Rqo‘Q (kompensatsiyalash) to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar va unin
O‘rnini qoplash qurilmalarining quvvatini tanlash
Reaktiv quvvat manbasi sifatida ishlatiladigan qurilmaning kerakli quvvati quyidagicha topiladi:
Ыk.q=Ro‘.yil*(tgo‘.yil–tgnorm).
Bu yerda Ro‘.yil=Wyil/Tyil–o‘rtacha yillik aktiv quvvat.
tgo‘.yil=Vyil/Wyil=(Ыh*Tmr)/(Rh*Tm)–yillik o‘rtacha reaktiv quvvat koeffitsienti.
Tm va Tmr–aktiv va reaktiv quvvat maksimumlaridan foydalanishning yillik soatlar soni [A6].
tgnorm–normativ reaktiv quvvat koeffitsenti bo‘lib, qiymati cosnorm bo‘yicha hisoblanadi. Agar korxona tuman podstansiyasidan ta’minlanib, 2 ta pog‘onali transformatsiya BPP, TP mavjud bo‘lsa, cosnorm=0.95 ga teng bo‘ladi. Agar 1 ta pog‘onali transformatsiya (TP) bo‘lsa, cosnorm=0,93, korxona generator kuchlanishi ostida ta’minlansa, cosnorm=0,85 deb olinadi [A4].
Quvvati 80–100 kVtdan ortiq AD va boshqa EI lar uchun induvidual o‘rnini qoplash (induvidual kompensatsiya) eng yaxshi samara beradi.
Guruh uchun o‘rnini qoplash, agar talab qilinadigan reaktiv quvvat miqdori Ыkq qiymati 110 kVar atrofida yoki undan ortiq bo‘lsa, ishlatiladi. Agar EI lar va ular ning guruhlarining Ыkq quvvati turlicha bo‘lib, sex ichida kondensator batareyalarini o‘rnatish iloji bo‘lmasa, markazlashtirilgan o‘rnini qoplash ishlatiladi. 610 kV li tarmoqlarda SM bo‘lsa, uning reaktiv quvvati ЫSM kerakli quvvat Ыkq bilan solishtiriladi: agar ЫSM>Ыkq bo‘lsa, unda SM reaktiv quvvatiga ehtiyojni to‘la qoplaydi va KB o‘rnatilmaydi.
Agar ЫSM<Ыkq bo‘lsa, qo‘shimcha ravishda quvvati Ыkq–Ыsm ga teng yuqori kuchlanishli KB o‘rnatiladi. Kuchlanishi 1000 V gacha elektr tarmoqlarida KB ishlatilib, ularning quvvati Ыk bo‘yicha tanlanadi.
KB larning soni quyidagicha topiladi. 610 kV li tarmoqlarda KB lar soni shinalar seksiyalari soniga teng yoki unga karrali bo‘lishi kerak. 380 V da KB lar soni TP transformatorlari soniga teng yoki unga karrali bo‘lishi kerak.
1–misol. Agar Ыkq=230 kVAr bo‘lsa, 1 ta transformatorli TP uchun 1 ta 1*220 kVAr quvvatli KB qabul qilamiz. 2 ta transformatorli TP uchun bo‘lsa, Ыk=2*110 kVAR quvvatli kondensator batareya tanlaymiz.
2–misol. St=2*2500 kVA quvvatli TP uchun KB lar soni va quvvati tanlansin. Ыkq=1980 kVA ekanligi hisoblab topilgan.
Ыk=6*320=1920 kVAR yoki Ыkt1+Ыkt2=3*320+3*320 kVAR KB qabul qilamiz.
Bu yerda: Ыkt1, Ыkt2–TP 0,4/0,23 kV li tarqatish qurilmasi 1 va 2 seksiyalariga ulanadigan kondensator batareyaning umumiy quvvati:
Ыk1=Ыk2=3*320=960 kVAr