Diptix - qo‘sh tasvir. Ko‘shcha ular bir mavzu va bir-biriga yaqin mazmunda bo‘lib, yonma-yon namoyish etiladi.
Yo Yodgorlik haykal — mashhur va tarixiy shaxslarga bag‘ishlab ishlangan haykal. U mahobatli, rel’efli yoki dastgohli-yumaloq bo‘lishi mumkin.
Yorug‘ soya — (yorug‘ va soya) tasviriy san’at nazariyasiga doir atama. Uni yorug‘ va soya qonuni deb ham atashadi. U tasvirlanayotgan narsalar yoki tirik mavjudotlar qalamtasviri va rangtasvirining hajmli qilib ishlanishida qo‘llaniladi.
Yorug‘ (shu’la) — tasviriy san’atning nazariy asoslariga oid atama bo‘lib, nur va soya qonuniga tegishlidir. Ma’lumki, har qanday narsa va mavjudot hajmlidir. Rasmda ularning hajmli ekanligini yorug‘lantirmasdan turib ko‘rsatib bo‘lmaydi. Buvda narsaning yorug‘lik manbaiga qaragan qismi yorug‘, teskari tomoni soya bo‘ladi. Ularning o‘rtasidagi qismi yarim soya deyiladi. Yorug‘ atamasi shundan kelib chiqqan.
J Janr — hayot lavhalari, ko‘rinishlarini uning mazmuniga ko‘ra tasvirlovchi badiiy asar turidir. Masalan, manzara, natyurmort, maishiy, portret, nyu va boshqa tasviriy san’at janrlari mavjuddir.
Jangaoma — (batal) harbiy mavzudagi tasviriy san’at asarlarining janri.
Jaydarirang — lokal rang. Tasvirlanayotgan narsa, buyumning asosiy rangi yoki bir rang bilan atalishi. Masalan; barg — yashil, osmon zangori.
Jigarrang — rang nomi, hayvonlarning jigari rangiga o‘xshash rang. Ba’zan uni "qo‘ng‘ir" deb ham atashadi.
Z
Zarhal — rang nomi, tillasimon rang.
Zarg‘aldoq — rang nomi apelsin, mandarin yoki qovoqning ichki rangiga o‘xshash rang.
Zangori — rang nomi, to‘q osmon rangi.
Zafaron — rang nomi, to‘q sariq rang.
Zarhal harf — kitoblarning bob va fasllarining matn qismidagi bezakli yoki yirik qilib ishlanadigan birinchi harfi.
Zumrad — rang nomi, yashil yaltiroq tosh rangiga yaqin rang.