Kompozitsiya qonunlari — tasviriy san’atda yaratiladigan badiiy asarlarning g‘oyasi, mazmuni hamda badiiyligini tartibga soluvchi nazariy tushunchalar. Asarning muvaffaqiyati ko‘pincha unda kompozitsiya qonunlariga qanchalik rioya qilinishiga bog‘liq bo‘ladi. Kompozitsiyaning yaxlitlik, surat detallarini asar g‘oyasiga bo‘ysunishi, muvozanat, suratda yangilikning mavjudligi, kongrastlar, hayotiylik kabi qonunlari, ya’ni talablari bor.
Kompozitsiya qoidalari — deyilganda ijodkorning kompozitsiya ishlash jarayonida rioya qilishi lozim bo‘lgan tamoyillar tushuniladi. Uning ritm, kompozitsion markaz, simmetriya, harakat, turg‘unlik, planlilik, prallellik turlari bor. Kompozitsiya qoidalari asarlarning ifodaviylik vositalari ma’nosini ham anglatadi.
Kompozitsiya uslublari — ijodkorning o‘z ijodi jarayonida qo‘llanadigan asar g‘oyasini, uning badiiyligini, savodxoshshgini ko‘tarishgaqaratilgan chora-tadbir va yo‘l-yo‘riqlar majmuasi. Uning monumentallik (mahobatlilik), fazoviylik, gorizontallar, vertikallar, diagonallar kabi turlari bor.
Kompozitsiya vositalari— ijodkor tomonidan asarni yaratishda qo‘llaniladigan asosiy tasvirlash texnikasi. Ular qatoriga chiziklar, ranglar, oq, qora dog‘lar, kolorit kabilar kiradi.
Kolorit (gamma) — lotin tilidan olingan bo‘lib, "rang" (buyoq) ma’nosini anglatadi. Kolorit asosan rangtasvirda, qisman grafikada real borliq va voqelikni ifodali tasvirlashda, ranglarning o‘zaro uyg‘un va mutanosib bo‘lishida nihoyatda ahamiyatlidir. Kolorit ranglar mutanosibligiga ko‘ra iliq yoki sovuq, yorqin yoki to‘q, muloyim yoki jiddiy bo‘lishi mumkin. Koloritda u yoki bu ranglar guruhi yoki yagona bir rang etakchilik qiladi.
Ksilografiya — frantsuzcha "yog‘ochga o‘yilgan" degan ma’noni anglatadi. U grafika (gravyura)ning bir turi bo‘lib, bu yo‘nalishda tasvir yog‘ochda hosil qilinib, so‘ngra qog‘ozga ko‘chiriladi. Bu tasviriy texnologiyada grafik asar ko‘p nusxada tayyorlanishi mumkin.
Kulrang — rang nomi, yoqilgan o‘tindan qolgan kulning rangini ifodalovchi rang tusi.
Kubizm — kub so‘zidan olingan bo‘lib, XX asrning birinchi choragida Frantsiyada paydo bo‘lgan ijodiy oqimdir. Bu yo‘nallishdagi rassomlar realistik san’at an’analarini inkor etgan holda o‘z asarlarida har qanday mavjudot va narsalarni — kub, shar, tsilindr, konus piramidalar va ularning o‘zaro qo‘shilmasidan iborat shakllar yordamida tasvirlaydilar.