Rqo‘Q (kompensatsiyalash) to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar va uning vazifalari Reaktiv quvvat iste’molchilari



Yüklə 172,95 Kb.
səhifə8/24
tarix07.01.2024
ölçüsü172,95 Kb.
#208583
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Rqo‘Q (kompensatsiyalash) to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar va unin

b). Elektrotexnologik qurilmalarda kuchlanish nominal qiymatidan past bo‘lsa, ulardagi texnologik jarayon cho‘ziladi va elektr energiyasi sarfi ortib ketadi.
v). Yoritish jihozlarga kuchlanish og‘ishining ta’sirini ko‘ramiz. Kuchlanish nominaldan past bo‘lsa, cho‘g‘lanma lampalarining yorug‘lik oqimi kamayadi. Gaz razryadli lampalar o‘chib qolishi mumkin. Agar kuchlanish nominaldan ortiq bo‘lsa, lampalarning ishlash muddati qisqarib, katta zarar ko‘riladi. Yoritish tarmoqlarida +5% va–2.5% kuchlanish og‘ishiga yo‘l qo‘yiladi.
Qolgan EI lar uchun 5% kuchlanish og‘ishiga yo‘l qo‘yiladi.
Kuchlanish tebranishining EI lar ishiga ta’sirini ko‘ramiz. Agar AD ulangan elektr tarmoqlarida 15% ortiq kuchlanish pasayishi ro‘y bersa, motor magnit yurgizgich (magnitnыy puskatel) tomonidan tarmoqdan uziladi. Bu texnik jarayonni buzilishiga olib keladi. Kuchlanish tebranishiga eng sezgir yoritish asboblari hisoblanadi. Agar tarmoqda kuchlanish tebranishi tez–tez kuzatilsa, yoritish asbob (pribor) larining yoritishi tez o‘zgarib, ishchilarning ish paytidagi ko‘rish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kuchlanish tebranishini ta’sirini kamaytirish uchun tez o‘zgaruvchan EI lar alohida transformatordan yoki alohida liniyalardan ta’minlanishi kerak. Alohida transformatorga chiqarish asosan yoritish tizimi ishiga ta’sir bo‘yicha belgilanadi. Bunda bir soat ichida yo‘l qo‘yiladigan tebranishlar soni n quyidagicha topiladi:
n=
Yo‘l qo‘yiladigan tebranishlar sonini haqiqiy tebranishlar soni nx bilan solishtiramiz. Agar n> nx bo‘lsa, bitta umumiy transformatordan ta’minlash mumkin. nx bo‘lsa, yoritish yuklamalari uchun alohida transformator o‘rnatish kerak.

Elektr ta’minoti tizimida nosinusoidallik haqida tushuncha

Kuchlanishlar nosinusoidalligi(NS)

Elektr stansiyasidan elektr energiyasi kuchlanishi oniy qiymatining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi sinusoida ko‘rinishida chiqadi. Kuch transformatorlari, motorlar, to‘g‘rilagichlar va barcha o‘zgaruvchan EI lari sinusoidal kuchlanishda ishlashga mo‘ljallangan. Ba’zi hollarda, agar korxonada volt–amper tavsifi chiziqli bo‘lmagan (nochiziqli) EI lar mavjud bo‘lsa, elektr tarmoqlaridagi kuchlanish grafigi sinusoidadan farqli bo‘lib qoladi. Bularga elektr yoyli pechlar, elektr payvandlash mashinalari, boshqariluvchi va boshqarilmaydigan to‘g‘rilagichlar, elektrovozlar kiradi.


Kuchlanishning nosinusoidal grafigi Fure qatoriga yoyilsa, uni –tartibli garmonika sinusoidalar yig‘indisidan iboratligini ko‘ramiz. =1 garmonika asosiy garmonika deyiladi. Tartibi >2 bo‘lgan garmonikalar–yuqori tartibli garmonikalar deyiladi. Ko‘prik sxemali boshqariluvchi to‘g‘rilagichlar ulangan tarmoqlarda paydo bo‘ladigan yuqori garmonikalar tartibi  quyidagicha topiladi:
=mk  1
Bu yerda: =0,1,2,...n–natural sonlar qatori; m–to‘g‘rilash fazalari soni; Larionov sxemasi bo‘yicha ulangan 3 fazali to‘g‘rilagich uchun m=6,12 ta tiristorli 2 ta ko‘prikli sxema uchun m=12 va hokazo.
Kuchlanish nosinusoidalligi quyidagicha salbiy ta’sirlar ko‘rsatadi:
  1. Elektr tarmoqlaridagi yuqori tartibli garmonikalar qo‘shimcha quvvat yo‘qotishlari hosil qiladi va elektr qurilmalarining ishlash muddati qisqaradi;


  2. Avtomatika vositalarining ishi buziladi, elektr o‘lchovlari qiyinlashadi;


  3. Elektr aloqa kanallarida halaqitlar paydo bo‘ladi;


  4. Kondensator batareyalari qizishi va ishdan chiqishi mumkin. Chunki, kondensatorning yuqori garmonikalarga qarshiligi garmonika tartibiga proporsional ravishda kamayadi.


Nosinusodallikni kamaytirish uchun turli tadbirlar mavjud. Bularga quyidagilar kiradi:


a). To‘g‘rilagichlardagi m ni oshirib, m=12, 24, 36 sxemalariga o‘tib, 5, 7, 11, 13, 23, 25, 35, 37 va xakazo garmonikalarni yo‘q qilish mumkin.

3.1–rasm. 5, 7, 11 va 13–garmonikalar filtrlarini ulash sxemasi


b). Eng yaxshi natija L–C filtrlarni qo‘llab olinadi (31.1–rasm). Bu filtrlar tarmoqqa ketma–ket ulanuvchi past kuchlanishli reaktordan va parallel ulanuvchi kondensator batareyasidan iborat bo‘lib, ma’lum tartibli garmoniklarni yo‘qotishga moslanadi.
L–C filtrlarning afzalligi ularning nosinusoidallikni kamaytirishdan tashqari reaktiv quvvatni o‘rnini qoplash uchun ham ishlatiladi. Kamchiligi katta gabarit o‘lchamlarga ega, og‘irligi katta va narhi ancha qimmat.
Nosinusoidallik darajasi maxsus nosinusodallik koeffitsienti orqali belgilanadi:
Kns= 100 %
Bu yerda: U–tartibi 2 bo‘lgan kuchlanishlar, U1–asosiy garmonika.
Kns5% bo‘lsa, nosinusoidalikning ta’siri kam bo‘ladi va yuqori tartibli garmonikalarni yo‘qotish tadbirlari ko‘rilmaydi.

Yüklə 172,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin