Estetik (nafosat) his-tuyg`ular - subyektning hayotida yuz beradigan turli
xildagi narsalarga va ularning sanhatda aks ettirilishiga nisbatan allaqanday ajoyib
yoki bemahni, fojiaviy yoki kulgili, olijanob yoki jirkanchli, nafosatli yoki xunuk
narsa sifatida munosabatini aks ettiradi va ifodalaydi.
Inson ma’naviy, intellektual va estetik tuyg`ularni faoliyat va muomala
jarayonida boshdan kechiradi, bahzan ularda kishining sotsial voqelikka nisbatan
butun hissiy munosabatlari boyligini mujassamlashganligi uchun ular
yuksak his-
tuyg`ular deb ham ataladi.
Iroda haqida tushuncha. Irodaviy xatti-harakat motivatsiyasi.
Iroda - shaxsning oldiga qo`yilgan maqsadlarga erishishda qiyinchiliklarni
yengib o`tishga qaratilgan faoliyati va xulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi
hamda o`z-o`zini boshqarishidir.
Iroda tabiat qonunlarini egallab oladigan va shu tariqa uni o`z ehtiyojlariga
kura o`zgartirish imkoniyatiga ega bo`ladigan kishining mehnat faoliyatida paydo
bo`ldi.
Harakatning oldindan mo`ljallanganligi kishining bo`lg`usi harakati natijasi
uning faoliyati motiviga, ya’ni u nima maqsadda harakat qilishiga javob berishi
haqida qaror qabul qilishni nazarda tutadi, shunda harakat shaxsiy ma’no kasb
etadi va subyekt uchun faoliyat maqsadi sifatida namoyon bo`ladi.
Irodaviy harakatlar murakkabligi bo`yicha farqlanishi mumkin:
14-shakl
Masalan, o`quvchi jismoniy tarbiya darsida birinchi marta tayanib sakrashga
urinayotib, yiqilishi va lat yeyishi mumkinligi bilan bogliq bo`lgan bahzi bir
xavfsirashlarni yengib o`tadi. Bunday irodaviy harakatlar oddiy deb ataladi.
Murakkab irodaviy harakatlar bir qancha oddiy harakatlarni o`z ichiga oladi.
Murakkab ishlab chiqarish faoliyatini bajarish to`g`risida qaror qabul qilarkan,
Dostları ilə paylaş: