hashamatli Ulug‘bek va Sherdor madrasalarini muvozanatga keltiradi. Asosiy peshtoq maydon tomonga qaratib ishlangan. Uning ikki eshigidan bir qavatli hujralar bilan oialgan katta hovliga kiriladi. Hovlining chap va o‘ng, shuningdek, yuqori tomoniarining o‘rtasida shinam peshtoqlar qurilgan. Kiraverishdagi - chap tomondagi peshtoqdan masjidga oiiladi. Masjidning asosiy xonasi bo‘rtma naqshlarga zarhal berib bezatilgan. Xiva me’morligi yodgorliklari orasida Olloqulixon madrasasi alohida diqqatga sazovordir. U 1834-yili bunyod etilgan boiib, Xivadagi Ichan qal’aning yaxlit ansambl b oiib qurilishi bilan bogiiq. 97
www.ziyouz.com kutubxonasi
U qarshisidagi Xo‘jamberdiboy madrasasiga o‘xshaiib ishlangan. Natijada 0 ‘rta Osiyo me’morligida keng tarqalgan usul -q o ‘sh madrasa hosil boigan. Madrasa taxminan 3 m
balandlikdagi sun’iy tepalik ustiga qurilgan. Madrasa rejasi va fasadining tuzilishi odatdagi madrasalardek boisa-da, ba’zi joylarida o‘ziga xos tomonlar bor, ya’ni bino trapetsiya shaklida qurilgan. Madrasadagi qishki, yozgi masjid va darsxonalaming usti yarim aylana shaklidagi pastak gumbaz bilan yopilgan. Madrasada 99 ta hujra boiib, ulaming har birida bittadan eshik va bittadan panjarali darcha bor. Hujra poliga chorsi gishtlar terilgan, devorlari ganch bilan suvalgan. Madrasa tashqi bezagiga faqat an’anaviy koshinlar, naqshlar ishlatilgan. Koshinlaming tuzilishi, naqshlar shakli rang-barang va xilma-xildir. Rasmlaming shakli, ranglarning och-to‘qligi ustalik bilan tanlangan. Peshtoqdagi o‘simliksimon nafis naqshlar ravoqlaming