Mustaqil o ‘zlashtirish uchun savollar
1. Yutilgan gazlarni desorbsiyalash usullari.
2. Gazlarni galogen va uning birikmalaridan adsorbsiya usuli bilan
tozalash.
3. Gazlarni oltingugurtning organik birikmalaridan adsorbsiya usuli bilan
tozalash.
4. Gazlarni organik moddalardan katalitik usul bilan tozalash.
5. Gazlarni uglerod oksididan katalitik tozalash.
6. Gazlarni yuqori temperaturali zararsizlantirish.
Tayanch so‘z va iboralar
Geterogen kataliz, azot oksidlari, yuqori temperaturali qaytarish,
selektiv katalitik qaytarish, nitroz gazlar.
133
8-BO B. LITOSFERANI SANOAT CHIQINDILARIDAN
M UHOFAZA Q ILISH
8.1. Qattiq chiqindilarni mexanik, mexanotermik va termik qayta
ishlash usullari
Qattiq chiqindilarni hosil qiluvchi manbalar.
Sanoatning shiddat
bilan rivojlanishi mineral xomashyolardan keng miqyosda foydalanishiga
olib keladi. 104 ta kimyoviy elementlaming 87 tasidan ishlab chiqarishda
foydalanib kelinyapti. N atijada m ineral xomashyoning ayovsiz
sarflanishi, qattiq chiqindilar uyumining ortib borishi kuzatilyapti.
Prezidentimiz I.A.Karimov « 0 ‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida;
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari»
asarida: « 0 ‘zbekistonda noorganik mineral o ‘g‘itlar, gerbetsidlar va
pestitsidlaming qo‘llanishi eng yuqori normalardan ham o ‘nlab barobar
ortiq edi. Ular tuproqni, daryo, ko‘l, yer osti va ichimlik suvlarini
ifloslantirdi. Bundan tashqari, yangi yerlardan foydalanishda zarur
texnologiyalarga rioya qilinmadi.
Tuproqni har xil sanoat chiqindilari va maishiy chiqindilar bilan
shiddatli tarzda ifloslanishi real tahdid tug‘dirmoqda. Turli kimyoviy
vositalar, zararli moddalar va mineral o‘g‘itlarni, sanoat va qurilish
materiallarini saqlash, tashish va ulardan foydalanish qoidalarining
qo‘pol ravishda buzilishi yerning ifloslanishiga olib kelmoqda. Undan
samarali foydalanish imkoniyatlarini cheklamoqda.
Foydali qazilmalarni jadal qazib olish, ko‘pincha ularni qayta
ishlashning texnologik sxemalari nomukammalligi ko‘p miqdorda
ag‘darmalar, kul, shlak va boshqa moddalar to‘planib qolishiga olib
kelmoqda. Bular dehqonchilik uchun yaroqli bo'lgan yerlarni
egallabgina qolmay, balki tuproqni, yer usti va yer osti suvlarini,
atmosfera havosini ifloslantirish manbalariga ham aylantirmoqda.
Respublikada zaharli chiqindilardan foydalanish sanoati esa hozircha
yaratilgan emas», deb ta’kidlab o‘tganlar.
Sanoat korxonalarida ko‘plab miqdorda chiqindilarning yig‘ilib
qolishiga sabab xomashyoni qayta ishlash texnologiyalarining eskiligi
va undan kompleks ravishda foydalanish imkoniyatining yo‘qligidir.
Chiqindilarni yo‘qotish transportirovka qilish, ularni maxsus joylarda
saqlash uchun ancha mablag‘ talab qilinadi. Metallurgiya, ko‘mir qazib
olish, IESlarida chiqindiga sarflanadigan xarajatlar asosiy mahsulot
ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan xarajatlaming 8—30% ni tashkil
134
etadi. Sanoat chiqindilarini hosil qiluvchi m anbalar 50-rasmda
ifodalangan.
Dostları ilə paylaş: |