Rang (havo) perspektivasi — real borliqdan narsa va hodisalarning ranglarida qish ko‘zidan uzoqlashgan sari ro‘y beradigan o‘zgarishlardir. Rang perspekgivasi tufayli ularning ranglari (havo, chang, tuman ta’sirida) o‘zining haqiqiy tusini yo‘qotadi.
Ranglar garmoniyasi — "garmoniya" so‘zi yunon tilidan olingan bo‘lib, "bog‘lanish, uyg‘unlik" ma’nolarini anglatadi. Rangtasvir suratlarda ishlatiltan turli ranglar bir-biri bilan uzviy bog‘lansa, hamohang bo‘lsa, ular ranglar garmoniyasini tashkil etadi. Aksincha, ranglar bir-birlarini inkor etsa, bir-birlari bilan bog‘lanmasa disgarmoniyani keltirib chiqaradi.
Ranglar qarama-qarshiligi (kontrast ranglar) — rangtasvir suvratlarda ishlatiladigan ranglarni bir-birlariga teskari turlari bor. Ular och va to‘q, iliq va sovuq, shaffof va kir, yorqin va xira ranglardir. Ular qarama-qarshi ranglar deb hisoblanadi. Ikki qarama-qarshi rang yonma-yon qo‘yilganda ularning birining yorqinligi kuchayadi, ikkinchisiniki esa susayadi. Bu holat ranglar qarama-qarshligi yoki kontrast deyiladi.
Ranglar doirasi— asosiy (qizil, sariq, zangori) ranglarni o‘zaro aralashtirish orqali hosil qilingan qo‘shimcha 12 xil yoki 24 xil rang tuslarining ma’lum tartibda joylashgan ko‘rinishi.
Relef — lotin tilidan olingan bo‘lib, "qabariq", "bo‘rtma" ma’nolarini anglatadi. Haykaltaroshliqda tasvir tekislik yuzasidan qisman bo‘rtib chiqqan bo‘ladi. Uni barel’ef va gorelef turlari bor.
Reprodukdiya — lotin tilidan olingan bo‘lib, "qayta hosil qilish", "yaratish" ma’nolarini anglatadi. Tasviriy sanatda reproduktsiya deb surat, grafik ish va haykaltaroshlik asarlarini bosmaxona sharoitida ko‘p nusxalarda qog‘ozda ko‘paytirilgan tasvirlariga aytiladi.
Restavratsiya — san’at asarlarini ta’mirlash ma’nosini anglatadi.
Retush — frantsuz tilidan olingan bo‘lib, "tasvirni tuzatmoq" ma’nosini anglatadi. Retush qalam shaklida bo‘lib, uning tarkibi oddiy qalamdan farq qiladi. Unda turli grafik va fotografik ishlarning kamchiliklarini tuzatishda foydalaniladi.
Refleks — yonma-yon turgan narsalar va ularning sirtiga tushayotgan yorug‘lik nurlarining qaytishidan boshqa narsalarning sirtida yorug‘likning jilolanish hodisasi.
Realizm — XIX asrning o‘rtalarida Frantsiyada paydo bo‘lgan ijodiy oqim. U tasvirni haqiqatan hayotda qanday ko‘rinsa — shunday ifodalashni nazarda tutadi. Lekin u fotografiyadan farq qilib, asarning yuqori badiiy va mazmunan boy bo‘lipshni talab etadi.
Ritm — yunon tilidan olingan bo‘lib, "oqaman" ma’nosini anglatadi. Tasviriy san’atda asarning ifodaviylik vositalaridan biri hisoblanib, u asarning tomoshabinga estetik ta’sirini kuchaytirishga yordam beradi.
Suratdagi detallarning, ular shakllarining, ranglarining, o‘lchamlarini qaytarilib yoki almashinib kelishi ritmni hosil qiladi.
Rusalka — rus ranggasvirida uchraydigan boshi ayol, tanasi baliq jonzot tasviri. Uni suv parisi deb ham ataydilar. Sabza — rang nomi, erta bahorda yangi unib chiqqan o‘t-o‘lanlar rangi.