demakdir. Masalan, kichkina halqali chuvalchang zohid qisqichbaqa joylashib
olgan chig‘anoqlarda yashab, qisqichbaqadan qolgan ozuqa hisobiga ovqatlanadi
yoki yopishqoq baliq orqa suzgichi bilan akulaga yopishib passiv harakat qiladi,
undan qolgan oziqlar hisobiga yashaydi. Bunda yopishqoq baliq akulalar hisobiga
boshqa joylarga tarqaladi, bunga epioykiya deb ham ataladi.
Dushmanlik (antagonistik) munosabatda (simbiozda) ikki organizm birga yashab,
bir-biriga zarar keltiradi. Bularga yirtqichlik hamda parazitizm misol b o ‘ladi. Ular
parazitlik qilib hayot kechirishi bilan xarakterlanadi. Lekin
yirtqich bilan parazit
bir-biridan ajralib turadi. Yirtqichlar hamma vaqt o ‘z o'ljalaridan kuchli bo ‘lib,
ularni o id irib to ‘liq yoki qisman iste’mol qiladi (masalan, b o ‘ri bilan qo‘y). Parazit
esa o ‘z xo‘jayiniga nisbatan kuchsiz, shuning uchun uni o'ldirishga kuchi yetmay-
di, faqatgina kasallantiradi. U o 'z egasining tanasida doimiy yoki vaqtincha yashab,
uning hisobiga hayot kechiradi. Ayrim hollarda giperparazitizm (o ‘ta parazitlik)
uchraydi. Bunda bir parazit ikkinchi parazitning tanasida yashaydi. Masalan, ayrim
bir hujayrali hayvonlar - (sporalilardan nozemalar) toksakara degan nematodaning
jinsiy organlarida yoki bunostomalar moniyeziy tanasida parazitlik qiladi.
Kamdan-kam holda soxta parazitizm ham uchrab turadi. Bunda ayrim orga-
nizmlar evolutsion taraqqiyot davrida moslashmagan ikkinchi organizm tanasiga
tasodifan tushib qoladi. Lekin bu organizm tanasida yasholmaydi (masalan, yom g'ir
chuvalchangi umurtqali hayvonlarning ichagidan chiqishi mumkin). Chuchuk suv
da yashaydigan zuluklar mayda suv hayvonlari uchun yirtqich, lekin sutem izuvchi
lar uchun parazit hisoblanadi.
Yashash joyiga qarab parazitlar tashqi-ektoparazitlar (bunda parazit xo'jayini
tanasining sirtida yashaydi) va ichki-endoparazitlarga (bunda parazit xo ‘jayini
tanasining ichki to'qim a yoki bo'shliqlarida yashaydi) bo‘linadi. Bundan tashqari,
parazitlami, parazitlik qilish muddatiga ko‘ra, vaqtinchalik va doimiy (statsionar)
parazitlarga bo ‘lish mumkin.
Vaqtinchalik parazitlar odatda tashqi muhitda yashaydi va ko'payadi. Hayvonlar-
ga faqat oziqianish uchun hujum qiladi (masalan, so'nalar, kanalar va boshqalar).
Doimiy parazitlar odatda xo'jayin organizmi ichki organlarida yoki
uning terisi
ustida uzoq vaqt parazitlik qiladi, ayrim hollarda xo'jayini tanasida umrining oxi-
rigacha yashaydi. Bularga ko'pgm a parazit chuvalchanglar, bo'kalar lichinkasi, bit
lar, qo'tir kanalarini kiritish mumkin.
Parazitlami vaqtincha yoki doimiy o 'z hisobiga oziqlantiradigan organizm
parazitning xo'jayini deb ataladi. Odatda definitiv (haqiqiy, asosiy), oraliq,
qo'shim cha va rezervuar xo'jayinlar farq qilinadi. Shuningdek,
obligat hamda