Panorama — yunon tilidan olingan bo‘lib, "ko‘rinish" ma’nosini anglatadi. Panoramada suratlar aylana, yarim aylana shaklidagi uzun devorga ishlanadi. Shuningdek, unda ro‘y berayotgan voqea haqida to‘liq tasavvur hosil qilish maqsadida surat oldiga butafor tasvirlar, uy paketlari, odam, hayvon, tabiat shakllari joylashtiriladi. Panoramalarni tomoshabinlar zaldagi maxsus ajratilgan joydan turib uzatadilar.
Pape-mashe — frantsuz tilidan olingan bo‘lib, "ezilgan qog‘oz" ma’nosini anlatadi. Bunday tasvirlardan o‘yinchoqlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan didakgik materiallarni tayyorlashda foydalaniladi.
Pastel — italyan tilidan olingan bo‘lib, "hamir" ma’nosini anglatadi. Rassomlar undan qoralama va grafik ishlarda keng foydalanadilar. Pastellar rangli ingichka bo‘r shaklida bo‘lib, ularning hog‘ozga yopishqoqlik xususiyati kuchli bo‘ladi. Borliqdan barcha narsalar ma’lum masofadan turib kuzatilganda, kuzatuvchiga ularning o‘lchamlari, hajmi, rangi o‘zgargandek bo‘lib tuyuladi va bu hodisa perspektiva deb yuritiladi. Tasviriy san’atning nazariy asoslaridan hisoblangan perspektiva maxsus fan darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, uning chiziqli, havo (rang) va relef (hajm) perspektivasi turlari bor.
Plakat — frantsuz tilidan olingan bo‘lib, "e’lon" ma’nosini anglatadi. Plakat tasviriy san’atning grafika turiga kiradi. Plakatlar kishilar hayotidaga eng muhim bo‘lgan muammolarning echimiga qaratiladi. Plakat — g‘oyaviy tashviqot va targ‘ibot vositasidir. Masalan, tinchlik, ekologiya, OITS kabi muammolar bu janr uchun o‘ta muhimdir. Plakatlar ko‘pincha katta o‘lchamda va rangli qilib ishlanadi.
Plastilin — haykaltaroshlikda ishlatiladigan maxsus qorishma. U mum, loy kabi moddalardan tashkil topgan bo‘lib, hamirsimon bo‘ladi. Plastilindan haykaltaroshlar haykallarning maketini tayyorlashda foydalanadilar.
Plastika — yunon tilidan olingan bo‘lib, "muloyim", "go‘zal" ma’nolarini aglatadigan haykaltaroshlikka doir atama. Unga ko‘ra, obrazlar bo‘rttirilgan holda ifodali qilib, uyg‘unlik qonunlari asosida yaratilgan bo‘ladi.