bilish insonning narsalarga bevosita ta’sir jarayonida yuzaga keladi. Uning usullari kuzatish, tasvirlash, tajriba, o‘lchov va shu kabilardir. Rassomlar tabiyat va jamiyatda ijodiy asardagi tasvirdan hisiy-retseptiv tajribalari, ta’sirlanishda voqelikni real narsalar ta’sirini o‘z tasviri orqali emotsiya holatlarini sezish o‘zga insonlar ta’sirotiga ta’sir etish tarzida nomoyon etadi.Tasvirlangan asarda borliqdagi xodisalar falsafiy kategoriya bo‘lib, bir butun yaxlit bir-biri bilan bog‘langan va bir–birini taqazo etadigon olamni ifodalaydi. Rassomlar tasviriy san’at tur va janrlaridan emotsiyalanib tasirlanib borlidagi voqelikni aks etiradi.O‘zaro ijtimoiy ob’ektlarning o‘zaro bir- birilariga munosabatlari o‘zaro ijtimoiy bog‘lanish aloqadorlik hisoblanadi.O‘zar ijtimoiy aloqadorlik jamiyat hayotidagi ishlab chiqarish va iste’mol, jamiyat va shaxs moddiylik va ma’naviylik orasidagi munosabatlar bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Tasviriy san’at shaxs barkamolligi. Shaxs-ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xossalarning individual ifodasi,ijtimoiy ahamiyatga molik xususiyatlar kombinatsiyasi,inson ijtimoiyligining shakli. Insonda insoniylik me’yori ifodasi.Shaxs-inson va jamiyat kesishgan chorrahakim, insoniyat tarixi uning turli faoliyatlaridan tarkib topadi. Mazkur tushuncha, bir tomondan,inson ijtimoiy,ma’naviy,ma’naviy rivojining darajasini aks ettirsa,ikkinchi tomondan,uning o‘z ixtiyori o‘z qo‘lida ekanligini anglatadi.Shu bois mazkur tushuncha o‘ziga xos metodologik asos vazifasini o‘taydiki,uning yordamida yakki kishi, ya’ni individ rvojining yutuq va kamchiliklari aniqlanadi, baholanadi. Shaxsning ijtimoiy mohiyatini bilmoq uchun uchun uning strukturasi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish lozim. Boshqacha aytganda,shaxs strukturasini vujudga keltirgan elementlar to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lish lozim.Unutmaslik kerakki,inson borlig‘i xilma-xil bo‘lgani uchun ham uning strukturasini turli (organik,psixologik,ijtimoiy) nuqtai nazardan qarab chiqish mumkin.
Inson barkamolligini ta’minlashda tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiyalashning har qanday tug‘ri zaruriyat hisoblanadiki, oqibatda ularning barchasi o‘zaro bog‘langan holda, insonni shakllantirishda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Masalan, avalambor muayyan g‘oya asosida tarbiya topib, shakllanadigan dunyoqarash axloqiy tarbiyaga aniqlik, ijtimoiy yo‘nalish beradi,buningsiz axloqiy me’yorlar quruq so‘zdan iborat bo‘lib qoladi (umuman ezgulik, umuman yovuzlik va boshqalar mavjud emas).Inson salomatligini mustahkamlashga qaratilgan, shuningdek, qaddi-qomatini go‘zallashtiradigan jismoniy tarbiya uning har tomonlama kamol topishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu ma’noda “jismoniy tarbiyabu faqat badan tarbiyasi emas. Jismoniy madaniyat inson qiyofasida uning jinsini va jismini namoyon etuvchi, hayotga bo‘lgan munosabat va hayotdan oladigan ne’matlarga beg‘araz estetik lazzat olishga chorlovchi botiniy to‘lqinlarning ma’naviy evrilishidir”1.
Biroq insonning har taraflama kamol topishi uning barcha fazilatlariva boshqa jihatlari rivojlanishi, teranlashuvi bir xil darajada kamol topishi, degani emas,albatta. Bu erda gap faqat bu fazilatlarning uyg‘unligi to‘g‘risida bormoqda. Shaxsning har taraflama kamol topishini uning barcha sifatlari teng va bab-baravar rivojlanishi ma’nosida tasavvur etish uncha to‘g‘ri emas. Lekin asosiy narsa har bir jamiyatninginsonni o‘z idealiga moskomil qilib tarbiyalashi, bu idealni hayotga tatbiq etishda sobitqadamlikka intilishiga bog‘liqligidir. Inson iste’dodini rivojlantirishda,avvalambor, ustuvor shaxsiy individual qobiliyatlarni shakllantirish muhim o‘rin tutishi lozim. Tabiiy iste’doddan mahrum fazilatlarni zo‘rma-zo‘rakichilik bilan rivojlantirish mavjudlariga ham putur etkazishi, o‘z-o‘zini tarbiyalashda muammolar keltirib chiqarishi mumkin.
Odatda ishlab chiqarishda, ilmiy muassasa yoki boshqa sohada, amalga oshiriluvchi konkret faoliyat insonga qanday bilimlar bilan shug‘ullanish zarurligini “aytib beradi”, bunga amal qilish uning ishni yuksak mahorat bilan bajarishiga yo‘l ochadi. Ba’zan yoshlar orasida shundaylariuchraydiki, haqiqatdao‘zlari har tomonlama kamol topgan shaxs fazilatlari, me’yor va talablaridan bexabar bo‘lganlari holda, zo‘r berib shunga intiladilar. Bunga erishmoq uchun mashhur adabiyotlarni mutolaa qiladi, hammabop film va spektakllarni tamosha qiladi,kiyinish,yurish-turish,xulq-atvorda zo‘r berib “o‘shandaylar”ga taqlid qiladi, nima bo‘lgandayam, zamonaviy bo‘lishga oshiqadilar. Bizningcha,har tomonlama kamolotga erishganlikni bunday tushunish nafaqat xato, balki zararli hamdir. Shaxsning o‘z-o‘zini bunday kamol toptirishi va tarbiyalashi sun’iy bo‘lib, “o‘z-o‘zini tarbiyalash”dagi mexanik jarayonni anglatadi. Nemis faylasufi Gegel ta’kidlagan ediki, “haqiqiy predmetni yaratuvchi asliyat madaniy darajalikni talab qiladi, holbuki, sun’iy originallik esa madaniyatsiz kishilar miyasiga faqat daf’-atan kelib qolgan didsiz narsalarning shaklini e’tirof qilishdan boshqa narsa emas”1.
Inson ijtimoiy fazilatlarining yuzaga chiqishi amaliy faoliyatda uning faqat shaxs sifatidagi madaniyligining mezoni hisoblanadi. Haqiqiy o‘zlikka originallikka intilish bilan emas, balki eng avvalo, meh-natsevarlik bilan erishish mumkin. Binobarin, qobiliyat insonning faoliyat turlari(ijtimoiy-siyosiy,badiiy va boshqalar) usul va tamoyillarini teran va mustahkam egallashi orqali yuzaga chiqadi.Har bir inson yuksalib borar ekan, odatda unda faoliyatning qandaydir turiga nisbatan ustuvor moyillik yuzaga keladi va bu holat kelajakda uning hayot yo‘li va taqdirini belgilab berishi mumkin. Inson faoliyatiga xos bunday moyillikni psixologlar eksperimental asosda xulosa chiqarish bilan isbotlashga harakat qiladilar. Olimlar fikricha, ”inson barcha fazilatlarni rivojlantirish orqali emas, balki butun hayoti hamda faoliyatiga asos bo‘lgan, unga mohiyat-ma’no baxsh etgan qobiliyatlarni ustun rivojlantirish yo‘li bilan “mutanosiblik”,“muvofiqlik (proportsionallik)ka erishish mumkin. Shaxs shakllanishidauning rang-ba-rang mo‘ljallario‘zaro raqobatlashadi, bu ziddiyat ulardan birortasi atrofida boshqalarning birlashishi bilan bartaraf etilishi mumkin.Boshqacha aytganda,biror-bir holatning inson intilishlarida ustuvor o‘rin egallashi uning boshqa jihatlarini cheklash degani emas, balki eng muhim va asosiylaridan birining o‘ziga xos etakchiga aylanishi demakdir. Bu-shaxs intilishlarining o‘zaro muvofiqlashuvi bo‘lib, eng etakchisi atrofida boshqalarining birlashuvidir”2. Hayot ko‘rsatadiki, shaxsning kamol topishi faqat shunday sharoitda mutanosiblik va muvofiqlik kasb etadi. Shaxs erishilgan bilimlar asosida ratsional anglagan va emotsional ma’qullagan, hayotda o‘z o‘rnini belgilashga yordam beruvchi mo‘ljallarni na-moyon etishi va rivojlantirishi lozim. Bunday yondashuv insonning har taraflama va mutanosib rivojlanishining yagona yo‘lidir.
Shunday qilib, barkamol shakllangan shaxsda rang-barang ijobiy belgilar o‘zaro uyg‘unlashgan, yaxlit birlik holida namoyon bo‘ladi. Shaxsning rang-barang fazilatlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va ihtiloflar muntazam ravishda o‘zgarish va yuksalishga olib keladi. Shaxsning o‘z-o‘zini tarbiyalashdan bosh maqsadi haminsoniy fazilatlarni oqilona muvozanatda saqlab turishdan iboratdir.
Barkamol shaxsning tasviriy san’at va estetik madaniyat,ma’naviyatidagi urnida ravnaq toptirish mustaqillik sharoitida inson omilini yuksaltirishning muhim sohasi hisoblanadi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin