2.3.Tasviriy san’at janrlaridan ma’naviy- estetik tarbiya omillari
II-BOB.KOMPOZITSIYA ASOSIY QONUNLARI 2.1.Rangtasvir kompozitsiyasi nazariy asoslari muammo va echimlari
Kompozitsiya so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib, «kompositio», ya’ni predmetlar bo‘laklarini solishtirib, ma’lum tartibda yaxlit joylashtirish, g‘oyaga muvofiq ijod qilish bayon qilish, kompozitsiya tuzish demakdir.
Kompozitsiya san’atning hamma turlarida mavjud: adabiyot, teatr-kino, musiqa, tasviriy va amaliy san’at, arxitektura va hokazo.
Tasviriy san’atda kompozitsiya qonun va qoidalari insoniyatning ibtidoiy taraqqiyot davridan boshlab shakllana boshlagan.
Ibtidoiy davr odamlari hayotni zehn bilan kuzatsalar-da, kompozitsiya sezgisi juda bo‘sh rivojlangan. Bunday holatni odam gavdasi va hayvon podalarini tartibsiz, alohida tasvirida qurishimiz mumkin. Qadimgi sharq san’atidagi kompozitsiya ibtidoiy davrdan alohida farq qiladi. Qadimgi sharqda kompozitsiya mavzusi tekislikda qat’iy ma’lum tartibda tasvirlanib, quldorlik jamiyatning (marosimlari) qonunlariga bo‘ysundirilgan.
Qadimgi misr san’atida kompozitsiyani dastlabki yangi usullari paydo bo‘la boshlagan. Bu esa jamiyatda ijtimoiy hayotni ongli rivojlanishi natijasidir. Tasvirga chizgi, o‘lcham, rang va tus munosabatlari yuqori darajaga ko‘tarildi.
Qadimgi dunyo rassomlari tabiat yaratgan o‘simlik, barg va gullarni tuzilishida, yil faslini ketma-ket kelishida simmetriya va ritm tushunchalarini anglab, o‘z ijodiy asarlarida, kompozitsiyada qo‘llay boshladilar. Shuning uchun qadimgi greklar relef, frontal kompozitsiyalarida ritm va simmetriyadan unumli foydalanganlar. Uyg‘onish davrigacha kompozitsiya faniga bag‘ishlangan biror bir nazariy qo‘llanma yaratilmagan.
Uyg‘onish davri buyuk san’at allomalarini etkazib berdi. Erta uyg‘onish davrining vakillari Djotto va Mazachcho o‘z ijodlarida perspektiva, plastik anatomiya, geometriya qonunlarini amalda qo‘llab kompozitsiya fanidan katta yutuqlarga erishdi. Albert Dyurer “Rangtasvir xaqida uch kitob”, Leonardo da Vinchi «Rangtasvir qonunlari» ilmiy asarida o‘lcham qarama-qarshiligi haqida, katta-kichik, past-baland, yupqa-qalin, xarakter, faktura, materiallar kontrasti to‘g‘risida yozadi. Statik (harakatsiz) va dinamik (harakat), Plastik anatomiyani Galena ta’limotiga asoslangan holda chuqur o‘rganadi, suyak muskullarni sinchiklab analiz tahlil etgan holda ilmiy asoslab odam anatomiyasi tasvirlari kitobini yaratdi. Animal janr kompozitsiyasida otlar anatomiyasi kitobini ham yaratgan. Leonardo da Vinchi portret janrida jahonga mashhur asarlar yaratgan.
Har bir rassom birinchi o‘zi orqali portretni o‘rganadi, albatta Leonardo da Vinchini ham avtoportretlari insonda chuqur tassurot qoldiradi. Uning eng mashhur portret “Monna Liza”ni 4 yil mobaynida ishlagan. Portretda ayolning go‘zal siymosi, bir qarashda ham g‘amgin, va xushmuomala chehrasida xotirjamlik, jonli tasvirlangan.
“Mahfiy kecha” nomli asarida avliyolar qiyofasi tasvirlangan. Faqat Isusni yuz qiyofasini tasvirlashda ilohiy qudrati etmaydi chala qoldirgan va umrini oxirigacha bitira olmagan.
Mikelanjelo tekislikdagi hajm kontrastlariga ko‘p ahamiyat beradi. Inson predmetlar shaklini faqat soya va yorug‘ kontrastik orqali sezadi va o‘z ongiga singdiradi. Realistik san’at haqiqatni to‘g‘ri ifoda etib qolmay, rassom his tuyg‘ularini, estetik go‘zallikni, tasavvurni jozibali tarannum etadi.
Badiiy obrazdagi estetik sifatlar, kompozitsiya echimidagi yangiliklar rassom tomonidan kashf etiladi.
Estetik kashfiyotlarni Mikelanjelo, P.Rubens, Titsian, Rembrantning o‘lmas asarlari hozirgi kunda yosh ijodkorlarni ijodini rivojlanishida xizmati kattadur.
Rangtasvir movozanatlik ritm,nisbiylik,simmetiryaa, oltin kesim qoydasi muammo va echimlari. Tasviriy san’ar rangtasvir kompozitsiyasi har qanday ijodkor o‘tmishdagi san’ati ustalari merosini va tajribalarini o‘rganish bilan birga, tomoshabinga chuqur ta’sir etuvchi tasvir, qonun uslubni ham o‘rganadi.