Ro‘zixon djalilova tasviriy san’at kompozitsiyaning shaxs ma’naviyatidagi o‘rni


Naturshik — rassom yoki rasm ishlovchi oldida turib natura vazifasini o‘tayotgan odam. Natyurmort



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə55/70
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#191725
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70
ka 3 монография 2023 21. lotin

Naturshik — rassom yoki rasm ishlovchi oldida turib natura vazifasini o‘tayotgan odam.
Natyurmort — frantsuzcha «jonsiz natura» degan ma’noni anglatadi. Mazkur janrda gullar, meva va sabzavotlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, san’at va sport anjomlari aks ettiriladi.
Natyurmort janri — tasviriy san’at janrlaridan biri.
Nilgunrang nomi, och jigar rang.
Noranjvash — rang nomi, apelsin rangiga yaqin rang
Novvoti — rang nomi, novvot rangiga o‘xshash rang.
Novshadil — rang nomi, o‘tkir yorqin yashil rang.
Nofarmon — rang nomi, och binafsha rang.
Nyuans - frantsuzcha so‘z bo‘lib, narsa va hodisalardan, tasvirdagi "nozik, ko‘z yaxshi ilg‘ab ololmaydigan" farq qiluvchi jihatlar ma’nosini anglatadi.
NYu - tasviriy san’at janrlaridan biri bo‘lib, unda kishilar, ko‘pincha ayollar yalangoch tarzda tasvirlanadi.
O
Oq — rang nomi, paxta rangi.
Origanal — asli, asl nusxa, asl ko‘rinish, ba’zan "yangi hech kimga o‘xshamagan" ma’nolarini ham anglatadi.
Ofort - frantsuzcha "kislota" ma’nosini anglatadi. Ofort gravyuraning bir turi hisoblanib, unda tasvir avval kislota yordamida metallda (mis, qo‘rg‘oshin) hosil qilinib, so‘ngra qog‘ozga ko‘chiriladi.
Ottisk — rus tilidan olingan bo‘lib, bironta tasvif yoki matnni bosmaxona sharoitida ko‘p nusxada, odatda qohoz yoki boshqa materialga ko‘chirilishi ma’nosini bildiradi. Oldinga intiluvchi ranglar - doirasida kuzatuvchi etiborini tez o‘ziga tortuvchi ranglardir. Ular asosan iliq ranglar - qizil, sariq, zarg‘aldoq, pushti va boshqa shu kabilar hisoblanadi.
Orqaga intaluvchi ranglar — ranglar doirasida kuzatuvchi e’tiborini o‘ziga tortmaydigan ranglar. Ular asosan sovuq ranglar — zangori, havorang, yashil, binafsha kabi ranglar hisoblanadi.
P
Palitra — frantsuzcha «yupqa plastinka» degan ma’noni anglatadi. Ular yogochdan ishlanadi. Palitralar metall, plastmassa, chinni kabi materiallardan ham ishlanishi mumkin. Palitralar bo‘yoqlarni aralashtirish uchun tayyorlangan bo‘lib, rangtasvirchi rassomning ish quroli hisoblanadi. Akvarel bo‘yoqlarni aralashtirish uchun bir parcha toza qog‘oz ham palitra vazifasini o‘tashi mumkin.
Panno — lotin tilidan olingan bo‘lib, "mato parchasi" ma’nosini anglatadi. Pannolar ko‘pincha moybo‘yoq bilan mato ustiga ishlanadi. Ular maxsus joyga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, rangli, relefli va naqshli hoshiya bilan chegaralangan bo‘ladi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin