EI va I lar yuklamalarini sex ichida va sexlar bo‘yicha tarqalishni ko‘rsatuvchi rejaga yuklamalar kartogrammasi deb aytiladi. Kartogrammani EI larning sexlardagi joylashish rejasida quriladi. Agar kartogrammani korxonaning bosh rejasida qurilsa, EI sifatida sexlar ko‘riladi. Kartogrammalar aktiv va reaktiv yuklamalar uchun alohida quriladi (4.5–rasm).
4.5–rasm. Yuklamalar kartogrammasi.
Yuklamalar kartogrammasini sexlar yuklamalariga maydonlari ma’lum masshtabda mos keluvchi doiralar ko‘rinishda bosh rejada chizish keng tarqalgan. Bu doiralarning markazi sexlarning yuklamalar markazi (EYuM) da joylashadi. Dastlab, 380 V kuchlanishli yuklamalar uchun kartogramma qurilishni ko‘ramiz. Kartogramma qurish uchun har bir sexning yuklamasiga maydoni ma’lum masshtabda muttanosib (proporsional) bo‘lgan doiralarning radiuslari topiladi:
Ri=*Ri2*m (4.1)
Bu yerda =3.14; Ri–doira radiusi, m–masshtab; m ning qiymati barcha doiralar uchun bir xil bo‘lib, qo‘yidagicha topiladi. Yuklamasi eng katta (Rh.max) sex olinib, uning rejpsida ixtiyoriy Rmax radiusli doira chiziladi. Radius uzunligi shunday olinadiki, doira sex rejasini chetlardan xatto biroz tashqariga chiqishi mumkin. Bunda (4.1) dan masshtab m ni topish mumkin.
(4.2)
Qolgan sexlarning radiuslari quyidagicha topiladi:
, sm (4.3)
Bu yerda uzunlikni o‘lchash uchun eng qulay o‘lchov birligi santimetr (sm) hisoblanadi. Rxs=Rh.k.uch+Rx.yorit bo‘lgani uchun doiradan maydonni yoritish yuklamasiga teng bo‘lgan sektor ajratiladi. Bu sektorning burchagi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
(4.4)
Agar sexda 6, 10, 35 va 110 kV kuchlanishli elektr ishlatuvchilar va iste’molchilar bo‘lsa, unda qurib bo‘lingan yuklamalar kartogrammasi doiralari bilan umumiy markazga ega bo‘lgan tashqi doiralar chiziladi. Sexning umumiy yuklamasi Rh=Rh.s+Rh.yu.k. bunda Rh.s.–sexdagi 380/220 V li yuklamalar, Rh.yu.k–yuqori kuchlanishli yuklamalar.
Sexning umumiy yuklamasi Rh bo‘yicha tashqi doira (doiralar) bizga ma’lum masshtab m orqali quriladi. Bitta sexda umumiy markazi bo‘lgan bir nechta doira chizilishi mumkin. Bir–birini o‘z ichiga oladigan bunday doiralar soni kuchlanishlar soniga teng bo‘ladi.
Aktiv quvvatlar kartogrammasi BPP va RP ning ratsional o‘rnatish joyini tanlashga imkon beradi. Ba’zan reaktiv yuklamalar kartogrammasi ham quriladi. Bu kartogramma reaktiv quvvatni o‘rnini qoplash markazlashtirilgan tarzda bajarilsa ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |