- yangilanuvchi nojoiz adreslar ro‘yxati bo‘yicha so‘rovlami
filtrlash va o‘rinsiz kalit so‘zlari bo‘yicha axborot resurslarini qi-
dirishni blokirovka qilish:
- ma’mur tomonidan tashqi tarmoqning
qonuniy resurslarini
brandmaueming diskli xotirasida to‘plash va yangilash hamda tash
qi tarmoqdan foydalanishni to‘la taqiqlash.
Tashqi tarmoqdan so‘raluvchi
m a ’lumotlami keshlash
maxsus
vositachilar yordamida madadlanadi. Ichki
tarmoq foydalanuvchilari
tashqi tarmoq resurslaridan foydalanganlarida barcha axborot,
proxy-server deb ataluvchi brandmauer qattiq diski makonida to‘p-
lanadi.
Shu sababli, agar navbatdagi so‘rovda kerakli axborot proxy-
serverda bo‘Isa, vositachi uni tashqi tarmoqqa murojaatsiz taqdim
etadi. Bu foydalanishni jiddiy tezlashtiradi. Ma’murga
faqat proxy-
server tarkibini vaqti-vaqti bilan yangilab turish vazifasi qoladi.
Keshlash funksiyasi tashqi tarmoq resurslaridan foydalanishni
chegaralashda muvaffaqiyatli ishlatilishi mumkin.
Bu holda tashqi
tarmoqning barcha qonuniy resurslari ma’mur tomonidan proxy-ser-
verda to‘planadi va yangilanadi. Ichki tarmoq foydalanuvchilariga
faqat proxy-serveming axborot resurslaridan
foydalanishga ruxsat
beriladi, tashqi tarmoq resurslaridan bevosita foydalanish esa man
qilinadi.
Dostları ilə paylaş: