mamlakatlaridagi qurilishlarda foydalanildi.
Registon ansambli me’morlik obidasi. Registon qadim Samar
qandning asosiy maydoni (Registon - «qumloq joy» degan ma’noni
bildiradi). Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalaridan tashkil topgan
ansambldan iborat.
Qadimda diniy oliy o'quv yurtlari madrasa nomi bilan yuritilgan.
M e’morMlkda bir necha yonma-yon va o‘zaro uyg‘un qurilgan
binolar majmuasiga ansambl deyiladi. Shu tarixiy joy Sharqning bir
qator yirik olim va donishmandlarining nomlari bilan bog‘liqdir. Ular
Mirzo Ulug‘bek, G‘iyosiddin Koshiy, Qozizoda Rumiy, Abdurahmon
Jomiy, Alisher Navoiy va boshqalardir. Registon madrasalcrining
balandligi 35 metrdan ham oshadi. Peshtoqlari, gumbaz va minoralari,
naqshdor koshinlari nafis ishlanganligi bilan kishini hayratga soladi.
Gumbaz - qubba shaklidagi tom.. U yarimshar, to‘g ‘ri
to‘rtburchak, kub, prizma, konus, piramida shaklida bo'lishi mumkin.
Minora baiand, g‘o‘la shaklidagi inshoot, odatda, undan atrofni
kuzatish, masjidlarda azon aytish uchun foydalanilgan.
Ulug‘bek madrasasi 1412-1422-yillar davomida qurilgan boiib,
me’morlar boshligi 0 ‘iyosiddin Koshiydir. U Ulug‘bekning ko‘rsatmasi
va homiyligida qurilgan. Bu madrasa 0 ‘rta Osiyoda eng yirik diniy
o‘quv yurti bo‘lib, unda dindan tashqai'i falsafa, matematika va
astronomiyadan ma’ruzalar o‘qilgan. Uning hovlisi kvadrat shakliga
ega. Hovlining to‘rt tomonida hujra va peshtoqli ayvonlar bor. Asosiy
old tomonda ulkan peshtoqlar gumhi, markaziy peshtoq va yonlama
xonalar hovliga tutashtirib solingan.
96
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ulug‘bek madrasasining tashqi burchaklari bir tekis, minoralar
Dostları ilə paylaş: |