Ro‘zixon djalilova tasviriy san’at kompozitsiyaning shaxs ma’naviyatidagi o‘rni


Kumushrang — rang nomi, kumush metall rangiga yaqin rang. Kesishuv nuqtasi



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə53/70
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#191725
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70
ka 3 монография 2023 21. lotin

Kumushrang rang nomi, kumush metall rangiga yaqin rang.
Kesishuv nuqtasi — ma’lumki, bir xil o‘lchamdagi predmetlar kishi ko‘zidan uzoqlashgan sari kichrayib ko‘rinadi. Bora-bora ular nuqgaga aylanib qolgandek tuyuladi. Bu hodisa ufq chizig‘iga borganida ro‘y beradi. Yoki uzoqlarga qarab yo‘nalgan ikki parallel chiziq borgan sari bir-birlariga yaqinlashib chiziklar oralig‘i kamayib borayotgandek tuyuladi. Oxir-oqibatda bu ikki chiziq bir-birlari bilan kesishgandek tuyuladi va bu ufq chizig‘i ustida ro‘y beradi. Unga kesishuv nuqtasi deyiladi. Masalan, temir yo‘l, tramvay izini kuzatish orqali bunga ishonch hosil qilish mumkin. Buning uchun temir yo‘l yoki tramvay izlarishshg o‘rtasida turib temir izlarining uzoqlashuvi kuzatiladi. Ma’lum bo‘ladiki, temir izlar borgan sari bir-birlariga yaqinlashib boraveradilar va oxirida bu ikki parallel izlar ufq chizig‘iga borganda uning ustida kesishib bir nuqtaga aylanib qoladi.
L
Lavkas — rangtasvir ishlash uchun ishlatiladigan qorishma. U mato, karton kabi materiallarning ustki qismini maxsus suyuq qorishma bilan yopib chiqish orqali tayyorlanadi.
Lessirovka — rangtasvirga xos jarayon bo‘lib, u tayyor ishning ustini pardozlash, sayqallashtirish ma’nosini anglatadi. Bunda qurigan tasvir ustidan yorqin yoki yoqimli bo‘yoq beriladi.
Linogravyura — gravyuraning bir turi bo‘lib, unda tasvir dastlab linoleum parchasi ustida hosil qilinadi. So‘ngra undan qog‘ozga rasm ko‘chiriladi. Bu tasvir texnologiyasida grafik asar ko‘p nusxada tayyorlanishi mumkin.
Lolaro‘y — rang nomi, lola gulining rangiga o‘xshash rang.
Lojuvard — rang nomi, eng to‘q zangori rang.
M
Manzara — tasviriy san’atning janrlaridan biri. Unda tabiat, shahar, shuningdek, industrial, ya’ni sanoat korxonalari va uskunalariga oid ko‘rinishlar tasvirlanadi.
Maishiy (turmush) janr — deb kishilarning kundalik hayoti, turmushi, mexnatini aks ettiruvchi tasviriy san’at janriga aytiladi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin