tomondan rangdor oynali va panjarali darchadan yorug‘lik tushib turadi. Maqbara ichiga Ulug‘bek tomonidan qurdirilgan usti berk yo‘lak orqali 94
www.ziyouz.com kutubxonasi
kiriladi. Maqbarada Amir Temur, uning ikki nabirasi Muhammad Sulton va Ulug‘bek, ikki o‘g‘ii Shohruh va Mironshohning sag‘analari bor. Maqbara o'zining aniqligi, shaklining oddiyligi, badiiy bezaklarga boyligi, nafisligi va ulug'vorligi bilan dunyodagi eng mashhur me’moriy obidalar qatoridan o‘rin oigan. Milliy me’morlik tarixida shuhrat qozongan me’morlardan Ustod Baqo (Buxorodagi «Minorayi Kalon»), Muhammad Yusuf (Shahrisabzdagi «Oq saroy»), Usto Abdujabbor (Samarqanddagi «Sherdor»), Shamsiddin va Zayniddin Buxoriylar (Samarqanddagi «Shohizinda» ansambli), Ota Muhammad, Usta Shirin Murodov (Buxorodagi «Sitorai Mohi Xosa»)lami eslab o‘tish joizdir. 0 ‘zbekistonning qadimiy me’morlik san’ati azaldan mashhur. 0 ‘zbekiston hududida mingdan ortiq me’moriy obidalar mavjud. Ular ayniqsa, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Namangan, Surxondaryo kabi viloyatlarda ko‘p. Shunday obidalardan biri Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasidir. Maqbara deb mashhur shaxs qabri ustiga qurilgan maxsus binoga aytiladi. Bunday maqbaralar Samarqandda Amir Temurga, Buxoroda Ismoil Somoniyga, Toshkentda Zayniddin boboga, Xivada Pahlavon Mahmudga, Qashqadaryoda Xalil Sultonga o‘rnatilgan. Avvalo shuni qayd qilish lozimki, X asrda Ismoil Somoniy me’morlik mo‘jizasiga teng keladigan va o'xshash birorta yodgorlik nafaqat 0 ‘rta Osiyoda, balki boshqa musulmon mamlakatlarida ham