yaratilgani ma’lum emas. U IX-X asrlarda 0 ‘rta Osiyoda ilm-fan va madaniyat boshqa mamlakatlarga qaraganda oldingi qatorda rivojlangan bir davrga to‘g‘ri keladi. Bu maqbarada IX-X asrlardagi Sharq matematikasining yutuqlari ham o‘z aksini topgan. Yodgorlik xalq orasida va ilmiy adabiyotlarda Somoniylar sulolasining eng yirik namoyandalaridan biri, Buxoroda 892— 907-yillarda hukmronlik qilgan Ismoil Somoniy nomi bilan ataladi. Maqbaraning umumiy ko‘rinishi kub shaklini eslatadi. Maqbara oddiy bo‘lib, asosan, ikkita boiimdan, yarimshar shaklidagi qubba va kubsimon asosiy qismdan tashkil topgan. Binoning to‘rt tomoni bir xil ko‘rinishga ega. Maqbara devorining yuqori qismida ravoqlar, uning burchaklarida esa qisman devorga tutash ustunlar bor. Bino ichiga to‘rt tomonidan bir xil qilib ishlangan ravoqsimon peshtoq orqali kiriladi. 95
www.ziyouz.com kutubxonasi
Peshtoq - hashamatli binolaming kirish qismida baiand qilib quriladigan serhasham qism. Peshtoqda uchta ravoq bo‘iib, ulaming har biri rombga tutashib ketgan. Maqbaraning ichkari qismidagi dekorativ bezaklar katta mahorat bilan ishlangan. Maqbaraning devorlari va yuqori qismlariga mayda yupqa g‘isht, poydevoriga esa yirik g ‘isht, ayrim bezaklarda shakl qilib yo‘nilgan g‘ishtlarning ishlatilishi uning chiroyini ochgan, xushmanzarali bo'lishiga olib kelgan. Binoning naqshlari kishini hayratda qoldiradigan darajada xilma-xil bo‘lib, binoga moslab ishlangan. Afsuski, Ismoil Somoniy maqbarasini yaratgan me’moming nomi shu vaqtgacha ma’lum emas. Bino mahobatli, hashamatli binolar yaratishda me’morlar uchun namuna bo‘ldi. Undan ko‘pgina Sharq