S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/136
tarix16.12.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#183403
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   136
Parazitologiya.Дадаев С

28-rasm . 
S erb ar 
tasm asim on
ch u valch an gin in g h ayotiy sikli:
1-asosiy xo'jayin - odam, 2-tashqi
muhitga chiqayotgan serbar tasm asi­
mon chuvalchangining tuxumi, 3-ko-
ratsidiyning tuxumdan chiqishi, 4-er-
kin suzib yurgan koratsidiy, 5-birinchi
oraliq xo'jayin - siklop, 6-ikkinchi
oraliq xo'jayin - baliq muskulida
plerotserkoid lichinkasi bilan.
B o 'g 'im lar, y a ’ni proglottidaiar soni har bir voyaga yetgan keng tasm asimon 
chuvalchangda 4000 tagacha boradi. B o 'g 'im la m in g eni b o 'y ig a nisbatan uzun
79


bo'ladi. Skoleksi, y a ’ni boshchasi, boshqa tasmasimon chuvalchanglardan farq qi­
ladi. Ularning boshchasida so 'rg 'ic h o 'm id a 2 ta chuqur egatchalar - botriyalari 
mavjud, shu organi yordamida ular ichak devoriga yopishadi.
Xitinli ilmoqchalari y o ‘q. Germafrodit proglottidalarida jinsiy organlar sistema­
si qoramol tasmasimonnikiga o'xshash, lekin keng tasmasimon chuvalchanglarda 
3 ta teshik tashqariga ochiladi, bularning biri bachadon teshigi, qolganlari esa qin 
va urug' yo'llari teshigi hisoblanadi. M azkur teshiklar boshqalam ikiga o 'xshab 
proglottidalaming yon tomonlariga ochilmay, balki oldingi yuzasiga ochiladi. Oxir­
gi b o 'g 'im larin in g kengligi uzunligiga nisbatan ancha serbar bo'lganligi uchun 
parazitning nomi serbar yoki keng tasmasimon chuvalchang deyiladi. Yetilgan 
b o 'g 'im la r bem or axlati orqali tashqariga chiqadi.
U ru g 'd o n lar har bir b o 'g 'im d a 7 0 0 -80 0 tagacha, tuxumdoni esa bir dona bo'lib, 
ikki bo'lak d an iboratdir. Yetilgan b o 'g 'im lard ag i bachadonlar ham o'zining shox- 
lanishi bilan boshqa tasmasimon chuvalchanglardan farq qiladi.
Bachadon shoxlari uzun, har bir b o 'g 'im n in g markazida, y a ’ni o'rtasida joy lash ­
gan, shakli rozetkasimon, gul bezagiga o'xshaydi.
Keng tasmasimon chuvalchangning rivojlanishida 3 ta xo'jayin ishtirok eta­
di. Asosiy xo'jayini - odam, mushuk, it, tulki, ayiq va boshqalar. Birinchi oraliq 
xo'jayini suvda yashovchi mayda qisqichbaqasimoniar (siklop va diaptomuslar) va 
ikkinchi oraliq xo'jayini (qo'shim cha xo'jayini ham deb ataladi) baliqlar (cho'rtan, 
okun, losos) hisoblanadi.
Bunda asosiy xo'jayinda yetilgan keng tasmasimon chuvalchangning tuxumlari 
axlat bilan birga tashqi muhitga chiqariladi. Bu tuxumlar faqat suvda rivojlanadi. 
Oradan 3 -5 hafta o'tgach, tuxumdan usti kiprikchalar bilan qoplangan koratsidiy 
chiqadi. Korasidiy sharsimon bo'lib, suvda kipriklari yordamida suzib yuradi. Ko- 
ratsidiyiaming kiprikli epiteliyasi ostida 6 ilmoqli onkosfera bo'ladi. Koratsidiy- 
lami suvdagi qisqichbaqasimonlardan - sikloplar ozuqa sifatida yutib yuboradi.
Sikloplar ichida koratsidiylar kipriklarini yo'qotadi va onkosferalar ichak de- 
vorim teshib tana b o 'sh lig 'ig a o'tadi. Bu joy d a onkosfera keyingi lichinkalik stadi- 
yas! - protserkoidga aylanadi.
Protserkoidning bosh qismida 6 ilmoqli yumaloq, kichkina o 'sim ta bo'ladi. 
Protserkoidnmg rivojlanishi 3 haftacha davom etadi. Keyinchalik bunday lichinka­
lar bilan zararlangan sikloplami cho'rtan, nalim va b a z i losossimon baliqlar yutib 
yuboradi. Protserkoidlar baliq osnqozonidan muskullari, jigari va bosnqa organiari- 
ga o 'tad i va keyingi lichinkalik davri - plerotserkoidga aylanadi. Plerotserkoidning
80


