Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)
O‘zbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatidagi faoliyati milliy me’morlik va shahai-sozlik sohalarida yangi ufqlarni ochib berdi. 0 ‘tgan 15 yil ichida mustaqil 0 ‘zbekistonning birinchi yirik ijtimoiy binosi sifatida Anhor bo‘yida joylashgan «Turkiston» saroyini e’tirof etish joiz. Ushbu saroy me’mor Yu. Xaldeyev loyihasi bo‘yicha 1989- 1992-yillarda qurib bitkazildi. Bu binoning drama teatriga mo‘Ijallab qurilgan vazmin va uzunasiga ketgan me’moriy shakllari har tomonlama yirik va umumlashtirilgan muqamas tasmalar bilan yaxlit bir ko‘rinishga keltirilgan. Me’mor F. Tursunov loyihasi asosida bino intereri yuqori darajada fazoviy mukammallashtirilgan va bezatilgan. Zalning yuksak mahorat bilan ishlangan aylanasimon ganchli qopqog‘i (plafoni) havorang va oltin bo‘yoqlar yuritilgan an’anaviy kundal usulida bajarilgan. Saroy foyesining tasmasimon derazalaridan shahar manzaralari yaqqol ko‘rinadi. Foye o‘rtasi va chap qanotidagi ikki qavatga teng bezakli devoriy kompozitsiyalarga yuqori derazalar orqali tabiiy yomgMik berilgan. Vestibyul o ‘i1asidagi devor yuzasiga bo‘rtma bezak ishlangan. Turkiy gilamlami eslatuvchi bu buyurtma bezakning oq sirti qabariq bo‘lib, unda Humo qushi ramzi tasvirlangan. Uning tepasi va chetlarida moviy va sariq ranglarda ishlangan devoriy tasvirlar mavjud. Tasvirlarda Turkistonning qadirniy shahar va obidalarining manzarasi aks etgan. Foye chap qanotining oxiridagi bezakli devor yirik qizil marmarsimon toshlardan qoplab chiqilgan va suv havzasi, sopol idishlar, o‘simliklar bilan shinamgina dam olish joyiga aylantirilgan. 0 ‘ng tomondagi devorda musavvir Bahodir Jalolovning «Umar Hay-