yomtushlari» deb nomlangan mahobatli devoriy tasviri joylashgan. Navoiy ko'chasi oxirini «Chorsu» mehmonxonasi yakunlaganidek, O‘zbekiston shoh ko'chasi davomida Banklararo markazning osmono‘par binosi qad ko‘tardi. Bu markazni 0 ‘zbekiston Respublikasi Banklar uyushmasi buyurtmasi bo‘yicha yugoslaviyalik quruvchilar 2000-yilning mart oyigacha barpo etishdi. Ushbu imoratda moliyaviy tashkilotlarga lizing, sug‘urta, axborot, huquqiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatiladi. Bu markazda ikkita konferenszal, muzokaralar xonalari, matbuot markazi, ikkita restorán mavjud. Bunday markazlar Toshkentning 0 ‘rta Osiyoning moliyaviy poytaxtiga aylanishida muhim omil bo'ladi. 1995-yil haykaltarosh A. Turdiyev loyihasi asosida Amir Temur xiyobonining shimoli-g'arbida Temuriylar tarixi Davlat niuzeyi qad ko‘tardi. Binoning gumbazi va qamrab turuvchi 20 ustunli ayvoni anchagina kengayganligi bilan ajralib turadi. Gumbazning balandligi 30 100
www.ziyouz.com kutubxonasi
metr, diametri 24 metmi tashkil qiladi. Muzey gumbazining ichki qismiga Samarqandning Registon maydonidagi Tillakori madrasasi singari kundal uslubidagi moviy va tillaranglarga bo‘yalgan ganchkor islimiy naqshlar berilgan. Ularni gumbaz ostidagi og‘ir vaznli qandil yoritib turadi. Muzey zali va ikkinchi qavatdagi galereya sayqallangan oq va och kulrang marmarlar bilan qoplab chiqilgan. Muzeyga kiraverishdagi devor sathida Amir Temur va uning davlatini ulugMovchi uch qismli miniatyura uslubidagi mahobatli devoriy tasvir muzeyning