uzunligi 10-15 mm b o ii b , bosh qismida so'rg'ichlar - botriylari aniq shakllangan- 
dir. Bu lichinkalik stadiya yuqumli hisoblanadi.
O dam lar xom va chala pishirilgan plerotserkoidli baliq go'shtini yoki ikrasini 
iste’mol qilganda, serbar tasmasimon chuvalchangni o'zlariga yuqtiradilar. Odam 
organizmida 2 1 -3 6 kundan keyin plerotserkoiddan 8-15, b a ’zan 20 m uzunlik- 
dagi jinsiy voyaga yetgan keng tasmasimon chuvalchang yetishadi. Shuni ham 
aytib o'tish kerakki, bu parazitning rivojlanishida asosiy xo'jayin va ikkita oraliq 
xo'jayindan tashqari, ayrim hollarda, yana rezervuar xo'jayin ham ishtirok etishi 
mumkin. Bunday rezervuar x o ‘jayinlar har xil yirtqich baliqlar bo'lib, ular plero- 
tserkoid bilan zararlangan mayda baliqlarni yutib yuboradi. Bunda mayda baliqlar- 
dagi plerotserkoid yirtqich baliqlar muskullariga va boshqa organlariga o'rnashadi 
va o'zining tiriklik holatini saqlab qoladi. Masalan, bitta cho'rtan baliqda 250 ta- 
gacha plerotserkoid uchraganligi aniqlangan. Bir sutkada kasallangan odam yoki 
hayvon ichagidagi parazit tashqi muhitga 2,1 mln. gacha tuxum chiqaradi.
Serbar tasmasimon chuvalchang keltirib chiqaradigan kasallik difillobotrioz 
deb ataladi. Bu parazit odam ichagida 15 yilgacha va undan ham ko'proq yashashi 
mumkin. Ular yirik bo'lganligi uchun jud a ko 'p ovqatni iste’mol qiladi. Bir odam 
ichagida 143 tagacha parazit uchraganligi m a ’lum. Difillobotrioz bilan kasallangan 
odamlarda bosh og'rishi, ish qobiliyatimng pasayishi, ko'ngli behuzur bo'lishi, ich 
yurishining o'zgarishi kabi holatlar kuzatiladi. Odamda gemoglobin va eritrotsitlar 
miqdori kamayib ketadi, bu esa kamqonlik kasalligini tug'diradi. Parazit o'zidan 
turli zaharli moddalar ajratib chiqarib organizmni zaharlaydi.
Serbar tasmasimon chuvalchang daryo va ko'llar bo'yidagi aholisi ko'pincha 
baliq bilan oziqlanadigan hududlarda keng tarqalgan (masalan, Kareliyada, Sankt- 
Peterburg viloyatida, Boltiq bo'yida. Sibirda, Irtish, Ob. Lena, Yenisey, Amur, Pe­
chora, Neva, Volga havzalarida. Baykal ko'li atrofida yashaydigan aholi va yirtqich 
hayvonlar k o'p zararlangan).
Difillobotrioz kasalligiga qarshi yalpi kurash tadbirlari ko'riladi. Jumladan, 
kasallangan odamlami davolash, suv havzalarining ifloslanishini oldini olish, zarar­
langan baliqlarni, y a ’ni yaxshi tuzianmagan va yangi muzlatilgan baliqlarni, ular­
ning ikraiarini iste’mol qilmaslik, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish kabi 
tadbirlar amalga oshiriladi. Kasallangan odamlar fenasal va oshqovoq urug'i bilan 
davolanadi.

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin