Asosiy ranglar - qizil, sariq, zangori ranglar shuvdan deb ataladi. Bu ranglarni bir-birlari bilan aralashtirib boshqa ko‘p ranglar olinadi.
Assimetriya - yunon tilidan olingan bo‘lib, "simmetrik emas" degan ma’noni anglatadi. Tasviriy san’atda asardagi detallarni, suratni chap va o‘ng yoki yuqori va pastki tomonlaridagi tenglik, o‘xshashlik alomatlarining yo‘qligi assimetriya hisoblanadi.
Afsonaviy janr - xalq og‘zaki ijodi asosida tasviriy san’at namunalarini aks ettiruvchi janr. Bunday janrda yaratilgan tasvirlar afsonaviy odam va maxluqlar (hayvonlar) bo‘lib, xaqiqatda ular bo‘lmaydi. Masalan dev, ajdar, kentavr, suv parisi, pegas, putti, grifon va boshqalar shular jumlasidandir. Afsonaviy janrda yaratilgan ishlarning aksariyati rangtasvir va haykaltaroshlikka xosdir.
Axzar- rang nomi, meditsinada ishlatiladigan zelyonkaning rangi.
Axromatik ranglar — yunon tilidan olingan bo‘lib, rangsiz degan ma’noni anglatadi. Ular oq, qora, ko‘lrang va ularning aralashmasidan hosil bo‘lgan tuslardir. Badiiy an’ana — qadimdan inson faoliyatining adabiyot, san’at kabi sohalarida erishilgan va saqlanib qolingan ilg‘or yutuqlar va tajribalar majmui.
B Barelef — frantsuzcha past relef ma’nosini anglatadi. Haykaltaroshlikda ishlatiladigan rel’ef atamasining bir turi. Rel’efning bu turida tasvir tekislik yuzasidan uning haqiqiy o‘lchamining yarmidan kam nisbatida bo‘rtib chiqqan bo‘ladi. Masalan tanga, metallar bunga misol bo‘la oldi.
Baget— tayyor rasm, surat kabilarni ichiga joylashtirish uchun mo‘ljallangan va sirti o‘yma, metall yoki ganch naqshlar bilan bezatilgan to‘rtburchakli moslama.
Badiiy ko‘rgazma — deyilganda tasviriy, amaliy, me’morchilik san’ati asarlari yoki loyihalarning ommaga namoyish etilishi tushuniladi. Ular muzey, galereya, san’at saroylari va ijodiy markazlarda o‘tkaziladi. Ko‘rgazma bir yoki bir necha mualliflarning yoki tasviriy san’atning ayrim tur yoki janrlari bo‘yicha ham o‘tkaziladi. Ular davriy yoki doimiy va ko‘chma tarzda o‘tkazilishi mumkin. Badiiy ko‘rgazmaning xalqaro, mintaqaviy, milliy turlari ham bor. Badiiy ko‘rgazmada birgina asarning qo‘yilishi hollari ham bo‘lgan. Masalan, ko‘p yillardan buyon Leonardo da Vinchining "Monna Liza, Jokonda" nomli asari yakka tarzda ko‘chma ko‘rgazmalarda namoyish etib kelinmoqda.