Asarni sinchikiab kuzatar ekanmiz, e’tiborimiz bolalar boshidagi o‘zbek do'ppisiga, hatto salla o ‘ragan bolani ham ko‘rish mumkin. Bolalardagi sabr-toqat, axloq, odob, ilm olishga moyillik, fikri teranlik, andisha kabi sharqona xislatlarni sezish mumkin. Domladagi aql-farosat, zakovat, salobat, ilmliligi donishmandlarga xos fikrlashi, lavh ustidagi kitob, kuzatuvchini o‘ziga maftun etadi. Batal janr - «batal» fransuzcha so‘z b oiib , «jang», «urush» ma’nosini bildiradi. Tarixiy urush voqealarini, harbiy yurish manzaralarini aks ettiruvchi janr. Batal janr mavzusi jihatidan tarixiy janrga yaqin turadi. Jang bilan bevosita b ogiiq boigan tarixiy voqealarni ham ko'rsatadi. Musavvirlardan M.Grekov, G.Savitskiy, A.Deyneka, R.Rizamuhamedov (Muqanna qo‘zg‘oloni), T.Sodiqov (To‘marisning qasosi), M.Nabiyevlarning (Spitamen qo‘zg‘oloni) asariari bunga yorqin dalil b o ia oladi. Eramizdan avvalgi IV asrda Yunon bosqinchilariga qarshi kurashgan adolatparvar, mard xalq qahramoni Spitamen taniqli ijodkor M.Nabiyev mo‘yqalamiga mansubdir. U o‘zining «Spitamen qo‘zg‘oloni» asarida Spitamenning yorqin qiyofasini o‘z askarlari va yunon bosqinchilarining qonli janglar fbnida mohirona aks ettirgan. 80
T www.ziyouz.com kutubxonasi
Asardagi har bir epizod, icishilar yuzidagi qahr-g‘azab, dushmanga boigan nafrat, ranglar jozibasi nihoyatda o ‘z yechimini topgan. Maishiy janr - tasviriy san’atda kishilaming kundalik maishiy hayotini, turli voqealami o‘zida mujassamlashtiradi. Rangtasvirda aks