monda yengil parcha-parcha bulutlar paydo bo‘ladi. Ertalab kuzgi ekin va 0
‘tlaming usti oppoq qirov bilan qoplanadi. Yerga to‘kilgan daraxt barglari oyoq ostida shitirlaydi. Oktabr oyida kech pishar mevalar terib olinadi va tokdagi shirin-shakar uzumlar uziladi. Yong‘oq qoqiladi. Kechki kartoshka, sabzi, piyoz, lavlagi kabi savzavotlar yig'ishtirib olinadi. Bunday ishlarni amalga oshirishda o‘quvchilar ota-onalariga, maktab bog‘ida esa maktab jamoasiga yordam beradilar. Kuzda shahar va qishloqlarda ko‘chat o‘tkazish oyligi boshlanadi. Bu ishlarda ham bolalar kattalar bilan bir qatorda qatnashadilar. Kuzgi yig‘im-terim ishlari nihoyatda zavqlidir. Sayohat jarayonida o‘qituvchi emotsional- estetik vaziyat hosil qilish maqsadida bolalarga kuz va kuzgi ishlar haqidagi she’rlardan namunalar o'qib beradi. She’r o‘qib bo‘lingandan so‘ng, tabiatning ko'rinishi bolalar bilan birgalikda tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida kuzatilayotgan manzara yuzasidan bolalarga savollar beriladi. Bu savollar quyidagicha bo‘lishi mumkin: - kuzda tabiatda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? - qarshingizdagi manzarada qanday daraxt turlarini ko‘ryapsiz? - daraxtlarning o‘lchami bir xilmi? - daraxtlarning shakli bir-biridan qanday farq qilib turibdi? - e’tibor bering, daraxt shoxlarining yo‘g‘onligi bir xilmi? - daraxtlarning tanasi va shox-shabbalarining tuzilishi qanday? - osmonga ham razm soling, uning rangi qanday? - osmondagi bulutlaming shakli yoki rangi qanday (bulutlar bor bo'lsa)? 59
www.ziyouz.com kutubxonasi
- o‘t va daraxtlaming rangida farq bormi? - tabiatni kuzatish jarayonida yaxshi taassurot qoidirgan narsa