Korxona podstansiyasi shinalaridagi haqiqiy kuchlanish bilan nominal kuchlanish orasidagi farq kuchlanish og‘ishi deyiladi va quyidagicha aniqlanadi:
Kuchlanish og‘ishi voltlarda, foizlarda yoki nisbiy birliklarda ishlatiladi.
Amalda kuchlanish og‘ishi quyidagi asosiy faktorlarga bog‘liq:
Elektr energiyasi manbasi bo‘lgan energetika tizimdagi kuchlanish rejimiga;
ETT elementlaridagi kuchlanish yo‘qotishlariga;
Kuchlanishni rostlovchi qurilmalar hosil qilgan qo‘shimcha kuchlanishlarga.
Kuchlanish tebranishi kuchlanishning bir–biriga qo‘shni bo‘lgan eng katta Umaks va eng kichik Umin qiymatlari orasidagi farqqa aytiladi. Kuchlanish tebranishi ham kuchlanish og‘ishi singari voltlarda, nisbiy birlik yoki foizda aniqlanishi mumkin. Transformatsiya koeffitsienti ishlatilmaydigan nisbiy birliklar yoki foizlar eng qulay hisoblanadi.
Kuchlanish tebranishi quyidagicha ifodalanadi:
U=
Kuchlanish og‘ishi va kuchlanish tebranishi orasidagi farq kuchlanishning vaqti bo‘yicha o‘zgarish tezligi bilan aniqlanadi. Agar o‘zgarish tezligi sekundiga 1% dan kichik bo‘lsa–kuchlanish og‘ishi, 1% sekunddan katta bo‘lsa–kuchlanish tebranishi deb qabul qilinadi.
Kuchlanish tebranishi katta quvvatli, tez o‘zgaruvchan ish rejimga ega bo‘lgan EI larning ishi natijasida hosil bo‘ladi. Bunday EI larga elektr payvandlash mashinalari, elektr yoy pechlari, ish rejimlari qaytariluvchi–qisqa muddatli elektr yuritmalar kiradi (prokat stanlari, kranlar).
Kuchlanishlar og‘ishi va tebranishining iste’molchilar ishiga ta’siri
a). Kuchlanish og‘ishining AD ishiga ta’siri. AD mexanik tavsifining qattiqligi katta bo‘lgani uchun kuchlanish 5% ga kamaysa, motor tezligi tahminan 1% ga kamayadi; kuchlanish 10% kamaysa, 2,5% gacha kamayadi. Shuning uchun AD va SM uchun 5% gacha kuchlanish pasayishiga yo‘l qo‘yiladi. Kuchlanish nominal kuchlanishdan kattaroq bo‘lsa, motorlar tezligiga kam ta’sir ko‘rsatadi, ammo, stator toki ortadi va motor ko‘proq qiziydi. Kuchlanishni 10% gacha ortishiga yo‘l qo‘yiladi.