Rqo‘Q (kompensatsiyalash) to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar va uning vazifalari Reaktiv quvvat iste’molchilari


Tokning iqtisodiy zichligi bo‘yicha tanlash



Yüklə 172,95 Kb.
səhifə14/24
tarix07.01.2024
ölçüsü172,95 Kb.
#208583
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Rqo‘Q (kompensatsiyalash) to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar va unin

Tokning iqtisodiy zichligi bo‘yicha tanlash

O‘tkazgichlarning kesim yuzasi s=Ix/Je sharti bo‘yicha tanlanadi.


Kuchlanish 1000 V gacha bo‘lgan elektr tarmoqlarida bu shart bo‘yicha tanlangan kesim yuzalari (1) va (2) shartlarda tanlangan yuzalardan 2–3 marta katta bo‘ladi. Bu o‘tkazgich materiallarini ko‘p sarflashga sabab bo‘ladi. Shuning uchun bu tarmoqlarda Je bo‘yicha tanlash quyidagi hollarda ishlatiladi.
a). Agar Tm>60007000 soat bo‘lsa:
b). Elektroliz qurilmalarining elektr o‘zgarmas tokli tarmoqlarida.
Quyidagi 4.1–jadvalda tokning iqtisodiy zichligi haqida ma’lumotlar keltirilgan:
Tokning iqdisodiy zichligi
4.1jadval


O‘tkazgich turi

Yuklama maksimumidan foydalanish yillik soatlari soni, Tm, soatga bog‘liq holda tokning iqtisodiy zichligi j, A


1000–3000


3000–5000


5000–8700


1.

Mis simlar

2.5

2.1

1.8

2.

Alyuminiy ochiq simlar va shinalar


1.5

1.4

1.3

3.

Polivinilxlorid izolyatsiyali simlar:


a) Mis tomirli


3.0

2.5

2.0

b) alyuminiy tomirli

1.8

1.6

1.5

4.

Rezina va plasmassa izolyatsiyali kabellar


a) mis tomirli


3.5

3.1

2.7

b) alyuminiy tomirli

2.2

2.0

1.9

V–BOB

REAKTIV QUVVATNI AVTOMATIK ROSTLASh VA O‘LChOV TRANSFORMATORLARI

  1. MA’RUZA



MAVZU: O‘lchov transformatorlari
Reja:
  1. O‘lchash transformatorlari


  2. Tok qiymatini o‘lchash


  3. Kuchlanishni o‘lchash


ETTda quyidagi elektr parametrlari o‘lchanadi: elektr energiyani sarfi, kuchlanish va tokning qiymatlari.EE sarfini o‘lchashning 2 xil usuli bor. 1).To‘lovlar uchun (kommercheskiy); 2).Texnik yoki nazorat o‘lchovi. To‘lovlar uchun o‘lchash elektr energiyasi uchun xaq to‘lashga ishlatiladi. Texnik o‘lchash natijalari korxonaning ichki ehtiyojlari uchun ishlatiladi. Energiya o‘lchashlari aktiv va reaktiv energiya hisoblagichlari yordamida amalga oshiriladi.


1.To‘lov uchun hisoblar.
To‘lov uchun hisoblarda ishlatiluvchi aktiv energiya hisoblagichlarining aniqlik sinfi quyidagicha:
220330 kV li tarmoqlarda va transformatorning quvvati 63 MVA va undan ortiq bo‘lsa–0.5, agar transformator quvvati 440 mVA bo‘lsa–1.0, qolgan hollarda–2.0. Tok transformatorlarining aniqlik sinfi quyidagicha: energetika tizimi tarmoqlarida kuchlanish 35 kV va undan ortiq bo‘lsa–0.5; agar to‘lov hisoblagichlari BPP ning 610 kV li tomonida bo‘lsa–1.0.
To‘lov hisoblagichlari, agar korxona radial liniyadan ta’minlansa, tuman podstansiyasida korxonaga ketuvchi liniyaning boshiga qo‘yiladi. Agar korxona o‘tib ketuvchi (tranzit) liniyadan energiya olsa, to‘lov hisoblagichlari korxonaga kirish joyiga o‘rnatilgan TT ga ulanadi. Agar YuK tomonida 0.5 sinfli TT bo‘lmasa, to‘lov hisoblagichlari PK tomonidagi 0.5 sinfli TT ga ulanadi. Bu holda BPP transformatorlardagi energiya yo‘qotishlari hisoblash yo‘li bilan topilib, hisoblagich ko‘rsatkichlarga qo‘shiladi.
Nazorat hisoblagichlari va ular uchun ishlatiladigan tok transformatorining sinflari to‘lov o‘lchashlari uchun ishlatiladigan hisoblagichlar va tok transformatorlari sinflaridan bir pog‘ona past bo‘lishi mumkin.
Nazorat hisoblagichlari BPP ning 610 kV li tarqatish qurilmasida, BPP dan va oraliq RPdan ketuvchi liniyalar boshiga qo‘yiladi. Agar kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan sex transformatorlarida mahsulot tannarhini aniqlash texnik–iqtisodiy hisoblar o‘tkazish zaruriyati doimo mavjud bo‘lsa, shu Iste’molchilarga ketuvchi liniyalariga ham aktiv hisoblagichlar o‘rnatiladi. Reaktiv energiya hisoblagichlari to‘lovlar va nazorat uchun ishlatiladi. Ularning ko‘rsatgichlari aktiv hisoblagichlarga mos keladi. Reaktiv hisoblagichlarning o‘rnatish joylari aktiv hisoblagichlar bilan bir xil bo‘lib, qo‘shimcha ravishda kondensator batareyalari ham shunday hisoblagichlar bilan ta’minlanadi.

Yüklə 172,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin