geometrik shaklini jonlantirib turadi. Bino hovlisidagi qishki masjid peshtoqi halqasimon naqshlar bilan bezatilgan. Bu peshtoqdan yozgi masjidga oiiladi. Peshtoqning orqa konstmksiyasi ham har jihatdan e ’tiborga loyiq. Bu yerdagi rang-barang sirli koshinlardan tashkil topgan bezaklar yangicha ko‘rinish kashf etadi. Asosiy fasadning, ikki qavatli qilib ishlanganligi ulkan va hasha matli Ulug‘bek va Sherdor madrasalarini muvozanatga keltiradi. Asosiy peshtoq maydon tomonga qaratib ishlangan. Uning ikki eshigidan bir qavatli hujralar bilan o‘ralgan katta hovliga kiriladi. Hovlining chap va o‘ng, shuningdek, yuqori tomonlarining o ‘rtasida shinam peshtoqlar qurilgan. Kiraverishdagi - chap tomondagi peshtoqdan masjidga o ‘tila- di. Masjidning asosiy xonasi boilm a naqshlarga zarhal berib bezatilgan. 0 ‘rta Osiyo me’moriy yodgorliklari orasida Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasasi alohida o ‘rin tutadi. U XVI asr oxiriarida qurilgan. Uning gumbaz va peshtoqlari bo‘yi bilan 20 metrga yetadi. Peshtoqlari ikki qavatli qilib qurilgan. Bino tepalik joyga qurilganligi uchun pastdan ancha salobatli ko‘rinadi. U 45x45 m tomonlarga ega. U o‘z tuzilishiga ko‘ra XVI asrda qurilgan madrasalardan farq qiladi. Uning ichkarisida chorsi hovlisi bo‘lib, atrofida hujralar va yozgi ayvonlar bor. Darvozadan kirishda chapda masjid, o‘ngda darsxona joylashgan. Me’morlar asosiy e’tibomi binoning fasadiga qaratishgan. U geometrik naqshli sirli koshinlar bilan bezatilgan. Kirish peshtoqining ikki yoniga ikki qavatli ravoqlar ishlangan. Peshtoqning ikki tomonida feruza rangli koshinlar bilan qoplangan baland gumbazlari bo‘lgan. Gumbaz yumaloq gardish asosga o‘matilgan. Madrasaning old tomonidagi to‘sib turgan ganch panjaralari binoning husnini yanada 98
www.ziyouz.com kutubxonasi